BANAN ISTE`MOL QILIShNING 10 SABABI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BANAN ISTE`MOL QILIShNING 10 SABABI
- Дата релиза: 31-10-17, 13:07
Banan tushkunlikka qarshi samarali vositadir. Chunki uning tarkibida ko`p miqdorda triptofan moddasi bo`lib, u organizmda serotonin – baxtiyorlik gormonini ishlab chiqaradi. Shuning uchun banan eb, kayfiyatni osongina ko`tarish mumkin.
Banan, hattoki, chaqaloqlarda ham allergiya bermaydigan meva hisoblanadi.
Suyaklarni mustahkamlaydi. Bananlar organizmdagi kalsiyni ushlab qoladi. Bu, ayniqsa, qahva ichishni yoqtiradiganlar uchun muhimdir, chunki qahva organizmdan kalsiyni yuvib chiqaradi.
Ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Banan eganda asosiy ovqat bilan organizmga tushuvchi uning tarkibidagi fermentlar tufayli ovqat tezroq hazm bo`ladi.
Bu meva ich qotishidan aziyat chekuvchilar uchun juda foydali. Ularni muntazam ravishda iste`mol qilish sizni bu muammodan xalos etadi.
Jig`ildon qaynashi muammosini bir dona banan bilan bartaraf etish mumkin!
Banan iste`mol qilganda u oshqozon devorlarini o`rab oladi va shu tariqa uni oshqozon shilliq pardasini agressiv moddalar va ozuqadagi kislotalardan saqlaydi. Bu esa oshqozondagi yaralarning bitishiga va to`qimalarning tez tiklanishiga yordam beradi.
Bu meva tarkibida kaliy moddasi ko`p miqdorda bo`lib, jismoniy mashg`ulot bilan muntazam shug`ullanuvchilarga oyoq mushaklari tortishib qolishi holatlarining oldini olishda yordam beradi.
Yaxshi quvvat manbai! Jismoniy mehnat bilan shug`ullanish oldidan banan iste`mol qilisangiz, ishingiz unishi turgan gap. Banan organizmdagi shakar miqdorining tez ko`tarilishiga yo`l qo`ymaydi va tanadagi quvvat ketmaydi.
Banan ayollar uchun foydali. Banan tarkibidagi serotonin hayz ko`rish davrida ayollarning yomon kayfiyat va yoqimsiz holatlardan holi bo`lishlariga yordam beradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар