BB VA SS KREMLAR QAY BIRI AFZAL?

BB VA SS KREMLAR QAY BIRI AFZAL?

BB VA SS KREMLAR QAY BIRI AFZAL?
Ayollarning eng sevimli mashg`uloti do`kon aylanish. Ayniqsa, pardoz vositalari va atir-upa do`koniga qirib qolishca bormi... Biroq rastalaridagi turli tuman vositalarni ko`rib, shoshib qolishimiz ham bor gap. Tanlov imkoniyati kattaligidan o`zimizga mosini tanlash biroz mushkullik to`g`diradi. Keling bugun BB va SS vositalarning qay biri afzal degan savolga oydinlik kiritamiz. Mutaxassis — vizajist Farangiz Avezova.

BB krem — ingliz tilida (Beauty Balm Cream) go`zallik krem-balzami degan ma`noni bildiradi.

SS krem — bu qisqartma ham ingliz tilidan olingan bo`lib (Color Control) teri rangini nazorat qilish, tiniqlashtirish uchun krem degani.

DD krem — Daily Defense Cream esa kundalik himoya uchun degani.

Vazifalarini qanday bajaradi?

Tonal kremlardan farqli o`laroq BB va SS kremlar terini namlantiradi, oziqlantiradi, quyosh nuridan himoyalaydi va tabiiylik bag`ishlaydi. SS krem teridagi sariqlik va qizarishlarni, turi dog`lar va notekisliklarni oson bartaraf etsa BB kremning afzalligi uni ko`llashdan avval korrektor yoki asos talab etmasligida deyish mumkin. Qisqacha aytganda, ikkitasi birda. Qolaversa, ularning rangini aynan teringizga moslab tanlashingiz shart emas, o`zlari teri rangiga moslashib olaverishadi. SS kremlarning yana bir afzalligi bir necha bor ustma-ust surtish imkoniyatini berishidadir. Ya`ni pardozingiz kechga borib ko`rinishini yo`qotganini sezsangiz ustidan yana bir qavat huddi o`sha kremdan surtsangiz bo`ladi. Tonal kremga o`xshab ikki xil ko`rinish xosil qilmaydi. Bizningcha, har ikki vosita ham kosmetika javonimizdan joy olishga haqli.

Suyug`i yaxshiroqmi yo quyug`i?

Pardozimiz tabiiy chiqishida kremlarning konsistensiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Albatta BB kremlar tonal asosga nisbatan suyuqroq hisoblanadi. Bu surtishga ancha qulay degani. SSlar esa BB turidan ham suyuqroq. Huddi o`zimiz biladigan yumshatuvchi kremdek ko`rinishda bo`ladi, teri rangini tiniqlashtiradi demasangiz, farqiga ham bormasligingiz mumkin. Vizajistlar uning bu xususiyatini juda qadrlashadi. Chunki asosiy krem qanchalik suyuq bo`lsa, “make up” shunchalik tabiiy ko`rinadi. Ha aytgandek, tarkibining suyuqligi tufayli bu vositani ko`z atrofi va qovoqning nozik terisiga surtsangiz ham bo`ladi. U ko`z ostining qorayishini va salqigan qovoqlarni osongina yashiradi. Aynan SS kremlardan foydalanuvchi xonimlarga yosh chegarasi qo`yilmagan. Axir u faqatgina dekorativ emas, parvarishlovchi kosmetika turiga ham mansub-da.

Mavsumga qarab tanlash kerak

SS kremlarning tarkibi suyuq bo`lgani uchun yog`li teri sohibalariga juda mos keladi. Yana mutaxassislar uni yozda qo`llashni, BBni kuz va vahorda, tonal kremni esa qish uchun asrab qo`yishni maslahat berishmoqda. Quruq teri sohibalari esa har uchchala vositadan foydalanishdan avval, albatta, namlantiruvchi krem surtganlari afzaldir. Yoki DD kremlarga ahamiyat bersinlar, chunki bunday vositalar teri rangini tiniqlashtirishdan ko`ra ko`proq uni namlantirish va oziqlantirishga mo`ljallangan.

Qay birining bozori chaqqon?

Qaysinisini ko`proq xarid qilishadi degan savol ham ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqaruvchilar vosita turini iste`molchining talabidan kelib chiqib ishlab chiqarishadi-da. Bugungi kunda tanlov imkoniyati BB kremalarda yuqori. Chunki ko`pchilik SS kremlar haqida ma`lumotga ega emas. Bundan tashqari turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulot sifati turlicha bo`lgani uchun aynan o`zingizning teringizga mosini faqat sinab ko`rish usuli orqali aniqlashingizga to`g`ri keladi.

MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: