Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » BIR-BIRIGA “DUShMAN” 8 PARDOZ VOSITASI
BIR-BIRIGA “DUShMAN” 8 PARDOZ VOSITASI

BIR-BIRIGA “DUShMAN” 8 PARDOZ VOSITASI

BIR-BIRIGA “DUShMAN” 8 PARDOZ VOSITASI
“Chiroyli bo`laman”, deb yuzimizga ko`p pardoz vositalarini surtishga harakat qilamiz ba`zida. Pardoz stolimizda turgan bankachalar, tyubiklar, qutilardagi barcha vositalardan birdaniga foydalangimiz keladi. Ammo ularni aralash qo`llash ba`zida kutilgandan teskari natija berishini o`ylab ko`rganmizmi? Quyida shu haqda ma`lumot beramiz.

Shunday pardoz vositalari borki, bir vaqtning o`zida surtilsa, biri ikkinchisining natijasini yo`qqa chiqaradi. Bu hali holvasi. Ular allergiya chaqirishi, terini yallig`lantirishi, qichitishi, ba`zida esa umuman tuzatib bo`lmas oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

• Qarishga va husnbuzarlarga qarshi vositalar. Ikki muammodan birvarakayiga halos bo`lish istagida avval husnbuzarlarga, oradan yarim soat o`tmay ajinlarga qarshi vositalarni ketma-ket surtadiganlar ko`p topiladi. Bunday qilish umuman mumkin emas. Chunki bu vositalarni har biri o`z holicha juda kuchli. Ular birlashganida esa kuchi bir necha baravarga ortadi va teriga qattiq zarar etkazishi mumkin. Ajinga qarshi kremlar tarkibidagi retinol terini juda sezuvchan qilib qo`yadi, yog`liq teriga va husnbuzarlarga qarshi vosita tarkibidagi benzoil perekisi, borat yoki salisil kislotasi esa terini quritib, sho`ralantiradi. Retinol va perekis aralashuvi terida yallig`lanish chaqiradi.

• Quyoshga qarshi krem va tonal vosita. Avval quyoshdan himoyalovchi, ustidan tonal kremlarni surtib terini yaxshilab himoyalayman desangiz adashasiz. Chunki bu orqali siz ham quyoshga qarshi krem, ham tonal asos tarkibidagi foydali moddalarni parchalab yuborasiz. Undan ko`ra quyoshga qarshi effektli tonal kremdan foydalaning. Uning tarkibida moddalar bir-birini saqlaydigan darajada me`yorlashtirilgan bo`ladi.

• Retinoidlar va glikol kislotalar. Bularning ikkisi ham keksalik belgilariga qarshi kurashuvchi etakchi moddalardir. Ammo birga qo`llanganda ular teskari natija beradi. Ya`ni terini quritadi. Terining himoya qobig`i parchalanadi va u namlikni tez yo`qotidagan bo`lib qoladi. Tashqaridan esa zararli moddalar teriga yanada chuqurroq kirib boradi.

• Tozalovchi yog`lar va shifobaxsh zardoblar. Pardozni tozalab olish uchun mo`ljallangan vositalar tarkibida tozalovchi yog`lar bo`ladi. Ular terini quritmay undagi pardoz qoldiqlari, chang va g`ubordan xalos etadi. Bu ishdan keyin boshqa pardoz vositalaridan foydalanmaslik lozim. Chunki yog` terining ustini qoplab olib, himoya qobig`ini hosil qiladi. Shu sababli undan keyin surtilgan zardoblar teriga singmaydi. Terini kunda bir marta, ertalab yo kechqurun tozalovchi yog`larni surting. Yaxshisi, bu ishni faol kosmetik vositalar va zardoblar qo`llamaydigan vaqtingizda amalga oshiring. Yoki yog` qatlamining ta`sirini yo`qotish uchun tozalovchi tonikni ishlating.Ammo shunda ham oradan kamida ikki soat vaqt o`tishini poylab, keyin tonikni ishga solasiz. So`ngzardoblardan foydalananing.

Xullas, teringizda tajriba o`tkazmang, yoqtirib qolgan pardoz vositalaringizni aralashtirmang. hammasini o`z o`rnida qo`llang. Aks holda, unutmang, mo``jizalar ro`y bermaydi: oqibatlar bilan kurashish qiyin bo`lishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: