BOLALARDA HAM SIRLAR BOR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BOLALARDA HAM SIRLAR BOR
- Дата релиза: 10-08-17, 14:25
Bu hayotda hammamizning ham farzandimiz katta bo`ladi, ulg`ayadi, do`stlar orttiradi va ilk bor kimnidir sevib qoladi. Tabiiyki, vaqt o`tgani sayin bolaning o`ziga yarasha sirlari paydo bo`ladi, uning nazarida bu “maxfiy” ma`lumotlarni ota-ona aslo bilmasligi kerak. Aslida ham shunday bo`lishi lozimmi? Ko`pgina vaziyatlarda ota-ona farzandining biror narsani oxirigacha gapirmayotganini sezishi bilan uni bilishga oshiqib, uzoq vaqt bosh qotiradi. Shunday vaziyatga duch kelgan ota-onalar, keling, yaxshisi, bolalarimizning “kichkinagina” sirlari va ularga nisbatan qanday munosabatda bo`lish haqida “kattagina” suhbat quraylik...
Hammamizga hayotiy tajribadan ma`lumki, kichik yoshdagi bolalar sirlashishni juda yaxshi ko`rishadi. Ular uchun sir shunchaki “havo”dan ham paydo bo`lishi mumkin. Masalan, o`yinchoqni yostiq ostiga berkitish. Shuning o`zi uning uchun katta sir. Axir, u o`yinchog`ini yashirganini hech kim ko`rmadi-ku!
Ko`pincha, hatto eng ishonuvchan bolaning ham o`z ota-onasiga bildirmaydigan gaplari bo`ladi. Lekin ota-onalar, odatda, farzandlari doim “ochiq”ligiga va hech narsani yashirmasligiga o`rganishgan. Aslida ham bu ular uchun juda muhim sanaladi. Shu bois aksariyat ota-onalar bilan suhbatlashganda, bola o`smir yoshda sirli bo`lib qoladi, degan fikrni eshitamiz. Ammo ular adashishadi. Zero, to`rt yashar bolakayning ham o`z siri bo`lishi mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchisi
Boshlang`ich sinfda o`qiydigan bolada sub`ektiv sirlar bo`lishini inkor etolmaymiz. Aynan shu sirlar bolakay ichki olamining asosi, tayanchi sanaladi. Axir, xayolot dunyosi, istak va umidlarsiz yashab bo`lmaydi-da! Ichki olam ta`siri bolaning “men”i shakllanayotganida namoyon bo`la boshlaydi, unda o`ziga xos fe`l-atvor yuzaga keladi.
Shunday qilib, farzandi boshlang`ich sinfda o`qiydigan ota-onalar diqqatiga: bolangizga hech qachon befarq bo`lmang. Loqaydlik sizning dushmaningizdir. Bolangizni o`z siri bo`lsa-da, uni siz bilan bo`lishishni istaydi. Mana shu paytda “ishonch”ni oqlasangiz, u keyinchalik ham sizni “sirdosh” deb biladi.
“Oyijon, sizga bir gap aytaymi?”
Agar farzandingiz sizga biror ko`nglida saqlayotgan gapi, xayoli, orzularini aytsa, uning bu gaplarini hurmat qilishingiz kerak. Siz uchun bu gap ahamiyatsizdek tuyulsa-da, bolangiz uchun juda muhim. Shu bois uni sir, deb bilayapti. Unutmangki, bolakayning olamni qabul qilishi bilan sizning dunyoqarashingiz o`rtasida osmon bilan ercha farq bor. Agar bu borada xato qilsangiz, natijasi achinarli bo`lishi mumkin. Bola hamma narsani ichiga yutadigan, suhbatlashmaydigan va yaqinlariga ishonmaydigan bo`lib qoladi. Shuningdek, farzandingizni hamma narsaning mayda tafsilotlarigacha so`zlab berishini talab qilmang, yaxshisi, kuting. Vaqti kelib, sizni qiziqtirgan va o`zi aytishni istagan hamma narsani gapirib beradi.
O`smirlar dunyosi
O`smirlik yoshi bola va ota-ona hayotidagi eng murakkab davrlardan biri sanaladi. Bola 14 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan paytda o`z yaqinlaridan anchagina uzoqlashadi. Ruhshunoslarning fikricha, bu holat o`ta tabiiy hisoblanar ekan. Shu ma`noda aksariyat o`smirlarning o`tish davrida o`z ota-onasiga ishonmay qo`yishi ham hayotiy haqiqat. Yoshlik davringizga xayolan bir qayting, axir, sizning ham 15-16 yoshda hech kimga aytmagan gaplaringiz bo`lgan-ku?! Nega endi, ular farzandingizda bo`lmasin? Uning shaxsiyati va fe`l-atvori hamon shakllanmoqda. Shu bois, chegara va me`yorni to`g`ri ushlang. Endi u jajji bolakay emas, nimani aytish va nimani yashirishni o`zi hal qila oladi.
Ota-onalar uchun kichik qo`llanma
1.Bola katta bo`layotganidan va u ko`p vaqtini do`stlari davrasida o`tkazayotganidan vahimaga tushmang. Mabodo, farzandingiz o`z shaxsiy hayotining ma`lum bir qismiga parda tortayotgan bo`lsa, ushbu vaziyatga nisbatan sabrli bo`ling. Unga do`st tutina olsangiz, ma`lum vaqt o`tgach, u sizga hamma sirlarini o`zi ochib beradi.
2.O`smir yoshdagi farzandingizning sirini bilish, ko`chadagi do`stlari haqida ma`lumot yig`ish uchun bosim o`tkazish yaramaydi. Agar u siz bilan dildan suhbatlashishni istamasa, bu fursatni toqat bilan kuting. Elkangizga boshini qo`yib dardlashgani kelganida esa ko`kragidan itarmaslikni maslahat beramiz.
3.O`smir farzandingizni qoralamang va o`z fikringizni uqtirishga harakat qilmang. Sizga bo`lgan ishonchi so`nishiga xizmat qiladigan suhbatlardan qoching.
Psixologiya fanlari nomzodi, dosent, ruhshunos
Anjim ShAMShETOVA tavsiyalari asosida
Dilnoza Shuhrat qizi tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар