Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Bolaga qachondan va qancha qulupnay berish mumkin?
​Bolaga qachondan va qancha qulupnay berish mumkin?

​Bolaga qachondan va qancha qulupnay berish mumkin?

​Bolaga qachondan va qancha qulupnay berish mumkin?
May oyi ayni qulupnayning g`arq pishgan pallasi. Qancha xohlasangiz, shuncha eyishingiz mumkin. O`sib kelayotgan bolaga ham bu mazali mevadan bergimiz keladi. Ammo ko`pchilik onalar bu meva allergiya beradi deb, qachon va qancha berish ustida bosh qotiradilar. Quyida ushbu savollarga javob beramiz.

1. Qulupnay antioksidantlarga boy, organizmdan toksinlarni haydovchi reza meva hisoblanadi. Uning tarkibidagi shakarni bola oshqozoni yaxshi hazm qiladi. Shuningdek, meva tarkibidagi A, S va V1 vitaminlari ko`rish qobilyatini yaxshilaydi, immunitetni oshiradi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Qulupnaydagi kalsiy va fosfor moddalari esa bolanig o`sishiga ko`maklashadi. Ko`rib turganingizdek, qulupnay bola uchun foydali meva.

2. Qulupnay tarkibida gistamin moddasi mavjud bo`lgani uchun yoshiga etmagan bolalarga qulupnay mumkin emas. Oylik bolalar uchun reza mevalardan qorag`at va smoridinagina mumkin. Ularni oz-ozdan bo`tqaga qo`shib, bola oshqozini o`rgatsangiz bo`ladi.

3. Bola 2 yoshga to`lgandan so`ng unga qulupnayni berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so`ng berib ko`ring. Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi reza mevaga o`rgatasiz.

4. Agar kichkintoyingizning organizmi qulupnayni yaxshi qabul qilsa, 3 yoshga to`lgunicha bir kunda uning kaftlariga sig`adigan miqdordagina qulupnay bering. Undan ortiq emas. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha 3 yoshdan so`ng qulupnayga bo`lgan allergiya o`z-o`zidan o`tib ketadi. Ammo bu ham nisbiy ko`rsatkich bo`lib, ba`zi kichkintoylarda 5 yoshdan keyin o`tib ketishi mumkin.

5. Qulupnay allergiyaga sabab bo`lganida, quyidagi belgilar kuzatiladi:

Tanaga toshmalar toshadi;
qorinda og`riq paydo bo`ladi;
yo`tal, hansirash va qaysarlik, injiqlik ham kuzatiladi. Nima bo`lganda ham shifokorga murojaat qiling.
6. Bolaga qulupnayni tvorogga, bo`tqalarga, quymoqlarga qo`shib bersangiz yoki undan sharbat, mevali salatlar tayyorlab bersangiz, allergiya qo`zg`atuvchilar kamayadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: