​​BAXTLI HAYoT SARI 7 QADAM!

​​BAXTLI HAYoT SARI 7 QADAM!

​​BAXTLI HAYoT SARI 7 QADAM!
Tinch va osoyishta turmush tarziga ega bo`lish haqidagi ko`plab kitoblar muallifi bo`lgan yozuvchi Gretxen Rubin baxtli bo`lish sirlarini quyidagicha izohlaydi.

Atrofingizda yoqimli muhit bo`lsin!

Oilaviy suratlar faqat fototo`plamda turishi kerak, deb kim aytdi. O`zingiz uchun eng qadrli bo`lganlarini tanlab, jovonga, yaqinlaringiz yig`iladigan xonalarga qo`yib chiqing. Bir-biringizga bo`lgan mehr-oqibatingiz xonadoningizning har eridan taralib tursin.

Ajoyib taklif!

Kundalik tuting. Va unga bugun yodingizda qolgan eng yoqimli voqealarni yozing. Yagona sharti jumla faqat bitta gapdan tuzilishi kerak.

Minnatdorchilik bildirishni o`rganing!

Turmush tashvishlari bilan o`ralashib, kichik holatlarning qanchalik muhimligini unutib qo`yamiz. Birgina «rahmat!» degan so`zning o`ziyoq munosabatlaringizni qanchalik mustahkamlashini bilsangiz edi. Umr yo`ldoshingiz, farzandlaringiz, qaynona-qaynotangizdan ham minnatdor bo`lishni o`rganing. Va bu haqida o`zlariga aytib turing.

Do`stlardan uzoqlashmang!

Uy, ish, bolalar... Do`st-dugonalar bilan ko`rishmaslik uchun bahonalar etarli va istalgancha topiladi. Biroq vaqti-vaqti bilan dildan suhbatlashish uchun aynan ularning davrasida bo`lish zaruriyati ham paydo bo`ladi-da. Qolaversa, boshqalarning hayotini ko`rib, dunyoqarashingiz ham kengayadi.

Foto: vstrecha s druzyami

Atigi bir soat...

«Ertaga bajaraman» deya amalga oshmay qolgan ishlardan ko`pi yo`q. Xo`sh, bu qachongacha davom etadi?! Tavsiyamiz, bir kunda atigi bir soatni bajarilishi kerak bo`lgan ishlarga bag`ishlang. Ro`yxat tuzib, reja qilgan ishlaringizni yozib qo`ying. Va har kuni bir soatingizni ularga ajratishni odat qiling.

Rejali bo`ling!

Bugun qilinishi kerak bo`lgan ishlarni yon daftarga yozib chiqing. hatto, dam olish kunlari uchun ham shu tariqa reja tuzishingiz mumkin. Bolalar bilan sayr qilish, kino, muzey yoki kutubxona. Ana shunda hayotingiz asta-sekinlik bilan iziga tushadi.

Stop!

Biror kim bilan arazlashib qolsangiz, kundan-kunga kortizol va adrenalin gormonlarining miqdori ortib, stress holatiga tushib qolasiz. Ammo buning oldini olish mumkin. Barcha tashvishlarni unutish uchun bir kun uyali aloqa vositasini o`chirib qo`ying, internetga kirmang, tashqi olamdan butkul uzoqlashing. Bir kun ming kun emas. Uddalaysiz. Foydasi esa asabingiz tinchlangani bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: