Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 meva
Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 meva

Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 meva

Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 meva
Garchi bu mevalarda organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar juda ko‘p bo‘lsa ham, ular qorinni chinakamiga damlatib yuborishi mumkin. Mevalar tarkibida shakar juda ko‘p, aynan esa gaz hosil bo‘lishi va damlashga sabab bo‘luvchi fruktoza va sorbitlar mavjud.

Shuningdek, ularda sizning belingizni toraytiruvchi kletchatkalar ko‘p, lekin boshida gaz hosil bo‘lishi natijasida qorin kattalashishiga sabab bo‘ladi.

Albatta, bu foydali mevalardan bunday “nojo‘ya samaralar” tufayli voz kechish kerak emas.

Olma

Antioksidantlar rezavor mevalardagiga qaraganda yashil olmalarda ko‘proq. Bu mevada ba’zi odamlarning hazm qilishi qiyin bo‘lgan fruktozalar ko‘p.

Agar siz bu muammo bilan shaxsan tanish bo‘lsangiz, yarimta olma bilan cheklaning va uni sekinroq chaynang. Bu organizmga olingan kletchatkani hazm qilish uchun biroz ko‘proq vaqt beradi.

Nok

Nok tarkibidagi “yomon” xolesterin miqdorini pasaytirish va to‘yish hissini kuchaytirish xususiyatiga ega eruvchan kletchatkalarning bir turi bo‘lgan pektin miqdori bo‘yicha sog‘lom parhezda faxrli o‘rinni egallaydi. Noklarda ham bir tomondan hazm qilish tizimiga yordam beruvchi, ikkinchi tomondan jiddiy damlashni keltirib chiqaruvchi unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda sorbitlar bor.

Gilos, uzum, mango, ananas

Bu mevalarni nima umumiylashtirib turadi? Ko‘p miqdordagi shakar! Va ba’zan u ingichka ichakda to‘liq singib ketishga ulgura olmaydi. Yo‘g‘on ichakka tushgandan keyin, u sizni havo pufagi kabi shishirish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Shakarning yo‘g‘on ichakka tushmasligining oldini olishning eng yaxshi yo‘li — bu mevalarni yaxshilab chaynash va kunlik me’yorini 1 stakandan oshirmaslik.

Quritilgan o‘rik, mayiz va olxo‘ri qoqi

Quruq mevalar metabolizmni kuchaytirishi mumkin, lekin shuningdek ular qorinni damlatishi ham mumkin. Buning sababi shundaki, quruq mevalardagi kletchatka va shakar konsentratsiyalangan holatda bo‘ladi va bu ayniqsa yo‘g‘on ichakdagi bakteriyalarga yoqib tushadi. Fermentlangan shakar va kletchatka yaxshi hazm bo‘lmaydi, gazlar hosil bo‘lishi va qorin damlashini keltirib chiqaradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: