BOLAMGA «TEPKI» ChIQDI, DAVOLATAYMI Yo TEPTIRAY?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BOLAMGA «TEPKI» ChIQDI, DAVOLATAYMI Yo TEPTIRAY?
- Дата релиза: 05-09-17, 02:37
«Tepki» chiqsa, teptirish odatning tag zamirini surishtirib bilishga rosa urindik. Ammo hech kim qaerdan kelgani-yu paydo bo`lish tarixi haqida aniq dalillar keltira olmadi. Shuning uchun e`tiboringizga quyidagi fikrlarni havola etamiz. Ikkitasi mutaxassiga tegishli, qolgan ikkitasi hayotiy tajribalarga asoslanadi. Qay birini tanlash esa sizning ixtiyoringizda.
«Dinimizda bunday amal yo`q!»
Odilxon qori YuNUSXON o`g`li, Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom-xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi: — Bu borada dinimiz Islomda hech qanday ko`rsatma yo`q. Ya`ni bu kasallikning «tepki» deb atalishi va egizak farzand ko`rgan kelinlarga teptirilsa, tuzalib ketishi haqida hech qanday dilil-hujjatning o`zi yo`q. Bu ish xalq orasidagi ilmsiz kishilar o`ylab topib, tarqatgan noto`g`ri, xurofiy odatlardan biri hisoblanadi. Aslida xastallikka duchor bo`lgan bemorni bu tariqa, ya`ni tomog`i va qulog`i ostini egizak farzandli kelinga teptirib davolatishi biror-bir tibbiy muolaja uslublarida ham mavjud emas. Afsuski, farzandlari xastalanganida shifokor ko`rigiga borish o`rniga hali-hanuz shunday xurofiy ishlarga murojaat qilib yuruvchilar etarlicha topiladi. Ayniqsa, chekka hududlarda. Aynan ularni deb bu odat bizning kunlargacha ham yashab kelmoqda. Shu bois, yurtdoshlarimizga xurofotga berilmasdan shifokorga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz. Aks holda ham noto`g`ri e`tiqod uchun inson gunohkor bo`ladi, ham befoyda muolaja tufayli vaqt boy berilib, ahvol yomonlashishi mumkin. Vallohu a`lam!
«Ota-bobolarimizning udumi»
Rixsi IBROІIMOVA, O`zbekiston xalq artisti: — Tibbiy jihatdan qanday bilmadim-ku, lekin bu qadim zamonlardan kelayotgan udumlarimizdan deb hisoblayman. Bolalik chog`larim «tepki»ga chalinganimizda onamiz egizak farzand ko`rgan ayolni topib, olib borishardi. Teptirganidan keyin butunlay tuzalib ketgan kishilarni bilaman, ammo ahvoli og`irlashganlarni sira eslolmadim. Іatto teatrimizning bir artisti shu kasallikka chalinganida egizak ko`rgan aktrisamiz Shirin Azizovaning uyiga borib teptirib kelgani ham yodimda. Nima uchun aynan egizaklarning onasi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Chunki ular azaldan tabarruk sanalgan, xalq orasida o`zgacha hurmatga ega bo`lishgan.
«Yakuni — bepushtlik?!»
Shavkat AZIMOV, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor-infeksionist: — Siz «tepki» deb atayotgan kasallik tibbiyotda epidemik parotit nomi bilan yuritiladi va xuddi grippga o`xshab viruslarning havo tomchi yo`li orqali yuqishidan vujudga keladi. Xastalikka chalingach, dori-darmon vositalari qabul qilinmasa, immun tizimining o`zi viruslar bilan kurashib, ma`lum vaqt o`tganidan so`ng g`olib keladi. Biroq barini immun tizimining zimmasiga yuklab qo`yish noto`g`ri. Chunki parotit nafaqat so`lak bezlarini zararlaydi, balki o`g`il bolalarda moyaklarning yallig`lanishiga ham sabab bo`lishi mumkin. Agar davo choralari ko`rilmasa, xastalik kelgusida bepushtlikka sabab bo`ladi. Ana undan keyin egizak tuqqan ayol ham, homilador ayol ham, hatto 10 ta farzand ko`rgan erkak tepsa ham, befoyda. Chunki har bir sog`lom fikrli inson virusli xastalikni «tepib» davolab bo`lmasligini yaxshi biladi. Oldini olish uchun esa emlatish lozim.
«Davo bo`lganini o`zim ko`rganman!»
Maktuba Yunusova, hamshira, egizak farzandlarning onasi: — O`zim tibbiyot sohasida faoliyat olib boraman. Іatto shifoxonamizda davolanayotgan bemorlar ham oldimga kelib, «Tepib qo`ying» deya iltimos qilishadi. Avvallari bilmasdim, egizaklarim tug`ilganidan keyin ayollardan so`rab-surishtirib o`rganib olganman. Aslida o`ziga xos jarayon, avval bemorning bo`yni paxta yoki sochiq bilan o`raladi, keyin qiblaga qaratib ostonaga yotqiziladi. Yaratganning ismini aytib, bemorning ham ismi uch marta takrorlanadi va o`ng oyoqning bosh barmog`i bilan ohista tegib qo`yiladi. Oldimga umid bilan kelgan xasta kishilarni qaytarishga ko`zim qiymaydi. Jannat onalar oyog`i ostida deyishadi-ku, balki aynan shuning uchun ham bu xastalikka chalingan bolajonlarni egizak farzand ko`rgan onalar davolashsa kerak-da. Birinchi navbatda ixlos va ishonch turadi, nazarimda.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар