BAQBAQA VA AJINLAR? VAHIMA QILMAYMIZ, ChORA KO`RAMIZ!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BAQBAQA VA AJINLAR? VAHIMA QILMAYMIZ, ChORA KO`RAMIZ!
- Дата релиза: 16-08-17, 18:10
Nima deb o`ylaysiz go`zallik borasida gap ketganda ayollar nimadan qo`rqishadi. Albatta, ajinlardan. Baqbaqalardan ham! Ayniqsa, bo`yindagi ajin va baqbaqa ayolning yoshiga yosh qo`shib ko`rsatsa, bundan-da qo`rqinchlisi bo`lmasa kerak. Lekin tashvishlanmang, muammoning echimi bor. Bu haqda to`liqroq kosmetolog Mahbuba MAMANOVA so`zlaydi.
Qaddingizni tik tuting
Hech e`tibor berganmisiz bukchayib yoki boshini doim egib yuradigan ayollarning bo`yniga tez ajin tushadi. Chunki umurtqa pog`onasining qiyshayishi bo`yin mushaklarining zaiflashuviga olib keladi. Ustiga ustak, Erning tortishish kuchi ham qo`shiladi-da, mushaklar osilib qola boshlaydi. Muammoning oldini olish uchun esa hozirning o`zidayoq elkalaringizni tik tutib o`tirib oling. Endi boshingizni baland ko`taring. Quyidagi tavsiyalarimizni bajarish chog`ida ushbu holatni saqlab qolish juda muhim. Natijaga erishishni istasangiz, buni doim yodda saqlang!
Uqalash ham yordam beradi
Bo`yin va bo`yin atrofi sohasiga namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi kremdan surtib, aylanma harakatlar bilan pastdan yuqoriga tomon uqalaysiz. Sezilarli natijaga erishish uchun amaliyotni har kuni o`tkazish talab etiladi. Bunda bo`yinning faqat ikki yon tomonigina uqalanadi. Chunki qalqonsimon bezda shusiz ham qon yaxshi aylanadi. Uni rag`batlantirish shartmas. Imkon qadar bu bezga tegmaslikka harakat qiling.
Nafas mashqi
Og`izni to`ldirib havo yig`ing-da, uni ichga yuting. Sezdingizmi? Bo`yinning old mushaklari darrov harakatga keldi. Maslahatimiz, bu mashqni odatga aylantiring. Ya`ni 21 kun kun davomida muntazam bajarib tursangiz, keyin avtomatik tarzda takrorlayverasiz.
Qanday yostiqda yotasiz?
Baland yostiqda yotadiganlardan bo`lsangiz, darhol bu ishni tark eting. Chunki bosh oldinga egilganda (baland yostiqda xuddi shunday bo`ladi) bo`yinda qon aylanishi yomonlashadi. Katta yoshli insonlarda bu insult xavfini orttiradi. Chunki miyaga qon etib borishi qiyinlashadi. Bo`yin va tana bir tekisda bo`lganida esa bo`yin orqali o`tuvchi tomirlar miyaga qonni yaxshi haydaydi. Uyqu payti qon aylanishi sekinlashganida esa mushaklar bo`shashadi. Natija ma`lum, baqbaqa va ajinlar. Buning oldini olish uchun esa maxsus ortopedik yostiqlar ishlab chiqarilgan. Biroq bunday yostiqlardan bo`ynida tuz yig`ilgan yoki osteoxondrozdan aziyat chekuvchi bemorlar foydalanmaganlari afzal. Uy sharoitida esa grechixa yormasi qipig`ini yig`ib, maxsus yostiq tikishingiz mumkin. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha bunday yostiqlar boshning shaklini aynan takrorlab, ortiqcha noqulaylik tug`dirmaydi va bo`yindagi ajinlarning oldini oladi.
Gollivud yulduzlari tavsiya etadi!
Har tong mashhur Gollivud aktrisasi Meril Strip bo`yin uchun press mashqini bajarar ekan. Va barcha muxlislariga ushbu mashqni sinab ko`rishni taklif qiladi. Demak, uyg`onganingizdan keyin karavotga shunday yotingki, bo`yin va boshingiz undan chiqib tursin. Buning uchun karavotingiz suyanchiqsiz bo`lishi kerak. Yoki ikki kishilik karavotning eniga joylashsangiz ham bo`ladi. Avval 30 soniya bo`yinni tana bilan bir maromda ushlab turasiz. Keyin 15 marta boshni tepaga-pastga harakatlantirasiz. Muhimi muntazam bajarish!
Tennis koptogingiz bormi?
Tennis uchun mo`ljallangan koptokchani bo`yinga qistirib, imkon qadar siqishga harakat qiling. Keiyn asta bo`shatasiz. Mashqni 10 marta amalga oshirish tavsiya etiladi. Kun davomida bir necha bor takrorlab yursangiz bo`ladi.
A-a-a deng-chi
Bu mashq bo`yindagi ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lishning eng samarali choralaridan biri sanaladi. Uni amalga oshirish uchun o`zingizga qulay tarzda o`tirib oling. Keyin og`izni katta ochib, tilni imkon qadar oldinga cho`zib «a-a-a-a» deysiz. Huddi shifokor ko`rigidan o`tayotgandek. Ushbu holatda 10 soniya turgandan keyin mushaklarga biroz dam bersangiz bo`ladi.
Kompress qilamiz
Avval alohida idishlarga issiq va sovuq suv tayyorlab olasiz. Issiq suvga moychechak damlamasidan qo`shsangiz yanayam yaxshi. Sochiqni issiq suvga solib, suvini yaxshilab siqing-da, 2-3 daqiqaga bo`yinga qo`ying. Ikkinchi sochiqni sovuq suvga solib, suvini yaxshilab siqasiz-da birinchi sochiqning o`rniga o`raysiz. Sochiqlarni 6-8 marta almashtirganingizdan keyin, sovuq kompress bilan jarayonni yakunlang. Kompressni haftada ikki marta bajarib tursangiz, natija tez orada ko`zga tashlanadi.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар