Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bolada Duduqlanish (Nima Qilish Lozim)
Bolada Duduqlanish (Nima Qilish Lozim)

Bolada Duduqlanish (Nima Qilish Lozim)

Bolada Duduqlanish (Nima Qilish Lozim)

Duduqlanish bu nutqning tempi,
ravonligi, harakatining buzulishi
bo'lib, nutq apparatining turli hil
joyidagi tutqanoq natijasida
kelib chiqadigan buzulishdir.
Duduqlanayotgan bolada biz
nutqning to'xtab qolishi yoki nutq
davomida ayrim tovushlarni bir
necha bor qaytarib borishini
kuzatishimiz mumkin.
Duduqlanish ko'pincha ikki
yoshdan besh yoshgacha bo'lgan
bolalarda uchraydi. Bolaga o'z
vaqtida yordam berish uchun
duduqlanishning eng asosiy
alomatlarini ota onalar vaqtida
ko'ra bilishlari lozim. Ular:
Bola birdan gapirmay jim bo'lib
qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir
kungacha cho'zilib ketishi mumkin
bo'lib, undan keyin bola
duduqlanib gapirishni boshlaydi.
Agar ayni shu paytda
mutaxassisga uchrashsangiz
bolaga tez yordam berish mumkin
bo'ladi;
Ayrim so'zlar oldida kerakmas
tovushlarni ishlatadi ("a" va "i"
tovushlari);
Birinchi bo'g'inlarni yoki butun
so'zlarni gap oldidan qaytaradi;
So'z yoki gapni o'rtasida
majburan to'xtab qoladi;
Gap boshlashdan oldin
qiyinchilik sezadi.
Duduqlanish
paydo
bo'lishining
sababi, markaziy
asab tizimining
kuchsizlanib
ketganligidir.
Duduqlanish paydo bo'lishiga turli
sabablar turtki bo'lishi mumkin.
Kuchli infeksion kasalligi, qattiq
cho'chib ketishi yoki doimiy
ravishdagi bolaga yomon va
qo'pol muomaladan kelib chiqadi.
Yashash sharoitidagi yomon
tomonga o'zgarishlar ham
duduqlanishga olib kelishi mukin.
Ayrim bolalarda esa duduqlanish
ota-ona tomonidan doimiy
ravishda bolaga qo'yilgan o'qish,
yodlash, qaytarish, o'rganish kabi
talablarning ko'pligidan ham kelib
chiqadi.
Kech gapirgan bolalarda ham uch
yoshda birdan ko'p gapirishni
boshlab yuborsalar duduqlanish
holatlari uchrab turadi.
Bu sabalarni bilish ota-onaga o'z
bolalariga duduqlanish
alomatlarini vaqtida bartaraf
etishga yordam beradi. Bolani o'z
vaqtida mutaxassislarga ko'rsata
olishda qo'l keladi.
Duduqlanish asab tizimiga
bog'liq bo'lgan muammo
bo'lgani uchun :
Duduqlanaydigan bolaga alohida
e'tibor, tinch oilaviy sharoit va
oilada to'g'ri qo'yilgan nutqni
ta'minlash lozim.
Bolalarga juda ko'p kitob o'qish
yaxshi emas. Ayniqsa o'z yoshiga
mos bo'lmagan kitoblarni o'qish
mumkin emas.
Televizorni ko'p ko'rishni ruxsat
bermang, ayniqsa yoshiga mos
kelmagan dasturlarni umuman
ko'rsatmaslikka harakat qiling.
Bolani haddan tashqari erkalab
yuborish kerak emas, aks holda
bolaga arzimagan "YO'Q"
so'zingniz ham asab tizimiga
qattiq zarar yetkazishi mumkin.
Bolaga qo'yilgan talablar uning
yoshiga mos bo'lishi lozim.
Bolani qo'rqitish mumkin emas,
ayniqsa bir o'zini qorong'i xonaga
qoldirib jazolash bola asab
tizimiga yomon ta'sir qiladi.
Duduqlanayotgan bolalarni
yaxshi ravon gapiradigan bolalar
bilan muloqotga kiritish lozim.
Ashula etish o'yinlarini o'ynash
lozim.
Duduqlanayotgan bolalarni
hamma oldida javobga chaqirish
noto'g'ri.
Bunday bolalarda o'ziga ishonch
hisini tug'dirish lozim.
Duduqlanadigan bolalarni
musiqa, qo'shiq kuylash va raqsga
tushish to'garaklariga olib borish
lozim.
Duduqlanadigan bola doim
sizning ya'ni ota-onaning mehrini
his etib yurishi lozim.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: