Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Badandagi yog`ni kamaytirish uchun 7 tavsiya
Badandagi yog`ni kamaytirish uchun 7 tavsiya

Badandagi yog`ni kamaytirish uchun 7 tavsiya

Badandagi yog`ni kamaytirish uchun 7 tavsiya
Agar tanangizdan bir necha kilo ortiqcha vaznni kamaytirishni xohlasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling.

1. Yog`siz sut ichishga odatlaning. Ushbu sutning mazasi unchalik yaxshi bo`lmasa ham, sog`lig`ingiz uchun foydalidir. Qahva bilan sut ichuvchilarga ham yog`siz sutdan foydalanish tavsiya etiladi.

2. Yog`i kam bo`lgan pishloq tanovul qiling. Pishloq ertalabki nonushta uchun munosibdir. Ba`zilar tushlik vaqtida ham pishloqdan foydalanishadi. Biroq ayrim pishloqlar tarkibida 20-30 foizgacha yog` mavjud. Bu kabi pishloqlardan parhez qilish lozim.

3. Foydali yog`larni iste`mol qiling. Masalan, zaytun yog`i. Zaytun yog`ini ertalab nahorda bir qoshiq yoki salatlar bilan iste`mol qilish tavsiya etiladi.

4. Mayonez va ketchuplardan kam foydalaning. Siz mazali bir salat tayyorlaysiz. Ammo unga mayonez yoki ketchup aralashtirsangiz, sog`lom salatingizdan nishon ham qolmaydi. Shu sababdan salatlarni tabiiy holatida iste`mol qilish foydadan xoli bo`lmaydi.

5. Sabzavot va ko`katlarni yog`da qovurishga odat qilgan bo`lsangiz, ushbu oshpazlik uslubini o`zgartiring. Taomlarni qaynatish yoki dimlama qilib pishirish maqsadga muvofiq. Qovurib tayyorlanadigan taomlardan kam foydalaning.

6. Shirinliklarni iste`mol qilishda ehtiyot bo`ling. Zero, turli tort, pechene va boshqa shirin kulchalar tarkibida qand va yog` mahsulotlari ko`p uchraydi. Bu mahsulotlar organizmda ko`proq yig`ilib qolsa, salomatlikka putur etkazadi.

7. Har haftada baliqdan tayyorlangan taomdan ikki marotaba iste`mol qiling. Baliq tarkibida mavjud foydali yog` boshqa go`shtlar yog`idan farq qiladi.

“Salomatlik taqvimi”da e`lon qilingan materiallar asosida tayyorlandi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: