Bolada Sistit (Davolash Yo'li)
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Bolada Sistit (Davolash Yo'li)
- Дата релиза: 16-05-14, 22:00
Sistit siydik pufagi, siydik
yo'llarining
yallig'lanishidir. Bolalarda
sistitning boshi bilinmay o'tkir
holatga o'tib ketishi mumkin.
Sistining dastlabki alomatlaridan
biri bu bolaning tursigida fasod
(suyuqlik) mavjudligidir.
Undan tashqari sistitning
quyidagi alomatlari mavjud:
Tez-tez siydik qistashi;
Siyish jarayonida qattiq achishi;
Siydikning rangi sof bo'lmay,
o'tkir hidga egaligi;
Qorin pastki qismidagi og'riqlar;
Siydikning ozgina miqdori
tursida qolishi.
Agar bolada sistit alomatlari
kuzatilsa shifoxonaga borish
shart. Chunki sistit alomatlari
orqasida o'tkir kasalliklar bo'lishi
ham mumkin. Shifoxonada odatda
siydik analizi olinadi va siydik
pufagi Ultra tovushli diagnostikasi
qilinadi.
Siydik analizini
qilishdan oldin
albatta bolani
jinsiy a'zolarini
yuvish shart.
Agar sistit alomatlari bilan bir
qatorda istma ko'tarilishi kuzatilsa,
bakteriya buyrakka o'tib
ketganidan va buni darhol
davolash kerakligidan dalolat
beradi.
Bolalar sistiti sababi:
- 80% da bollarda sistit tozalikka
riyoya qilmaganlikdan kelib
chiqadi;
- Gijjalar;
- Organizmda doimiy ravishda
infeksiyaning mavjudligi (tonzillit,
angina, gaymorit, karies va
hokazo);
- Tashqi jinsiy a'zolarning
yallig'lanishi.
Bolalar sistitini davolsh:
Birinchi bo'lib bolaning
oyoqlarini va qornini issiq qilish
lozim. Buning uchun issiq yungli
paypoq kiyg'azib, qoringa
dazmolda isitilgan yungli ro'molni
qo'yib yotqazish.
Shifokor belgilagan dorilarni
ichish.
Siydik yuvuvchi suyuqlikdan tez-
tez ichish (o't damlamalari ham
foydali).
Vitamin C ga boy mahsulotlarni
iste'mol qilish (klyukva sharbati).
Romashka guli damlamali
vannada bolani 10-15 daqiqa
davomida o'tqazish. Vannadagi
suv harorati 36-38 darajadan
yuqori va past bo'lmasligi kerak.
Odatda bolada sistit 7-10 kunda
o'tib ketadi. Muhimi o'griq tugasa
ham shifokor belgilagan
muddatgacha dori ichish shart,
aks holda kasallik yana qaytariladi.
Eng yomoni, sistit buyrakka o'tib
ketsa, u holda pielonefrit kasalligi
yuzaga kelib, bolaning
buyraklariga katta zarar keltiradi.
Bolalar sistitini oldini olish:
Har kuni bolani dushda chayish.
Jinsiy a'zolarini maxsus neytral
bolalar sovunida yuvish;
Har kuni bola ichki kiyimini
almashtirish;
Bolada gijja bo'lmasligini
ta'minlash;
Bolani tishlarini kuzatish (karies
ham infeksiya);
Bolani chiniqtirish.