Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bedana tuxumi va uning foydali xususiyatlari
Bedana tuxumi va uning foydali xususiyatlari

Bedana tuxumi va uning foydali xususiyatlari

Bedana tuxumi va uning foydali xususiyatlari
Erkaklar uchun eng foydali mahsulotlar haqida gap ketsa, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida birinchilardan bo‘lib bedana tuxumi gavdalanadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bedana tuxumi tovuq tuxumiga qaraganda bir necha barobar kichik bo‘lsa ham, uning tarkibidagi erkaklar salomatligi uchun foydali bo‘lgan moddalar, mikro va makro elementlar, vitaminlar 3-4 marta ziyodroq. Masalan, tuxumdagi kaliy moddasi tovuq tuxuminikiga qaraganda besh barobar ko‘proq. Temir moddasi esa 4,5, V1 va V2 vitaminlari 2,5 marta oshiqroq. Shuningdek, unda A vitamini, RR vitamini (nikotin kislotasi), fosfor, mis, kobalt va aminokislotalar ham sezilarli darajada mo‘lroq.

Vazni 8-14 gramm keluvchi bedana tuxumi tarkibida mikroflora rivojlanishiga to‘qsinlik qiluvchi lizotsim amikislotasi mavjudligi bois u tezda aynimaydi. Uni xona haroratida 30, muzlatkichda 60 kungacha bemalol saqlash mumkin. Lizotsimning yana bir ijobiy xususiyati shundaki, u bakteriya hujayralari qobig‘iga shikast yetkaza olish qobiliyatiga ega bo‘lib, turli saraton to‘qimalariga qarshi samarali kurasha oladi.

Tovuq tuxumidan farqli ravishda, bedana tuximi tarkibidagi ovomoksid oqsili ushbu mahsulotga allergiyasi mavjud kishilarga ham tavsiya etiladi. Zero, bedana tuxumidan olingan ovomoksid allergiyaga qarshi dori vositalarida qo‘llaniladi.

Ma’lumki, yurak qon-tomir kasalliklari erkaklarning birinchi darajali “dushmani” hisoblanadi. Bedana tuxumi tarkibida xolesterin moddasi uchramaydi, u qonni tozalash, qon bosimini me’yorlashtirish, gemoglabin miqdorini oshirish hamda organizmdan radionuklidlar, qondagi zararli moddalarni chiqarib yubora oladi.

Erkak kishi o‘z salomatligi haqida qanchalik qayg‘ursa, oila a’zolari, farzandlarining jismoniy holati to‘g‘risida ham shunchalik mas’ul sanaladi. Shuni unutmangki, har kuni ikki dona bedana tuxumini tanovul qilib o‘sgan bola tengdoshlariga qaraganda sog‘lomroq, kuchliroq bo‘lib voyaga yetadi. U o‘z xotirasidan ham shikoyat qilmaydi, asab tizimi mustahkam bo‘lib, ko‘zlari ham “cho‘qqidagi burgut bilan ko‘z urishtiradi”. Shu bilan birga, ular organizmi me’yorda rivojlanib, kamroq kasal bo‘lishadi. Buni yaxshi bilgan yaponlar allaqachon maktablarda bolalar ovqatlanish ratsioniga kuniga ikkitadan bedana tuxumi kiritishgan.

Muntazam ravishda bedana tuxumini iste’mol qilib yurganlar yurak xastaliklari, qandli diabet, tuberkulyoz, bronxial astma, jigar, oshqozon, buyraklar, qalqonsimon bez, kamqonlik, asab tizimi kasalliklaridan kamroq shikoyat qilishadi.

Eng muhimi, bedana tuxumi erkaklarning jinsiy quvvatini oshirishda qo‘llaniladi. Masalan, bolgarlar undan “Yoshlik” kokteylini tayyorlashadi. Buning uchun 100 ml gazli suv, bir osh qoshiq limon sharbati, bir osh qoshiq asal, 20 gr konyak va 2 dona bedana tuxumi idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Mazkur ichimlik jinsiy quvvatni oshirish maqsadida har kuni iste’mol qilinadi.

Bedana tuxumining foydasi faqatgina muntazam iste’mol qilingandagina seziladi. Buning uchun kattalar kuniga 3-5tadan, bolalar esa 2-4 donadan (tana vazniga qarab) nahorda, ovqatlanishdan kamida 30 daqiqa avval och qoringa xomligicha yoki qaynatilgan holda iste’mol qilishlari lozim. Uning ortidan iliq suv yoki meva sharbati ichish foydali. Muolajalar esa 3-4 oy davom etadi. Tartibga qat’iy rioya qilgan kishilar bedana tuxumining samarasini ikkinchi haftadanoq sezishlari mumkin.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: