Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadondan tashqari
homiladorlik ayol organizmi
uchun juda xavfli holat bo'lib, uni
vaqtida aniqlash juda muhim.
Normal homiladorlik qanday
boshlanadi:
Normal homiladorlik
boshlanishida ayolning
urug'landan tuxumi bachadon
yo'llari bo'ylab bachadonga tushib
u yerda joylashadi. Bu jarayon
"implantasiya" deb ataladi. Ba'zida
bu jarayon noto'g'ri kechishi
mumkin bo'ladi. Shunda
urug'langan tuxum bachadonda
emas, balki bachadon yo'llarida,
qorin bo'shlig'ida yoki kam
uchraydigan holat tuxumndonda
joylashib oladi. Ana shunday
holatni bachadondan tashqari
homiladorlik deb atashadi.
Bachadondan tashqari
homiladorlik alomatlari:
Bachadondan tashqari
homiladorlik oddiy homiladorlik
alomatlari singari hayz kelish
muddatining kechikishi bilan
namoyon bo'ladi. Faqat
qo'shimcha ravishda qindan
qizg'ish ajralmalar chiqishi
kuzatiladi (ba'zida shu ajralmalar
oddiy homiladorlikda vujudga
kelishi mumkin bo'lgan homila
tushishi alomati ham bo'lishi
mumkin). Yoki hayz vaqtida keladi,
lekin qon chiqish miqdori
odatdagidan ko'ra juda sust
bo'ladi.
Bachadondan tashqari
homiladorlikning yana bir alomati
og'riq. Og'riqlar qorinning past
qismida bo'lib, urug'langan tuxum
joylashib olgan tomonda keskin
bo'ladi. Og'riq zirqiraydigan
bo'ladi.
Bachadondan tashqari
homiladorlik vaqtida aniqlanib
bartaraf etilmasa, bachadon
yo'llariga joylashgan urug'langan
tuxum o'sa boshlaydi, shunda
bachadon singari kattalashishga
mo'ljallanmagan bachadon yo'llari
yorilib ketadi. Natijada qorin
bo'shlig'ida qon ketishi, ayolning
xushdan ketishi, qattiq og'riqlar
paydo bo'lishi kuzatiladi. Shu holat
tezkor jarrohlik yordam
ko'rsatishni talab etadi. Megatarona.tk saytidan olingan. Bachadondan tashqari
homiladorlik sabablari:
Asosiy sababga ayolning kichik toz
va jinsiy a'zolarda o'tkazilgan
yallig'lanish kiradi. Bunda
bachadon yo'llarining faoliyati
buzulib, urug'langan tuxumni
bachadon tomon o'tkaza olish
qobiliyati yo'qolgan bo'ladi.
Shunda implantasiya
bachadondan tashqarida ro'y
beradi.
Urug'langan tuxumning
hususiyatining o'zgarishi yoki
jinsiy a'zolarning anotomik
hususiyatlari: bachadon
yo'llarining juda uzun yoki egilgan
bo'lishi, jinsiy a'zolarning o'sishida
yetilmay qolgani (infantilizm)
bachadondan tashqari
homiladorlikning yana bir
sababidir.
Urug'lantirish sun'iy ravishda
amalga oshirilgani (EKO) yoki
ovulyasiya stimulyasiya qilingani
ham ba'zida bachadondan
tashqari homiladorlikka olib
keladi.
Agar ayolda bachadondan
tashqari homiladorlikka shubha
paydo bo'lgan bo'lsa, darhol
shifokorga uchrab Ultra tovushli
diagnostika tekshiruvi yoki qon
tekshiruvini amalga oshirish lozim.
Bachadondan tashqari
homiladorlik aniqlansa, u holda
laporoskopik yo'l (maxsus
operasiya) bilan urug'langan
tuxum olib tashlanadi va
bachadon yo'llari plastik jarrohlik
yo'li yordamida qayta tiklanadi.
Undan keyin ayol kamida 6 oy
davomida homilador bo'lmasligi
va keyingi homiladorlik yuz
berishidan oldin o'z salomatligini
tiklab olishi tavsiya etiladi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: