Biz noto‘g‘ri iste’mol qiladigan 4 oziq-ovqat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Biz noto‘g‘ri iste’mol qiladigan 4 oziq-ovqat
- Дата релиза: 11-03-18, 17:05
Parhezshunoslar biz taom tayyorlash vaqtida yo‘l qo‘yadigan 4 xatoni aniqladi. Ular bilan tanishing va boshqa hech qachon bunday xatolarga yo‘l qo‘ymang!
Brokkoli
Ko‘pchiligimiz brokkolini tayyorlashda uning faqat gulidan foydalanib katta xatoga yo‘l qo‘yamiz, chunki bu o‘simlik bandining tarkibida C, A va K vitaminlari gulidagiga qaraganda ikki marta ko‘proq bo‘ladi.
Bundan tashqari, olimlarning aniqlashicha biz brokkolini sabzavotli sho‘rvaga qo‘shish bilan o‘zimiz ham sezmagan holda bu oziq-ovqatdagi foydali moddalarni yo‘q qilar ekanmiz. Karamni pishirmasdan, maydalagan holda salatlarga qo‘shib iste’mol qilinsa yoki bug‘da pishirilsa ancha tug‘riroq bo‘ladi.
Qora choy
Ba’zilar qora choyni asal bilan yoki bir bo‘lak limon bilan, ba’zilar esa sut bilan ichishni ma’qul ko‘radi. Xato aynan shu yerda. Gap shundaki, choy bilan sutning o‘zaro ta’siri natijasida bu ichimlikning foydali xususiyatlari, ayniqsa yurak faoliyatiga bo‘lgan ijobiy ta’siri yo‘qoladi. Shuningdek sut oqsili organizmning katexinlarni singdirishiga to‘sqinlik qiladi, buning natijasida choy o‘zining saratonga qarshi kurashish xususiyatlarini yo‘qotadi.
Zig‘ir urug‘i
Zig‘ir urug‘i sog‘lig‘ini qadrlaydigan odamlar uchun haqiqiy xazina hisoblanadi. Urug‘dagi foydali moddalar ichki o‘zagida joylashgan, shuning uchun ularning odam organizmi tomonidan singdirilishi juda qiyin.
Zig‘ir urug‘i kukun holida sotib olinsa yoki ovqatga qo‘shishdan oldin mustaqil ravishda yanchilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunda urug‘ning tuzilishi buziladi va foydali moddalar organizmga oson singdiriladi.
Qulupnay
Qulupnay – C vitaminining noyob manbai, erkin radikallarni yo‘qotuvchi, har qanday yallig‘lanish jarayonining oldini oluvchi kletchatka va antioksidantlarning koni hisoblanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, qulupnaydagi foydali moddalar yorug‘lik va kislorodga juda sezuvchan bo‘lar ekan, shuning uchun bu rezavor meva bandini uzish va kesish vaqtida barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotar ekan.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар