Bolalikdagi "nozik" sho'xlik
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Bolalikdagi "nozik" sho'xlik
- Дата релиза: 28-06-14, 16:12
Bu mavzuni yoritishdan oldin juda
ko'plab materiallar tahlil qilindi. Bu
mavzuni nafaqat yoritish, balki u
haqda gapirish ham juda qiyin,
chunki u bizning bolajonlarimiz
psixikasiga taaluqli. Lekin
mavzuga oid yetarli bilimlar
kamligi tufayli ba'zi oilalarda
bolalarimizga shu deb azob
berilayotganini ko'rib saytda bu
haqda kerakli ma'lumotlarni
keltirishni joiz deb bildik.
Bolalarimiz hurmati va
o'zbekchilikka tayangan holda
mavzu muammosiga aloqasi yo'q
maqola o'quvchilari kerakmas
mulohazalar qilmasligi uchun
uni o'rab, biroz tushunarsiz qilib
yoritamiz. Muammoni bilgan va
bunga to'qnash kelgan ota-ona
o'ziga kerakli ma'lumotni tushuna
oladi.
Bolasida "sho'xlik"ni ilk bora
ko'rgan ota-ona panikaga tushadi.
"Bolamda biron muammo
mavjud!", "Bolamni davolash
kerak", "Bolani yaxshilab jazolash
kerak", "Nima qilish kerak?" kabi
minglab hayollar ota-onani qiyin
ahvolga tushiradi.
Shu o'rinda eng muhim savol:
"Qanday qilib bu "sho'xlik"ni
qilishdan bolamni to'xtatsam
bo'ladi?!"
Eng avallo shu savolga javob
berishdan boshlaymiz. To'xtatish
kerak emas! To'xtatishning iloji
yo'q!
Bu javob qanchalik qo'pol
tuyulmasin, bu oddiy haqiqatdir.
O'zi bu "sho'xlik" ning zarari
bormi?
Bolaning salomatligi uchun ham,
uning psixikasiga ham buning
hech qanday zarari yo'q. Bu
borada minglab tadqiqotlar xabar
bermoqda. Zarari shundaki, ota-
onasini bunga bo'lgan salbiy
munosabatini ko'rgan bola o'zini
"yomon ish" qilayotgan deb
hisoblaydi va o'zini ayblashni
boshlaydi. Mana shu ayblash
kelajakda ba'zi psixologik
muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Bolasida
"sho'xlik" ni
ko'rgan ota-
onaning birinchi
vazifasi bolasiga
ko'proq mehr
berishdir.
Bola "shox'lik" qilishiga sabab:
Yolg'izlanishi;
Ota-ona mehriga to'ymasligi;
Ota-onaning o'ta qattiq qo'lligi;
Ota-onaga suykala olmasligi;
Stress;
Asabiylik;
Ota-ona e'tiborining
yetishmasligi;
Gigienaga rioya qilmaslik;
Siqadigan ichki kiyim kiyish;
Oilada katta o'zgarishlar sodir
bo'lishi (ikkinchi farzand tug'ilishi,
ota-onaning ajralishi, ota yoki
onani yo'qotish va boshqalar);
Ota-nadan doim yoki ko'pincha
rad javobini olish;
Ba'zi jinsiy kasalliklar.
Bolalikdagi "sho'xlik" bir nechta
bosqichlarga bo'linadi:
2 yoshgacha bo'lgan davr - bola
o'z a'zolarini o'rganish davridir.
Olti oylik bolani qo'llarini tomosha
qilishi davomida qiziqishi paydo
bo'lganidek boshqa barcha
a'zolariga ham qiziqishi uyg'onishi
normal holat. Bunga jiddiy qarash
shart emas. Bu oddiy rivojlanish.
To'sqinlik "sho'xlik"ka bo'lgan
qiziqshni yanada oshiradi.
2-5 yoshgacha bo'lgan davrda
bola "sho'xlik" qilayotib yoqimli
hissiyotni sezadi va ota-onasiga
yoqmaydigan ish qilayotganini
anglaydi. Natijada u bekinib
qilishni o'rganadi. Bu davrda
bolaga hech qanday to'sqinlik
ko'rsatib bo'lmaydi. O'zini "yomon
ish" qilib qo'yayotganida
ayblamasligi muhim.
6-9 yoshda bola qilayotgan ishi
haqiqatan "uyatsiz" ekanligini
to'liq anglaydi va iloji boricha hech
kim ko'rmagan paytda qilishga
harakat qiladi. Ba'zida bolada turli
qiziqishlari paydo bo'lib "sho'xlik"
ma'lum bir muddatga
yo'qolgandek tuyuladi. Shuning
uchun bu davrda ko'pchilik ota-
ona "sho'xlik" butunlay
yakunlandi, deb xato fikr yuritadi.
12-14 yoshdan so'ng bolalikdagi
"sho'xlik" haqiqiy jinsiy qoniqish
yo'liga aylanishni boshlaydi. Bu
normal jinsiy va jismoniy jarayon.
Bolada "sho'xlik" ni bilib qolgan
ota-ona qilishi MUMKIN
BO'LMAGAN narsalar:
1. Hech qachon bolani bu
faoliyati uchun
uyaltirmang. Hech
qachon! Katta bo'lganida
"sho'xligi" yo'qoladi, lekin
kichikligidan o'zini
"yomon" yoki "o'ta aybli
ish qilayotgan" bola deb
his qilib kelsa, jamiyatda
o'z o'rnini topishda,
boshqalar bilan
munosabatlarda juda
qiynaladi.
2. Bolani ushbu faoliyati
tufayli qo'rqitmang.
"Mana shunday qilganing
uchun, senda shunday
bo'ladi!" kabi qo'rqituvlar
aslo mumkin emas.
3. Bolani ushbu faoliyati
uchun jazolamang. Bu
faoliyatning burun
ko'vlashdan deyarli farqi
yo'q.
4. Bolaning "shox'lik"
qilayotganiga kasallikdek
qaramang. Bu biron
muammo tufayli yuzaga
kelgan holat. Ana shu
negizni bartaraf etish
lozim.
5. Ertayu-kech bolaning
e'tiborni shu faoliyatga
qaratmang. Ya'ni bolaga
sezilarli darajada uni
kuzatish, ishini ustida
tutvalib tanbeh berish va
hokazo.
6. "Sho'xlik"ni
taqiqlamaslik kerak.
Qancha ko'p taqiqlansa,
shuncha unga ehtiyoj
ortadi.
7. Maktab o'qituvchisi
yoki bog'cha tarbiyachisi
bunga muammodek
qarab ota-onadan bolani
jilovlashni talab
qilayotgan bo'lsa,
ahamiyat bermang.
Shunchaki, shox'ligi
birovni ko'ziga
tushmasligini
ta'minlashini bolaga
tushuntirish lozim.
Nima qilsa bo'ladi yoki qanday
qilib bolaga yordam bersa
bo'ladi?
1. Bola "sho'xligini"
hammani oldida
qilayotgan bo'lsa, bu
ishni birovlarni oldida
qilish mumkin emasligini,
xuddi hojatga borish kabi
normal jarayon lekin
uyatli ekanligiini muloyim
tushuntirib berish kerak.
Hammani oldida qilishiga
odatda bolaning ota-
onaga bo'lgan protest
(qarshilik)i yoki ota-ona
e'tiborini kalb qilish
sababchi bo'ladi. Bola
bilan muloyimroq
bo'lishni, bolaga ko'proq
mehr berishni va uni ko'p
quchoqlashni o'rganing.
Bolaga tez-tez "yo'q"
demayotganmikinsiz?,
tahlil qiling.
2. "Sho'xlik" zerikkanidan
amalga oshirilayotgan
bo'lsa, bolani
zerikmasligini ta'minlash
kerak. Ko'chada o'ynash,
qiziqarli o'yinlar bilan
band qilish, ota-ona bilan
birgalikda biron ish bilan
shug'ullanish bolani
zerikishdan saqlaydi.
Uxlashdan oldin bola
bilan vaqt o'tkazish, ertak
aytib berish va uzoq
suhbatlashish bola
uyquga tez ketib
faoliyatini amalga
oshirmasligiga yordam
beradi.
3. Bolaning bu
"sho'xligini" kattalarning
jinsiy munosabatlari bilan
aslo solishtirmang.
Kattalarda jinsiy
munosabatlarga jismoniy
ehtiyoji mavjud. Bolada
bu jinsiy talpinish natijasi
emas.
4. Bolaning ko'ziga
kattalarning jisniy
munosabatlari
tushmasligini ta'minlash
lozim.
5. Statistikani
ko'rsatishicha, ota-onasi
urgan bolalar ko'proq
"sho'xlik" qilar ekan.
Bolani jazolashda
jismoniy kuch
ishlatmang!
6. Bola bilan ko'p
suhbatlashing, unga ko'p
vaqt ajrating, sizning
mehr va e'tiboringizda
cho'milsin. Ota-onaning
ijobiy munosabatiga
to'ygan bolada "sho'xlik"
ka ehtiyoj qolmaydi.
7. Bola o'ta agressiv
xarakterga ega bo'lsa, uni
jismonan aktivlashtirish,
ya'ni biron aktiv sport
bilan band qilish talab
etiladi. Shunda uning
kuch va energiyasi
sportga sarflanadi.
Tarixda bu faoliyat gunohga
tenglashtirilgan edi. Lekin hozirgi
zamon olimlari buning hech
qanday zararli tomoni yo'qligini va
bu bolalikda yuzaga keladigan
tabiiy jarayon ekanligini
isbotlashgan. Faqat bu haqda
gapirish uyatli bo'lgani uchun
hamma bekitadi va boshqa
oilalarda ham bu holat bor
ekanligini bilmaydi.
Afsus ming bolani urib jazolamang
faoliyatidan hech qachon voz
kechmaydi. Bu uning tabiiy normal
ehtiyoji. Ota-onaning jazosi
natijasida bola yuragida kuchli ayb
va ota-onasidan qo'rquv kabi
hissiyotni o'stiradi. "Sho'xlik" ota-
ona ko'rmagan holatda davom
etaveradi, lekin bolaning "yomon"
ish qilayotgani haqidagi fikri o'sib
uni psixologik qiynashni
boshlaydi.
Agar ota-ona bolalikdagi sho'xlik
aslida normal tabiiy jarayon
ekanligini tan ola bilsa, bu
vaziyatga boshqacha qaraydi. Aqlli
ota-ona shuni tushuna olsa,
bolaga faoliyatni taqiqlagandan
ko'ra, bu "yomon" narsa emas,
shunchaki birovlarni oldida qilish
mumkin bo'lmagan narsa, deb
tushuntira oladi. Bolasini
jazolashdan ko'ra, qaerda unga
kamroq e'tibor berganini, qachon
uni ko'p jazolab yuborganini
izlaydi. Natijada kelajakda bola
hayotida psixologik va jinsiy
muammolar yuz bermasligiga
yordam beradi.
Hech qachon bolaning hech
qanday faoliyatiga ota-onaning
ko'zi bilan qaramang. Bola hamma
ishni bola bo'lgani uchun qiladi,
yomon yoki uyatsiz bo'lgani uchun
emas.
Bolalikdagi sho'xlik aybsiz va
zararsizdir! Bu muammo emas,
lekin bu holatni keltirib chiqargan
sabab muammo bo'lishi mumkin.
Uni izlang, uni bartaraf eting.
Sho'xlik esa hech qachon
yakunlanmaydi. Ota-ona yordam
bera olsa, bolada unga to'g'ri
munosabat hosil bo'la oladi xolos.