Bahorgi qo`yosh nuridan yuzingizni asrang!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Bahorgi qo`yosh nuridan yuzingizni asrang!
- Дата релиза: 05-04-17, 17:12
Dorixonalardan quyoshdan himoyalovchi kremlarning yuzingiz terisiga mosini tanlab, tarkibi ko`rsatilgan yorlig`ida SPF, UVA va UVB yozuvlari bo`lishiga diqqat qiling. SPF tarkibli kremlar quyosh nuri ta`sirini sindirish xususiyatiga ega bo`lsa, UVA va UVB tarkibli kremlar oftob nuri ta`sirida yuzga dog` tushishidan himoyalaydi. Krem surtishdan avval kerakli tavsiyalar bilan tanishing:
Bahor mavsumi uchun quyoshdan himoyalovchi kremlarning 8, 10, 15, 20 va 25 foizlilari tavsiya etiladi.
Yuzingiz terisi quruq bo`lsa, avval namlantiruvchi kremni, uning ustidan quyoshdan himoyalovchi kremni surting. Sababi SPF kremlar tarkibida terini oqartiruvchi birikmalar bo`lib, yuz terisini quritadi.
Yuzingiz terisi yog`li bo`lsa, quyoshdan saqlovchi kremning o`zini surtib, so`ng upa yoki tonal kremdan foydalanishingiz mumkin.
Quyoshdan himoyalovchi kremlarni kuniga 2-3 martagacha surtish kerak. Har bir surtish jarayonida avvalgisi iliq suvda chayilib, yuz terisi tozalanadi va qaytadan krem surtiladi.
Bahor mavsumida kunduzi (ertalab) namlantiruvchi, kechqurun (kechki soat sakkizdan o`ngacha) oziqlantiruvchi tarkibli kremlardan foydalanish kerak.
Qizib turgan yuzga qatiq, suzma kabi mahsulotlarni surtmang. Sababi sut-qatiq mahsulotlari tarkibidagi nordon kislotalar ayrim vaqtlarda terini zararlantirishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар