Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » BOLALARNI BURJIGA QARAB MAKTABGA MOSLAShTIRAMIZ
BOLALARNI BURJIGA QARAB MAKTABGA MOSLAShTIRAMIZ

BOLALARNI BURJIGA QARAB MAKTABGA MOSLAShTIRAMIZ

BOLALARNI BURJIGA QARAB MAKTABGA MOSLAShTIRAMIZ
Eng uzoq davom etgan ta`til ham o`z nihoyasiga etdi. Endi kichkintoyingizning maktabdagi hayoti qanday kechadi? O`qish unga xursandchilik olib keladimi? Sentyabrda ota-onalar nimalarga e`tibor qaratishlari lozimligi haqida bolalarga atalgan quyidagi munajjimlar bashoratidan bilib olasiz.

Qo`y

Birinchi chorakda farzandingizga har doim bir xil vaqtda kitob o`qishni, ongni charxlaydigan ko`rsatuvlarni tomosha qilishni, uyquga yotishni o`rgating. Sport bilan shug`ullansin.

Buzoq

Bu burjdagi bola o`z oldiga aniq maqsad qo`ya oladi. Ammo birgina «lekin»i bor. Buzoqlar qaysar bo`lishadi. Shoshilmaslik ularning shiorlari. Sabrli bo`ling, nima uchun bola maktabga borishi shartligini, nima uchun o`qituvchining gapiga quloq solishi kerakligini bosiqlik bilan obdon tushuntiring.

Egizaklar

Merkuriy – eng harakatchan sayyoralardan biri bo`lganligi sabab, bu burjda tavallud topgan bolalar ota-onalariga haqiqiy boshog`riq bo`ladilar. Darsda tez chalg`iydilar, bor ovozda gaplashadilar, partadoshi aytgan har qanday hazil gapga ovozini baralla qo`yib xoxolaydilar. Ammo zehni o`tkir bo`ladi.

Qisqichbaqa

Ta`sirchan va tez xafa bo`ladi. U o`zini xafa qilgan odamni kechirmaydi. Qolaversa, jamoada o`zini ko`rsatish qobiliyati ham yo`q hisob. Shu bois ota-onalar qisqichbaqa burjida tavallud topgan farzandlarini maktabga olib borishdan avval ruhshunosga ko`rsatishlari kerak.

Arslon

Arslon, bu – mitti qirol. U buyruq berishni, o`zgalarni, shu jumladan, kattalarni ham bo`ysundirishni yoqtiradi. Shu bois maktabda muammolardan xoli bo`ladi, deb o`ylash noto`g`ri. Bugun bir odam etakchi bo`lsa, ertaga uning o`rnini boshqasi egallashi mumkinligini to`g`ri tushuntiring. Arslon maqtovni yoqtiradi, demak, she`r yod oladimi, chiroyli yozadimi, xullas maqtovga arzigulik ish qilsa, albatta maqtang.

Sunbula

Uni tanqid qilmang, bosim o`tkazmang, kamchiliklari ustidan kulmang. Sumbula hamma narsada ota-onasidan o`rnak oladi. Farzandingizning ta`lim olishida muammolar bo`lishini istamasangiz, o`zingiz ko`proq kitob o`qing, ko`rgazma va muzeylarga boring.

Tarozi

Tarozi burjida tug`ilgan bolani keskin jazolash mumkin emas, bu harakat uni jazavaga solib qo`yishi mumkin. Tarozilarning kayfiyati keskin o`zgarib turadi. Shu bois maktabga qadam qo`ygan bolaning asab tizimini tartibga keltirishga harakat qiling: u bilan quvnoq o`yinlarni o`ynang, shovqin-suronli joylarga bormang. Uni bir vaqtda uyquga yotib-turishga o`rgating. Oqshom ertak so`zlab berishni unutmang.

Chayon

Tabiatan kurashuvchan. Kimdir ustidan hukmronlik qilishiga yo`l qo`ymaydi. Agar uni bo`ysundirishga urinishsa, aks natija ko`rsatib, u odamovi bo`lib qoladi. Chayonning tarbiyalash juda og`ir, u o`zi bilan xuddi tengdoshdek, muomala bilan gaplashishlarini talab qiladi. Chayonga nima yaxshiyu nima yomonligini tez-tez tushuntirib turish kerak.

Yoy

Yolg`izlikda tushkun kayfiyatga tushib qoladi. Agar u ko`paytirish jadvalini yod olmagan bo`lsa, uyingizga o`ziga o`xshagan “qoloq” sinfdoshlarini taklif qilib, birgalikda dars qildiring. Yoylar ko`pincha bir vaqtning o`zida ikkita ishni qilishni yaxshi ko`rishadi. Yodingizda tuting, bola ulg`aygan sayin dars qilish unga yoqmay boraveradi. Shu bois dilbandingizni tartibli bo`lishga o`rgatib boring.

Tog` echkisi

Farzandingiz jiddiy va mulohazakor. Uning boshida turishga hojat yo`q, u qachon nima qilishni sizdan ko`ra yaxshi biladi. Afsuski, bu burjda tug`ilgan bolalarning birgina kamchiligi — ular dam olishni bilmaydi. Ota-onaning vazifasi esa unga uyda mo`ta`dil muhitni yaratib berish.

Qovg`a

Bu burjda tavallud topgan bolalar ilmga chanqoq bo`ladilar. Ular hamma narsani tez ilib olishadi. Qovg`alarning muammosi jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishni istamasliklarida. Ular soatlab kompyuter qarshisida o`tirishga tayyor, ko`chaga majburlab ham chiqara olmaysiz.

Baliq

O`zgarishlar bola qalbida qo`rquv hissini uyg`otishi mumkin. Shu bois farzandingizga maktab, yangi fanlar va ustozlar haqida ko`proq qiziqarli ma`lumotlarni ayting. Qo`liga pul berib, tejab-tergab ishlatishni o`rgating. Baliqlar boshlab qo`ygan ishlarini oxiriga etkaza olmaydilar. Shunday ekan, kitobini oxirigacha o`qib tugatishni, biror dasturni oxirigacha tomosha qilishni nazorat qilib boring.

Dilshoda tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: