Begingizning burji muhabbatidan so`zlaydi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Begingizning burji muhabbatidan so`zlaydi
- Дата релиза: 12-02-18, 16:20
Turmush o`rtog`ingizning fe`l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo`ladi.
Hamal: e`tiborni yoqtiradi!
Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas`uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o`zi yo`q. «Hamal» erkak o`z muhabbatini oshkor qilavermaydi. Ammo unga e`tibor ko`rsatishingiz muhim.
Begingiz sarishtalik tarafdori ekanini bilasiz. U uyga kirib kelganida xonadoningiz chinni-chiroqdek turishi lozim. Shirin taomdan ham afzali esa sizning aqlu zakovatingiz. Suhbatga ochiqlik, mehmondo`stlik yana bir yutug`ingizdir. Yana vaqti-vaqti bilan orzu-umidlaringizni aytib, uni to`lqinlantirib turishingiz kerak.
Savr: tartib qat`iy!
Agar siz tejamkor, uddaburon, pazanda, ishonchni suiste`mol qilmaydigan va har qanday vaziyatda juftini tushuna oladigan ayol sanalsangiz, demak, «Savr» janobi oliylari orzusidagi inson bilan oila quribdi. Biroq eringiz shu burj ostida tug`ilgan bo`lsa-yu, yuqoridagi sifatlar sizda ko`zga tashlanmasa... ularni o`zlashtirishingiz shart! Qolaversa, tartibsevar eringizni tushunmasangiz bo`lmaydi. «O`zlari ham farishta emaslar-ku» deysizmi? Albatta, u ham xatoga yo`l qo`yadi. Arzimaslariga ko`z yumish, kattaroqlari esa qayta takrorlanishining oldini olish kerak. Xavotirlanmang, quvonarlisi, bu burj vakillari rafiqasiga bergan va`dasining ustidan chiqadiganlardan.
Javzo: atrofingizda parvona bo`ladi, ammo...
Eh, bu romantik «Javzo»lar! Shirin so`zlari bilan hushingizni olishadi, maqtovlarni ayamay yog`dirishadi, eng muhimi esa gina saqlashmaydi. «Janjalsiz uy yo`q» deganlaridek, vaqti-vaqti bilan bo`lib turadigan kelishmovchilarni tez unutishadi. Ko`cha-ko`yda, do`stlar davrasida yurish ularga yoqadi. Ostona hatlashi bilan tergov qilishlaringiz ularni zarracha ham cho`chitmaydi. E`tirozlar, ayblovlar bilanmas, bosiqlik, biroz ayyorlik bilan uning e`tiborini oilaga tortish kerak. Bahslashish, tanqid qilish, erkinligini bo`g`ish yorijoningizni sizdan uzoqlashtirishini esda tuting. Do`stona munosabat qanotingiz bo`lsin!
Saraton: sevgi va ishonch!
Avvalo, gapni «Saraton»larga qanday fe`lli ayollar yoqishidan boshlasak. Ular ko`ngil kishisi bo`lganliklari uchun ham nozik tabiatli, his-tuyg`ularga boy, oilaviy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, bir gapdan qoladigan ayolnio`zlariga munosib juft deb bilishadi. U esa... Uni boricha qabul qiling. Muhabbatingizni va uning uchun ko`ngil eshiklaringiz ochiqligini doim his qilib turishi kerak. Eng quvonarlisi, oila davrasida bo`lishni yaxshi ko`radi. Ammo oilaviy muammolardan biroz cho`chiydi. Uy bekasi sifatida qaynonangizdan andoza oling. Sevishingiz va ishoningizni tez-tez aytib turing.
Asad: hamisha himoyadasiz!
Bo`ydoqlik davrida naq o`zlarini oq otli shahzoda sanaydigan «Asad» larda qarama-qarshi jins vakillarining mehrini qozonishda muhim sanalmish xislatlar bor. O`zlariga bo`lgan ishonch, ayniqsa, e`tiborga loyiq. Oila qurgach, qirolga aylanishadi. Doim o`z qo`rg`onlarini himoya qilishadi. O`ziga oro beruvchi, ichki ishonchi baland, tuyg`ulari rang-barang, doim minnatdorlik hissi bilan yashovchi ayolni qadrlashadi. Bu burj vakillari bilan kechadigan oilaviy hayotni bir tomondan ertakka mengzash mumkin. Hammasi xuddi xayolingizdagidek... Biroq ikkinchi tomondan ular o`ta qaysar va uyda faqat o`zlarining gaplari gap bo`lishini istashadi. Lekin sizginaning ham o`z xohish-istaklaringiz bor. Nima ham qilardingiz, o`z istaklaringizni unikiga aylantirasiz-da, endi. Ya`ni «Men shuni istayman» deb emas, «Siz mana shunday bo`lishini istarmidingiz?» deb biroz hiylakorlik bilan so`z boshlaysiz.
Sunbula: ro`zg`oringiz bus-butun!
Mazkur burjda tavallud topgan erkaklar juda ro`zg`orbop bo`lishadi. Muzlatkich buzildimi — tuzatishadi, suv quvuri tiqilib qoldimi — santexnik chaqirish shartmas, o`zlari bor! Lekin sizdan ham mas`uliyat, sarishtalik, chaqqonlik va ishonch talab etiladi. Gullar, ajabtovur sovg`alarni kutib ko`pam xafa bo`lmang. Axir ishning ko`zini biladigan odam bilan turmush qurgansiz. Xullas, biz ularni toshyurak deya olmaymiz. Hissiyotlar muhim. Ayniqsa, soxtalik va beparvolikni zumda sezishadi. Ijobiy xislatlarini maqtab-maqtab, boshqa ijobiy jihatlar namoyon bo`lishiga yo`l ochish o`z qo`lingizda.
Mezon: jentlmenmisan jentlmen!
O`ta madaniyat bilan muomala qilishi, ko`zni quvnatadigan sovg`alar... xullas, bunday insonni sevmay bo`ladimi?! Faqat bu sevgining rashki ham yomon-da! Negaki... u ayol zoti borki, bariga chiroyli munosabat qilish kerak, deb o`ylaydi. Siz uchun esa bu xiyonat! Hay, hay, yurakda shunday olov yonganida shaytonga hay bering. Hissiyotlarni nazorat qiling. Aql va tuyg`uni tarozining teng pallasida ushlash darkor. Aslida, unga chimdimgina rashkingiz, noz aralash qizg`onishlaringiz yoqadi. Bundan ortig`i – ortiq! Xonadoningiz esa serhasham ko`rinsin. Shunda doim ishdan uyga shoshadi.
Aqrab: muz va olov
Taqdiringiz o`ta sovuqqon va bir vaqtning o`zida juda otashqalb inson bilan bog`langan ekan. Uning fe`l-atvorini o`rganaman deb ko`pam ovora bo`lmang. Shunchaki tinch va osoyishta muhit yaratib bersangiz, o`zi yonib, o`zi sovib oladi. «Aqrab»jon bilan muhabbatu baxt og`ushida yashay desangiz, biroz o`yinqaroq, quvnoq, donishmand, sirli, vaqti kelganida esa kuchli bo`lishingiz lozim. Bir xillikdan zerikuvchi juftingiz uchun aktrisaga aylansangiz yutqazmaysiz. Eng muhim shart: tuyg`ularini hurmat qiling! Ko`nglini ochmagani bilan qalbi nozik. Uyda esa u o`zining xonligini his qilsin!
Qavs: muhabbat har nedan ulug`!
Optimistik kayfiyati, har doim kulib turishi va ichki energiyasi bilan ayollar e`tiborini o`ziga tortuvchi bu burj vakillari bilan oila qurgan bo`lsangiz, havasdamiz! Mayda-chuydalar uchun asabni buzmasliklari, har narsadan janjal yasamasliklari tahsinga loyiq. Salbiy jihatlari ham bor. Masalan, muammo tug`ilsa, qochishga joy izlab qolishadi. Qat`iyatli bo`lishga siz o`rgatasiz-da, endi. O`qituvchi kabimas. Sevgingiz bilan! Ko`ngliga yo`l topsangiz, Alpomishga aylanadi! Ular madaniy hordiq tarafdori ekanligini ham inobatga oling.
Jadiy: xomxayollarga berilmang!
Doimo hayotga real ko`z bilan qarovchi «Jadiy»lar tartibsevardir. Ular aql bilan ish ko`rishadi. Aldab-suldab o`zingizga og`dirib ololmaysiz. Bu bir tomondan, omadingiz ham, begona ayollarning qarmog`iga ilinishmaydi-da.
Juftingiz uchun er-xotin munosabatlari emas, ish, karera, mavqe birinchi o`rinda turadi. Ko`ngilni cho`ktirmang. Ayni xislatlarini bot-bot e`tirof etib, qalb qulfini ochasiz. O`zaro suhbatlaringiz ham aniq va qisqa kechadi. Ya`ni gapni uzoqdan boshlab o`tirmang, bu uning jig`iga tegishi aniq. Oilaviy qadriyatlarni hurmat qiladi. Turmush tarzida birdaniga katta o`zgarishlar yasashni istamaydi. Shu tufayli oilaviy hayotga kichik yangilikni ham etti o`lchab, bir kiriting va albatta, bosqima-bosqich. Sabr, aql va har bir harakatni o`rnida amalga oshirish bilan oilaviy baxtingizni ta`minlaysiz.
Dalv: eng yaxshi do`st
So`zlari, tabassumi bilan sehrlab qo`yuvchi «Dalv»lar avvalo, qiziqarli suhbatdoshdirlar. Ular bilan ro`zg`or muammolarini ham kulguga olib, engib ketaverasiz. Muhabbatning asosida do`stlik yotishi kerak deb sanashadi. Talabchanligi va o`z prinsiplariga sodiqligini e`tiborga olib muomala qilsangiz, adi-badi aytishib yurmaysiz. O`tgan kunlarni, bo`lib o`tgan dilxiraliklarni qayta-qayta eslatmaslikni ham maslahat beramiz. Ular buguni bilan yashashadi. Kirishimli va gapga to`n kiydiradigan, ayniqsa, chiroyli ayollarni maqtashga usta. Begingizning bu xislatlarini qusurga yo`ymang. Aksincha, hamma maqtov, jamiki shirin so`zlar sizga atalishi uchun harakat qiling.
Hut: qahramon oshiq!
«Hut»larning muhabbati dengizga o`xshaydi. Goh sokinlik hukmron, goh to`lqinlar mavj uradi. Ular sevgan ayollari uchun osmondagi oyni olib berishga ham tayyor. Ha, yaxshi ko`rib qoldilarmi — tamom, hamma qurbonliklaru qahramonliklarga tayyordirlar. Bu toifa erkaklar uchun his-tuyg`ular birlamchi! Sizdan ham shu talab etiladi. Muhimi, ko`ngliga ozor etkazishdan saqlaning. Bozor-o`char, tuzatish-ta`mirlashga unchalar hushlari yo`q, ammo mehr bilan yordam so`rasangiz, hammasini uddalaydi. Goh-gohida yolg`iz qolishni ko`ngillari tusaydi. Ular shunday hordiq oladilar, axir.
Internet materiallari asosida MUXLISA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар