Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bolalarni chet tillariga o‘rgatishni qachon boshlash kerak?
Bolalarni chet tillariga o‘rgatishni qachon boshlash kerak?

Bolalarni chet tillariga o‘rgatishni qachon boshlash kerak?

Bolalarni chet tillariga o‘rgatishni qachon boshlash kerak?
Farzandini sevadigan va kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir ota-ona u tug‘ilganidan boshlab zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishini orzu qiladi. Chet tillarini bilish ham juda muhim zamonaviy mahoratlardan biri hisoblanadi.

Til bilan shug‘ullanish va til bilan tanishish orasidagi farqlar

Gap aynan bolalarni chet tillaridan biriga (ko‘pincha – ingliz tili) o‘rgatish haqida ketganda, ota-onalar “til bilan shug‘ullanish” va “til bilan tanishish” orasidagi aniq farqni tushunishlari kerak.

Ko‘pchilik zamonaviy o‘qituvchilarning fikricha, 5 yoshdan kichik bolalar bilan til bo‘yicha shug‘ullanishning foydasi yo‘q. Mashg‘ulotlarda ma’lum bir darajadagi diqqat-e’tibor va berilgan vazifalarni ketma-ket bajarish ko‘zda tutiladi.

Kichkina bolalarga esa buning nafaqat qizig‘i yo‘q va og‘ir, balki aynan chet tillariga o‘rgatishni erta boshlash kelajakda uning bu tilni o‘rganish istagi va qiziqishini so‘ndirishi mumkin.

Til bilan tanishishni esa aksincha, iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Ruhshunoslar tomonidan kichkina bolalarning yon-atrofda eshitganlarining hammasini qabul qilishlari va keyinchalik gaplarni tuzishda tanish bo‘lgan tovushlar birikmasidan foydalanishlari isbot qilingan.

Farzandingiz 1,5—2 yoshda bo‘lsa-da uyingizda haligacha chet tilidagi so‘zlar hech qachon aytilmagan bo‘lsa ham siz bundan xavotirlanib o‘tirmang. Bolalar 3—4 yoshgacha juda tez qabul qiluvchan bo‘lishadi. Va til bilan tanishishni bunday sust holatda ham xohlagan vaqtda boshlash mumkin.

Shu bilan birga boladan aniq biror narsani – takrorlash, jumlani to‘g‘rilash, talaffuz qilishni talab qilish noto‘g‘ri. Agar u xohlasa, so‘zlarning qaysidir elementlarini yoki hatto alohida tovushlarni takrorlasa ham mayli — chunki bularning hammasi foyda beradi!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: