BOLA TARBIYaSIDAGI 4 BOSQICh
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BOLA TARBIYaSIDAGI 4 BOSQICh
- Дата релиза: 04-11-17, 22:50
Birinchi bosqich: tuјilganidan 5 yoshigacha.
Bu vaqt oraliјida bolaga harakatchanlik, hayotga bo`lgan qiziqish va mehr-muhabbat nimaligi kattalar misolida o`rgatiladi. Ta`qiq va jazoning o`rniga uni chalјitgan maqul. Bolaga qo`l ko`tarilishining yagona sababi bor — chunki go`dak kattalarga javob qaytarolmaydi! Agar farzandingiz biror noxush ish bilan shuјullanayotgan bo`lsa, yuzingizda qo`rqinchli ifoda namoyon qilib, “Voy” kabi vahimani bildiruvchi so`zlarni ayting. Urishib, baqirgandan ko`ra bu ish ko`proq foyda beradi. Bolaga bu davrda bosim bersangiz, butun umrga hayotga bo`lgan qiziqishini so`ndirib qo`yishingiz mumkin.
Ikkinchi bosqich: 5 yoshdan 10 yoshgacha.
Bu yoshlar oraliјida bola odob-ahloq va jamiyat qonun-qoidalarini anglab, ularga bo`ysinishni o`rganadi. Mantiq hamda aqliy salohiyat rivojlanadi. Ko`pincha bola xatti-harakatlariga kattalar qanday yondashishiga ahamiyat beradi, uni maqtashlari uchun harakat qila boshlaydi. Bu vaqtda bolani ko`proq bilim olishga undash, vazifa va mashqlarga ko`mib tashlashdan qo`rqmang. Agar 5 yoshdan keyin erkalash har doim ham yaxshilikka olib kelmaydi.
Uchinchi bosqich: 10 yoshdan 15 yoshgacha.
10 yoshdan keyin farzandingiz bilan oilaviy muhim masalalardan maslahatlashishni boshlang. Mustaqil fikrlashi va harakat qilishini raјbatlantiring. Agar uning biror ishi yoqmasa, ta`qiqlamay, qilgan ishining yoqimsiz oqibati haqida so`zlang. Farzandingizga ishoning, uning har bir qadamini nazorat qiling, ammo o`zi bilib ish qilishiga ham sharoit yarating. Aks holda, bola o`ziga bo`lgan ishonchini yo`qotadi. Do`stlari bilan yaqindan tanishishni unutmang.
So`nggi bosqich: 15 yoshdan keyin.
U endi shaxs! hurmat bilan munosabatda bo`ling! Bolani bu vaqtda tarbiyalashning foydasi yo`q, endi 15 yildan buyon bergan ta`limingizni mevalarini ko`rasiz. Qo`l ko`tarish, baqirish, atrofdagilarning oldida izza qilib, ba`zi harakatlarini to`јrilayman deb, xom ta`ma bo`lmang. Bu ish bilan bolangizni o`zingizdan uzoqlashtirgan bo`lasiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар