Baxtning neyrofiziologiyasi

Baxtning neyrofiziologiyasi

Baxtning neyrofiziologiyasi
Baxtga to‘la ta’rif berib bo‘lmaydi, chunki baxt ko‘proq subyektiv tushunchadir. Ilmiy tomondan ham baxtni o‘lchashga va o‘rganishga imkon beradigan aniq uslubni topish qiyin, chunki uni keltirib chiqaradigan sabablar hammada har xil. Faqatgina baxtli odamning o‘zini tutishi va emotsional holatining ayrim tomonlarini o‘rganib, uning miyasida kechayotgan jarayonlar haqida ma’lum xulosalarga kelsa bo‘ladi. Demak, baxt “tarkibida” ikkita komponent bor: ijobiy emotsiyalar va baxtlilikni anglash. Endi shulardan birinchisi – ijobiy emotsiyalarning neyrofiziologik tomonini ko‘rib chiqamiz.

Emotsiyalar insonning tashqi yoki ichki ta’sirotlarga ko‘rsatadigan javob reaksiyasi bo‘lib, ularning yuzaga chiqishida bosh miyaning ko‘p qismlari, asosan limbik tizim qatnashadi. Psixologlarning fikricha, ijobiy emotsiyalarning asosiy sababi insonning biror narsadan zavqlanishidir. Insonda zavqlanish jarayoni kelib chiqishida bir nechta neyromediatorlar ishtirok etadi. Neyromediatorlar bir neyrondan ikkinchisiga xabar o‘tkazilishini ta’minlovchi moddalardir. Shulardan asosiylarini ko‘rib o‘tamiz.

Dofamin

Insonga har xil yoqimli ta’sirotlar ta’sir etganda, neyronlarda dofamin ajralib chiqadi, bu o‘z navbatida zavqlanish va rohatlanish jarayonini keltirib chiqaradi, insonda xursandchilik va quvonch uyg‘onadi.

Serotonin

Kayfiyatni ko‘taruvchi neyromediator bo‘lib, yana xotira va uyqu jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Organizmda serotonin aylanishi buzilganda depressiya va xavotir kelib chiqadi.

Endorfinlar

Organizmda stress vaqtida ishlab chiqariladi va og‘riqni kamaytirishga yordam beradi.

Oksitotsin

Gipotalamusda ishlab chiqariladi va insonning sotsial muhitga kirishib ketishi, birov haqida iliq fikrga kelishi jarayonlarida yordam beradi.

Noradrenalin

Stress vaqtida ishlab chiqariladi va qo‘rquvni va boshqa salbiy emotsiyalarni boshqarishda ishtirok etadi. Noradrenalin ta’sirida odamda yurak urishining tezlashishi, qon bosimining oshishi kabilar kuzatiladi. Ba’zilar uchun bu holat zavqli hisoblanadi. Buni ekstremal sport ishqibozlari yaxshi bilishadi.

Ijobiy emotsiyalarni faqatgina yoqimli ta’sirotlargina emas, balki biz kutmagan narsalar ham keltirib chiqaradi. Masalan, jismoniy ish natijasida endorfinlarga sezgir retseptorlarning ishi kuchayib ketadi va natijada kayfiyat ko‘tariladi. Jismoniy aktivlik depressiyaning oldini oladi.

Shunday qilib, zamonaviy neyrofiziologiya bizga baxtning faqat bir qismi — ma’lum ta’sirotlar natijasida ijobiy emotsiyalarning yuzaga chiqish jarayonini tushuntirib bera oladi. Baxtning ikkinchi qismi bo‘lgan baxtlilikni anglash tushunchasi esa hozircha faqat falsafiy ma’noga ega bo‘lib, uni obyektiv o‘rganish fanning imkoniyatlari doirasidan tashqaridadir.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: