BOLAGA AYTIB BO`LMAYDIGAN 10 JUMLA

BOLAGA AYTIB BO`LMAYDIGAN 10 JUMLA

BOLAGA AYTIB BO`LMAYDIGAN 10 JUMLA
Farzandlaringiz biror nojo`ya so`z aytib qo`ysa, tanbehga tayyor turasiz. Ammo o`zingiz-chi? O`z nutqingizni naqadar nazorat qilasiz? Savolni bejiz qo`ymadik, chunki bolalar kattalardan o`rnak oladi. «Farzandlaringizni tarbiyalamang, ular baribir sizga o`xshashadi, o`zingizni tarbiyalang», deb bejizga aytishmagan, axir.

Demak, bolalarga aytish umuman taqiqlanadigan jumlalarni sanab va sharhlab o`tamiz.

«Xuddi otangning o`zisan!» Agar farzandingiz otasiga xatti-harakati, fe`li yoki tashqi ko`rinishi tomondan o`xshasa, «Dadangga judayam o`xshaysan-a?» deymiz mehr bilan. «Xuddi otangning o`zisan» degan jumlada esa nafrat, jahl va bepisandlik ohanglari eshitilib turadi. Mohiyatan olganda, bu «Farzanddan omadim chopmadi» degan tagzaminga ega. Bolalar bu gapni eshitib xavotir, yolg`izlik hislarini tuyishadi. Kattaroq bo`lgach esa shu jumlani eshitgan zahoti g`azablanadi. Agar ota-ona hamma muammoni irsiyatga olib borib bog`layversa («Bu senga onangdan o`tgan», «Ammangning qiziga o`xshab betartibsan» yoki «Kimga tortding, hayronman»), bu mehr rishtalarining uzilishiga olib keladi.
«Senga hozir vaqtimyo`q!» Bu gapni eshitgan katta odam ham xafa bo`ladi. Turmush o`rtog`imiz, do`stlarimiz, yaqinlarimizga nisbatan hech qachon ushbu jumlani qo`llamaganimiz holda bolalarga nisbatan ko`p ishlatamiz. Masalan, ona telefonda gaplashib turganida o`g`li plastilindan yasagan o`yinchoqlarini olib kelib ko`rsatadi va onasining e`tiborini tortishni istaydi. Ona esa «Ko`rmayapsanmi, hozir sen bilan o`ynab o`tirolmayman», deb bolani siltab tashlaydi. Onaning nazarida, suhbat muhimroq, bola kutib turadi. Bolaning fikricha esa hammasi umuman teskari: oyisi har kuni telefonda gaplashaveradi, o`yinchoq esa oddiy emas, axir uni o`zi yasadi. Keyingi safar e`tiborni yaratish emas, buzish orqali tortishga qaror qiladi. Bitta idishni sindirsa, onasi har qanday suhbatni tashlab yugurib keladi.
«Bu sening ishing emas!» Ba`zan jumla sokin ohangda, mehr bilan aytilishi mumkin — «Hali juda yoshsan, buni anglashing qiyin» degan ma`noda. Ammo bu bilan u xavfsiz gapga aylanib qolmaydi. Ayrim bolalar uchun bexabarlik nevrozning boshlanish nuqtasi bo`lsa, boshqalarda u badgumonlik va ishonchsizlikni paydo qiladi. Kun keladiki, bola umuman hech narsani so`ramay, hammasini o`zicha tushunib ketaveradigan bo`lib qoladi. Oradan bir necha yil o`tib, ota-ona hayron: «U shunaqangi boqibeg`amki, hech narsaga qiziqishi yo`q». Buning oldini olish uchun bolaning har bir savoliga javob berish kerak. Hatto, savol o`ta noqulay va qiyin bo`lsa ham.
«Qayoqqa? Yo`l bo`lsin?» Bolalar kattalardek chuqur fikrlay olishmaydi. Kattalar ularga yordam berishi kerak. Ya`ni vaziyatni to`g`ri tushuntirib, noto`g`ri xatti-harakatlardan saqlab turishlari lozim. «Qayoqqa ketayapsan? U bolalar sendan katta, o`ynatishmaydi seni», «Raqs to`garagiga yozilmoqchimisan? Bunaqa qiyshiq oyoqlar bilan u erga olishmaydi», «Bu fakultetga kirolmaysanmi deb qo`rqaman»… Nega ota-onalar farzandlariga bunday jumlalarni aytishadi-a? Ba`zan bolalarini turli zarbalardan asrash uchun shunday qilishar. Yo ularni yonlarida olib qolishni istashar. Ammo ko`pincha uning qobiliyatiga ishonmaganliklari uchun shunday qilishadi. Bundan bolaga katta zarar etishini o`ylasharmikan? Agar kattalar bolaga ishonishmasa va oldindan mag`lubiyatingga yuz foiz amin bo`lishsa, farzandingizning hayotda biron narsaga erishishi juda mushkul.
«To`g`risini ayt!» Qizig`i shundaki, bu talab aynan teskari natijaga olib keladi. Ustiga ustak, «yolg`on gapirsang, tilingi kesib olaman»ga o`xshash do`q-po`pisa qilinsa, bola o`ziga nisbatan kuchli bosim his etadi. U ota-onasining o`ziga ishonmayotganini sezib turadi. Bizdan rost gapirishimizni qanchalik ko`p talab qilishsa, shunchalik mahorat bilan aldashga harakat qilamiz. Rostgo`ylik va to`g`riso`zlik o`zaro ishonch, sabr va turli vaziyatlarni to`g`ri tushunish orqali tarbiyalanadi. Hatto, bola yolg`on gapirib qo`ygan taqdirda ham uni jazolash emas, tushunishga harakat qilish kerak.
«Hamma ustingdan kuladi». Bolani biron narsaga ko`ndirish ba`zan juda qiyin kechadi. Bunga kuchingiz etmasa va asablaringiz pand bera boshlasa, kimnidir yordamga chaqirgingiz kelib qoladi. Masalan, Qorboboni. «Gapga kirmayotganingni Qorbobo eshitib qolsa, senga sovg`a olib kelmaydi», deymiz. Ovqat egisi kelmasa, doim shprisi tayyor turadigan doktor bilan qo`rqitamiz. Yo avtobusda ro`parada ketayotgan xolani ham yordamga chaqirishimiz mumkin. Begonalar (real hayotdagimi yo ro`yodagi) bolaga shu qadar ta`sir qila boshlaydiki, oxiri biz tarbiya ishini tamoman ularga topshirib qo`yamiz: «Odamlar nima deydi?», «O`rtoqlaring sen bilan o`ynamay qo`yishadi», «Qara, hech kim bunday yurmaydi»… Bularning bari bolaning jamiyatga moslasholmay qiynalishiga olib keladi. U begonalardan qo`rqa boshlaydi, muloqotda o`zini noqulay his qiladi yoki boshqalarga nisbatan tajovuzkor bo`lib qoladi.
«Ular senga yaxshi narsalarni o`rgatishmaydi». Farzandimizning do`stlari ko`p bo`lishini xohlaymiz. Va do`stlar xuddi farishtadek bo`lishi kerak deb o`ylaymiz. Shuning uchun doim xavotirlanib bolani so`roqqa tutaveramiz: «Falonchi o`rtog`ing senga so`kishni o`rgatmayaptimi?», «Pistonchi bilan yana o`ynadingmi, nuqul kiyimlari iflos yuradi-ku?» Bolamizni yomon ta`sirlardan himoya qilish istagimiz ularda minnatdorlik tuyg`usini uyg`otmaydi. Aksincha, xafa bo`lishadi, ichlaridagini tashqariga chiqarmaydigan, gap berkitadigan odat chiqarishadi va bora-bora bizdan begonlasha boshlashadi. Do`stlik oraga tushganlarni yomon ko`radi. Bolaga nima yaxshiyu nima yomonligini to`g`ri o`rgatsangiz, u hech qachon yomonlar ta`siriga tushib qolmaydi.
«Falonchining bolasiga o`xshasang bo`lmaydimi?» Hamkasbingizning qizi ajoyib, pianino chaladi, raqs to`garagiga qatnaydi. O`qishlari ham a`lo. Qo`shningizning nabirasi esa nuqul olimpiadalarda yuqori o`rinlarni egallaydi. Albatta, dunyoda siznikidan aqlliroq, qobiliyatliroq, epchilroq bolalar ko`p. Tabiiyki, ularga havasingiz keladi. Ammo buni ochiqchasiga va o`z bolangizga solishtirgan (ya`ni uni kamsitgan) holda amalga oshirish shartmi? Ko`pchilik farzandim o`rnak olsin deb shunday qiladi. Ammo gap o`rnak olib tuzatsa bo`ladigan sifatlar haqida bo`lsa xo`p-xo`p, ammo Xudo ayrim bandalarigagina yuqtirgan iqtidorning farzandingizda yo`qligi uchun uni kamsitish boshqa narsa.
«Turgan-bitganing muammo-a?!» O`z qilmishi uchun aybdorlik hissini uyg`otish juda oson. Ammo hech kim yaqinlariga og`riq va iztirob etkazib, xotirjam qarab turolmaydi, shundog`am o`zini aybdor his etadi. Ba`zida biroz bo`yoqlarni quyuqlashtirib, mubolag`aga berilganingizni bola tushunmaydi, hammasini boricha qabul qiladi. «Qilg`ilig`ingdan buvingning yuragi to`xtab qolay dedi», «Shu ishni qilayotganingda oyoq-qo`lim qotib qoldi» kabi jumlalarni o`ylab gapiring. Yana farzandingizning dunyoga kelishi va katta bo`lishi jarayonidagi qiyinchiliklarni ham uning yuziga solish yaxshi emas. Onasiga nisbatan cheksiz mehru muhabbat (maqsadingiz shu edi-ku) o`rniga u qo`rquv his etadi, xolos.
«Yana nima kerak senga?» «Biz jonimizni jabborga berib, sen uchun harakat qilayapmiz, sen esa buning qadriga etmaysan!» Eshitib turib, mas`uliyatli katta odam xudbin bolakayni koyiyapti deb o`ylash mumkin. «Yana nima kerak?» — bu atrofga iste`molchi nazari bilan qaraydigan kattalarning ta`nayu minnatidan boshqa narsa emas. «Shuncha qilganlarimizga minnatdor bo`lish o`rniga muammolarni yuzaga keltirayaptimi? Bunga qanday jur`at etdi???» Bunday gaplar joniga tekkan bola bora-bora muammolarini yashiradigan bo`lib qoladi. Minnatlarning javobi esa bir kun qaytadi: «Qo`ng`iroq qildim, ko`tarmadingiz, yana nima deysiz?», «Pul jo`natib turibman, bo`ldi-da, odamlarning bolasi shuniyam qilayotgani yo`q. Biram noshukursiz-ey».
Shahzona TO`RAXO`JAEVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: