Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » BEHI — OLTIN KUZNING BEBAHO TUHFASI
BEHI — OLTIN KUZNING BEBAHO TUHFASI

BEHI — OLTIN KUZNING BEBAHO TUHFASI

BEHI — OLTIN KUZNING BEBAHO TUHFASI
Behi mevasining shifobaxshligi qadim-qadimdan ma`lum. Unda juda ko`p pektin birikmalari, fruktoza, glyukoza, kaliy tuzlari, temir, kalsiy, fosfor va mis bor. Ayni kuz paytida pishib etiladigan behining boshqa foydali xususiyatlari haqida ma`lumot beramiz.

Behining foydali xususiyatlari

Behi mevasidan damlama tayyorlab ichish kamqonlilikda tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun behi kichik bo`laklarga bo`linadi, idishga solinib, ustidan suv quyib yumshagunicha qaynatiladi, siqib olingan sharbatini damlama shakliga kelib, quyuqlashguncha qaynatiladi.
Behining yangi uzilgan mevasi tarkibida temir moddasi ko`pligidan temir moddasi etishmasligidan bo`ladigan kamqonlilikning oldini olish hamda uni davolashda, uzoq davom etgan kasalliklar, tana harorati balandligidan qiynalganda iste`mol qilinadi.
Qadim-qadimdan tarkibi pektin moddasiga boy behi mevasi ich ketish bilan bog`liq ichak kasalliklarini davolashda iste`mol qilinishiga sabab bo`lgan.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino oshqozon-me`da faoliyati buzilganida, uning mevasi sharbatini asal va sirka qo`shib “oshqozonni quvvatlantirish” va “zaif jigar”ni davolash maqsadida iste`mol qilishni tavsiya etgan. Shuningdek, behi yuz terisini tiniqlashtiruvchi yaxshi vosita ekanini ta`kidlagan. Behi urug`ini maydalash mumkin emas, chunki u maydalanganida amigdalin deb ataladigan zararli modda ajralib chiqishiga sabab bo`ladi. Bu modda behiga achchiq danak mazasini berib turadi.

BEHIDAN FOYDALI DAMLAMALAR

Qadimgi tabiblar bepushtlikda behi sharbati bilan davolashni tavsiya etishgan. Unga ko`ra, sharbat yangi oy chiqqanidan boshlab yigirma kun davomida har kuni kechqurun bir osh qoshiqdan ichiladi.
Behi barglari qaynatib tindirilgan suv bronxial astma xurujini engillatish va hatto to`xtatishga davo bo`ladi. Buni tayyorlash uchun behining 5 g. bargi ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi,barglarni siqib olib tashlanadi. 2 osh qoshiqdan kuniga ovqatlanishdan oldin 3-4 mahal ichiladi. Bu qaynatmani muzlatgichda 3 kungacha saqlash mumkin. Undan ko`p vaqt o`tsa, eskirib, ta`siri qolmaydi.
Behining urug`i va barglaridan damlangan choy buyrak kasalliklarida peshob haydovchi vositadir. Behining quritilgan barglaridan 1 osh qoshiq olinadi, urug`idan ham shuncha miqdor qo`shiladi, ustidan 200 g. qaynagan suv quyib, past olovda 5-6 daqiqa qaynatiladi, tindirib, dokadan o`tkazib, ta`bga ko`ra asal qo`shiladi. Kuniga 3-4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
ZARARLI TOMONI HAM BORMI?

Behi o`zining shifobaxsh xususiyatlari bilan bir qatorda ba`zi zarali xususiyatlarga ham ega. Uning mevasi va urug`i biriktiruvchi va mustahkamlovchi faolligi bilan ajralib turadi. Kolit va oshqozon yarasi bor kishilarda behi ichak va yumshoq qobiqda tiqilma va spazmani yuzaga keltirishi mumkin.
Shuningdek, plevrit va qabziyatda behi iste`mol qilmaslik lozim bo`ladi. Mevasi mayda tuk bilan qoplangani sababli, po`sti artilmasdan iste`mol qilinganda ovoz pardalariga va xalqumga zarali bo`lib, kishini yo`taltirib, tomoqda ko`ngilsizlik uyg`otadi. Shu sababdan artilmagan yangi behini notiqlik bilan bog`liq kasb egalariga iste`mol qilishdan tiyilish tavsiya etiladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: