BIOTATUAJ. ENDI UY ShAROITIDA!

BIOTATUAJ. ENDI UY ShAROITIDA!

BIOTATUAJ. ENDI UY ShAROITIDA!
Xonimlar «non stop» rejimida go`zal bo`lishni istaysizmi? Ayniqsa, ertalabki 15 daqiqani hamda xush kayfiyatni saqlab qolishnichi? Endi buning imkoni bor! Carlavhani o`qiboq «Yana tatuajmi?» deya labingizni burmang. Bu safar salonga borib, qimmatli vaqtingiz va mablaјingizni sarflab tatuaju, «rastushyovka» qilidirishni tavsiya qilmaymiz. Hozir qoshlarni chiroyli ko`rsatishning yanada arzon va oson usullari chiqqan. Keling bu safar BIOtatuaj haqida gaplashamiz.

Tabiiysi baribir afzal

Kosmetik do`kon rastalarda qoshni bo`yash uchun mo`ljallangan vositalarning ikki turini uchratishingniz mumkin. Birinchisi tabiiy xina bo`lsa, ikkinchisi kimyoviy bo`yoqlardir. Aslida, har ikkisining ham o`z o`rni mavjud. To`јri qo`llasangiz bo`lgani, masalan, kimyoviy bo`yoqlar orasidan istagan rangingizni topishingiz mumkin. Nima bo`lganida ham ko`pgina mutaxassislar tabiiy maxsulotni tavsiya etadilar. Stilistimizning tajribasi va kuzatuvlariga tayanib, har ikki vositaning qoshlarda saqlanib turish muddati deyarli bir xil, o`rtacha ikki hafta, ekanini ta`kidlashni istardik. Qolaversa xina kimyoviy bo`yoqdan farqli o`laroq allergiya qo`zјatmasligini ham inobatga olish darkor. Ha aytgandek, bu amaliyotga qo`l urishdan avval «Soch uchun mo`ljallangan vositalardan foydalanmayman! Faqat maxsus qoshga atalgan turini xarid qilib, o`shani qo`llayman» deya so`z bering. Aks holda, qoshlaringiz to`kilib Mona Lizaga aylanib qolishingiz mumkin.

Bo`yashni boshladik

Qo`limdan kelmaydi, eplolmayman deya o`zingizga chegaralar qo`yib olmang. Hatto, eng yaxshi mutaxassis ham birinchi marta qo`rqadi. Ammo shu qo`rquvini enggani uchun ham o`z ishining ustasiga aylanadi. Axir har kuni ko`zgu qarshisida qoshlaringizni tartibga keltirasiz, qalam yoki ten bilan bo`yaysiz-ku. Agar bo`yoq biroz suyuqroq ekanini inobatga olmasangiz, biotatuaj ham huddi shu jarayonning o`zginasi. Ayniqsa qoshlaringizga oq oralaganini sezgan bo`lsangiz, amaliyotni kechiktirmaslikni tavsiya qilamiz.

Birinchi navbatda qoshlarni tartibga keltirib, ortiqchasini terib tashlaysiz.
Keyin yarim choy qoshiq xinani biroz iliq suv bilan aralashtirib olasiz. Idishingiz metall bo`lmasligiga ahamiyat bering.
Keyin qosh atrofidagi teriga yoјli krem yoki vazelin surtib chiqing, bu teriga rang singib qolishining oldini oladi.
Qoshni bo`yashni esa ingichka qismi, ya`ni tashqi burchagidan boshlaganingiz afzal.
Qanday natijaga erishishni ko`zlaganingizga qarab, xinani 15 daqiqadan 30 daqiqagacha qoshga surtib qo`yasiz.
Surtish jarayonida qo`lingiz qaltirab, qosh chegarasidan biroz chiqib ketgan bo`lsangiz, paxtali tayoqchalar yordamida ularni bartaraf eting.
Vaqt o`tgach iliq suvda namlangan paxtali disklar bilan artib olasiz.
Kipriklarga ham qo`llasa bo`ladi

Agar kipriklarni ham bo`yashga ahd qilgan bo`lsangiz, yoningizda, albatta, yordamchingiz bo`lsin. Chunki kipriklarni bo`yash choјida ko`zlaringiz yumilgan holda bo`ladi.

Pastki qovoqqa yoјliroq krem surtib olasizda, birozdan keyin maxsus yarim oy ko`rinishidagi himoyalovchi “yostiqcha”larni yopishtirib chiqasiz.
Keyin xinadan surtib, 20-25 daqiqaga qoldirasiz.
Vaqt o`tganidan so`ng esa namlangan paxtali disklar yordamida xinani artib tashlaysiz.
Foydali tavsiyalar

Rang tanlash jarayonida qiynalayotgan bo`sangiz, sochlaringizning rangiga ahamiyat bering. Qosh bilan sochning bir xil bo`lishi doim tabiiylik belgisi sanalgan.
Natija uzoqroq saqlanib turishini istasangiz, ishni boshlashdan avval qoshni skrab yordamida tozalab oling.
Agar xinaning rangi biroz to`qroq bo`lishini istasangiz, unga damlangan qahva, achchiq choy yoki kakaodan qo`shishingiz mumkin.
Shuningdek xinaga biroz limon sharbatidan qo`shsangiz, rangi yanada uzoqroq saqlanib turadi.
Kosmetik do`konlardagi o`rtacha narxi 15 000 so`m.

MAFTUNA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: