Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Bola hali oromgohga tayyor emasligini ko‘rsatuvchi belgilar
​Bola hali oromgohga tayyor emasligini ko‘rsatuvchi belgilar

​Bola hali oromgohga tayyor emasligini ko‘rsatuvchi belgilar

​Bola hali oromgohga tayyor emasligini ko‘rsatuvchi belgilar
Yaqinda uzun ta’tillar boshlanadi va minglab maktab o‘quvchilari yozgi oromgohlarga tarqalishadi. Bu sayohat kimlar uchundir birinchi marta bo‘ladi. Ota-onalar bolaning uzoq muddat davomida uydan uzoqda yashashga tayyor ekanligini qanday bilishlari mumkin? Maqolamiz sizga buni tushunishga yordam beradi.

Bolaga oromgohga borishni taklif qiling va bu unga qanday ta’sir qilishini kuzating. U xursand bo‘ldimi yoki hayajonlandimi? Agar u ilgari hech qachon sizsiz uydan uzoqda bo‘lmagan bo‘lsa, boshlanishida kunduzgi oromgohga yuborib ko‘ring. Agar bolaga yoqsa, kecha-yu kunduzlik oromgohlarga yuborishingiz mumkin.

Agar bolaga kunduzgi oromgoh to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa, bu bolaning oromgohga tayyor emasligining asosiy belgilari hisoblanadi.

O‘ziga-o‘zi g‘amxo‘rlik qila olmaydi
Bunga qo‘lini yuvish va tishlarini tozalashni bilishdan tashqari o‘zining narsalarini joylashtirish va ularni tartib bilan saqlashni bilish ham kiradi. Yosh sayohatchi jomadonini yig‘ishtirishda nima qayerda joylashganini bilish uchun narsalarni o‘zi taxlashi kerak bo‘ladi.

Ota-onalarsiz uzoq vaqt yashay olmaydi
Shubhasiz, hamma bolalar uyni, ota-onasini sog‘inadi, lekin bu tuyg‘ularni bildirishning tezligi va chuqurligi hammada har xil bo‘ladi.

Agar bolaga ota-onasiz juda qiyin bo‘lsa u yig‘laydi, o‘zini boshqa narsalarga chalg‘itolmaydi, yeyishni va uxlashni to‘xtatadi. Bunday holat oromgohda o‘zidan-o‘zi yo‘qolib ketishiga umid qilib bo‘lmaydi.

Qoidaga rioya qilishni bilmaydi
Bu narsani bilish birgalikda yashash uchun ham va xavfsizlik uchun ham zarur. Afsuski, ko‘pincha bolalar qoida nimaligini bilmaydi va ularni ma’n qilish va chegaralash deb qabul qiladi.

Bu qisman shunday bo‘lsa ham, boshqa tomondan olib qaralganda qoida ularga belgilangan chegaralarda harakat qilish, turli vaziyatlarda haq yoki nohaq bo‘lish, o‘z mafaatlarini va xavfsizligini himoya qilish imkonini beradi.

Muloqot qilishni bilmaydi
Bolalarning guruhdagilar bilan munosabatlari yaxshi bo‘lsa, ular oromgohda o‘zlarini yaxshi his qilishadi. Ko‘pincha bu bolalarning o‘zlariga, ya’ni o‘zlarini qanday tutishlariga va do‘stlashishni bilishlariga bog‘liq.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: