BEZ PAYDO BO`LSA…
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BEZ PAYDO BO`LSA…
- Дата релиза: 23-11-17, 10:53
— Turmushga chiqmaganman. Yaqinda ko`kragimda bez paydo bo`ldi. Tekshirtirsam, lipoma deb tashxis qo`yishdi. Operasiya yo`li bilan oldirishni maslahat berishdi. Bundan boshqa yo`li yo`qmi?
Xurshida, 23 yosh, Surxondaryo viloyatidan
Dilobar MIRRAHIMOVA, mammolog: — Qiz bola ko`kragida bez paydo bo`lishining asosiy sababi qalqonsimon bez faoliyati buzilishi bilan bog`liq. Dori-darmonlar yordamida qalqonsimon bez faoliyatini tiklash mumkin, lekin paydo bo`lgan bez so`rilib ketmaydi. Ko`krak bezida paydo bo`lgan har qanday tugun yomon asorat qoldirishi mumkin. Shuning uchun ham tugunni jarrohlik yo`li bilan olib tashlash kerak. Hozirgi paytda plastik jarrohlik yo`li bilan chandiq qoldirmasdan operasiya qilish imkoniyatlariga egamiz. Operasiyadan keyin ko`krakning ko`rinishi va shakli o`zgarmaydi, chandiq qolmaydi. Agar tugun olinmasa, turmushga chiqqandan so`ng, homiladorlikda yoki emizikli davrda tugun kattalashib ketishi va yomon asoratlarga olib kelishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар