Bolangizga taqiq qo`ymang!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Bolangizga taqiq qo`ymang!
- Дата релиза: 11-04-18, 19:28
Inson taqdiri avvaldan belgilab qo`yilganmi yoki tanlov huquqimiz bormi? Psixologik nuqtai nazardan yondashilsa, taqdirning yozilgani bor gap. Ba`zan esa kishi o`z taqdiridan “uzoqlashadi”. Sababi, oilaviy muhit, tarbiya, hayotiy ko`nikmalar, odatlar, yon-atrofdagilar unga ta`sir ko`rsatadi.
Ota-onaning bolani haqoratlashi, unga turli taqiqlar qo`yishi, qarg`ashi, ishonch bildirmasligi ham kelajakda uni o`z taqdiridan yiroqlashtirar ekan. Nahot, ota-onaning beixtiyor aytgan so`zlari bola taqdirini o`zgartira olsa, deysizmi? Ha, shunday...
Mutaxassis – Laylo NODIROVA, psixolog.
Hayotiy quvvat «kesilishi» mumkin
Deylik, farzandingiz sho`x, shu bilan birga qaysar, o`z bilganidan qolmaydigan bola. Uni tartibga chaqirasiz, tergaysiz, to`polon qilsa, jazolaysiz va turli so`zlar bilan qo`rqitishga urinasiz. Misol uchun, mana bunday: «Aytganimni qilmasang, o`ldiraman!», «Yana bir marta shunday qilsang, o`zingdan ko`r, tug`ilganingga pushaymon qilaman!».
To`g`ri, hech bir ona farzandiga yomonlik tilamaydi. Faqat shunisi ham haqiqatki, beixtiyor aytib yuborilgan so`zlar bolaning ong ostida «sen yashamasliging kerak, mavjud bo`lma» ma`nosidagi taqiqni keltirib chiqaradi. Bilasiz, bu so`zlar miya uchun axborotdir. Va bu axborot nihoyatda katta kuchga ega. Agar salbiy xarakterda bo`lsa, fikrni chalg`itadi. Bola balog`at yoshiga etganida turli muammolar kelib chiqishiga zamin hozirlaydi.
Yodda tuting, bolani haqorat qilish, qarg`ish so`zlarni aytish uning uchun ruhiy «tepki»dir. Transaksion tahlilda shunday deyiladi: «Bola ota-onasidan qanchalik ko`p rag`bat eshitsa, u kelajakda shu qadar kam qoqiladi. Aksincha, ko`p negativ fikrlar bilan ulg`ayganlar ko`pyiqiladi, adashadi».
«O`ynama, yugurma, shovqin ko`tarma!»
Bolalar ham xuddi kattalardek his-tuyg`ularini ifoda etishni istashadi. Ko`p hollarda bu xarxasha qilish, yugurib (sakrab)o`ynash, aka yo uka bilan o`yinchoq talashish, biror nimadan norozi bo`lish tarzida namoyon bo`ladi. Bunday paytda siz qanday yo`l tutasiz? Ishonchimiz komilki, tartibga chaqirasiz, urishasiz.
Deylik, bola ko`chada o`ynayotib yiqilib tushdi. Uning tizzasi shilindi, qonayapti. Yig`laganidan yuragingiz achishsa-da, sir boy bermay, uni tergashga tushasiz: «Necha marta aytdim, o`sha bolalar bilan o`ynama, deb, mana, nima bo`ldi! Ayb o`zingda! Yig`laganingni eshitmay, ichingga yut!»
Bola shu ondayoq hissiyotlarini «bosish»ga urinadi. Chunki do`qingizdan qattiq qo`rqŗan. Buning yomon tomoni shundaki, bolangizni keyinchalikruhiy-emosional holat o`zgarishlari azoblay boshlaydi. Negaki, u vaqtida ichki kechinmalarini tashqariga chiqara olmagan. Farzandingiz qay bir holatda bo`lmasin, uning his-tuyg`ularini «bo`g`mang».
«Sen hali kichkinasan»
Qizaloqlar onasining lab bo`yog`i, kiyim va taqinchoqlari, pardoz vositalariga juda qiziqishadi. Ayrim ota-onalar nazdida bu yaxshi emas, bolaga yanada qattiqroq turish kerak.
Ona qizalog`ini urishadi: «Nega pomadamga tegding?» yoki «Yosh bolaga qimmat ko`ylak kiyishni kim qo`yibdi?» deya. Bola esa nima uchun dakki eshitayotganini anglolmaydi. Taqiq sababi tushuntirilmasa, u qanday oqibatlarga olib kelishi haqida to`g`ri axborot berilmasa, bolada javobsiz savollar ko`payib boradi. Zotan, «Sen hali kichkinasan», deyish qoniqarli izoh emas.
Ayniqsa, o`g`il bola tarbiyasida ushbu ibora imkon qadar ishlatilmagani ma`qul. Sababi, u o`g`il boladagi faollik, ijobiy fikrlash qobiliyatini yo`q qiladi. Bola erkin harakat qilishdan, mustaqil fikrlashdan cho`chib qoladi. Yangilik qila olmaydi. O`ziga ishonchi past bo`lib ulg`ayadi.
«Yutgan bo`lsang, yutibsan-da...»
Hayotimizda uchraydigan holatlardan biri:bolakay shaxmat bo`yicha shahar birinchiligi bosqichida g`alaba qozondi. Xursandchiligini yaqinlari bilan bo`lishishni istab, ota-onasiga qo`ng`iroq qiladi: «Oyijon, men yutdim!» Onaning javobi: «Xursandman o`g`lim. Uyda gaplashaylik, ishim juda ko`p». Keyin esa bola otasiga sim qoqadi: «Dadajon meni tabriklang, respublika bosqichiga chiqdim!» Ota: «Men seni yoshingda har oyda bittadan sovrin olardim. Endi bitta olding, shunga shunchami?»
Muvaffaqiyat o`z-o`zidan qo`lga kiritilmaydi. Iroda kuchi, sabr-qanoat, intiluvchanlik bilan erishiladi unga. Agar ota-ona farzandining muvaffaqiyatini muntazam ravishda xolis baholay olmasa, bu bolada ikki xil hissiyotni shakllantiradi. Birinchisi, bolada ishonchsizlik paydo bo`ladi. Keyinchalik u birgina g`alaba bilan kifoyalanishi ham mumkin. Qay bir ishning boshini tutmasin, omadli yakun topishiga shubha bilan qaraydi. Ikkinchisi, bola o`z oldiga qo`ygan maqsad sari intiladi, ammo uni g`alabaga erishish ishtiyoqi emas, balki alamzadalik boshqaradi. U faqat nimalarga qodir ekanini ko`rsatib qo`yish uchungina harakat qiladi.
«Mumkin emas!»
Eng ko`p foydalaniladigan ham, katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan taqiqlardan biri ham shu. Misol uchun, «Bosh kiyimsiz yurma, mumkin emas!», «Soatlab telefonda gaplashma, mumkin emas!», «Ko`p shirinlik eb bo`lmaydi, mumkin emas!», «Dugonalaring bilan kinoga bormaysan, mumkin emas!» Bunday taqiqlar bolada passivlikni yuzaga keltiradi. O`z hissiyotlari, fikrini yuzaga chiqara olmaslik, yolg`iz qolish istagi, ba`zan o`zi bilan suhbatlashish odati shakllanadi.
«Mumkin emas» so`zidan foydalanilganida, albatta, fikr izohlanishi kerak. Yo`qsa, doimiy «mumkin emas»lar bolani ko`rinmas qobiq bilan o`rab oladi.
«Sening dastingdan tinchlik bormi?»
«Ko`chaga chiqding, albatta, shimingni yirtib kelasan», «Uyda bo`lsang, hamma senga e`tibor berishi kerak-da,a?», «Bir oyda bir marta yo piyola, yoki likopcha sindirishing shart...»
Bu gaplar, hali sodir bo`lmagan hodisalarning bola hayotiga tirkalishidir. Ota-ona dakkisidan qo`rqqan bola o`ta ehtiyotkor bo`lishga harakat qiladi. Ammo xuddi shu holat ehtiyotsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, bolaning ong ostida «har bir xatti-harakatim biror falokatga sabab bo`lishi mumkin» ma`nosidagi ma`lumot hosil bo`lsa, ulg`aygach, o`z imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan bo`ladi. Muhim qaror qabul qilish oldidan ikkilanadi. Biror yumushni reja qilganida uning yakunini omadsizlikka bog`laydi. Va ko`p o`tmay hayotiga omadsizlik kirib kelishi mumkin.
«Boshqa kasal bo`lma!»
Ba`zan ong ostida to`planayotgan ma`lumotlar teskari ishlashi ham mumkin. Quyida shu holatga misol: bolangizning tobi bo`lmayapti. Ishdan ruxsat so`rab, uni parvarishlaysiz, kunibilan yonida bo`lasiz, odatdagidan ko`proq mehr ko`rsatasiz. Bunday paytda onalar «Bolajonim, sen kasal bo`lma» deya ko`p aytishadi. Bola ongi «kasal bo`lma» so`zini taqiq deb qabul qiladi. Biroq hissiyotlarning «qo`li» baland kelib, keyingi axborot shakllanadi: «tobim bo`lmasa, hamma menga e`tibor berar ekan, meni eshitishyapti, avaylashyapti».
Bola kasal bo`lish – noxush holat ekanligini tushunadi, ammo uning yordamida atrofdagilarning diqqatini jalb qilish mumkinligi haqida ko`proq o`ylaydi.
E`tibor bergan bo`lsangiz, maktab yoshidagi bolalarni ertalabki qorin, tish og`riqlari bezovta qiladi. Bunday paytlarda bola maktabga borishni istamaydi, uyda qolishni istaydi. U atay qilyapti, deb o`ylashingiz mumkin. Aslida esa haqiqatan ham bolani qorin yoki tish og`rig`i bezovta qilayotgan bo`lishi mumkin. Og`riq – maktabda o`qituvchilari, do`stlari bilan bog`liq muammolarning psixologik qo`zg`alishidir. Bolaning tobi bo`lmaganida unga odatdagidek muomala qiling.
Tushkun o`ylardan asrang
«Sen ahmoqsan», «Shunchalik ham tentak bo`ladimi?» Bu so`zlar bola ruhiyatiga kuchli zarba hisoblanadi. Farzandlarimiz hamisha e`tiborda bo`lishni istashadi. Ularni yaxshi gap, mehr-muhabbat bilan rag`batlantirmasak, ong ostidagi bo`shliqlar negativ o`y (ular so`zlar orqali hosil bo`ladi)ga to`ladi. Bolada shunday fikr paydo bo`lishi mumkin: «Onam to`g`ri aytadi, men tentakman, yo`qsa, xomxayolga berilarmidim».
Ruhiy-emosional jihatdan farzandlar 21 yoshgacha ota-ona qaramog`ida bo`lishadi. Bu yoshdan so`ng ularni bog`lab turuvchi quvvat asta-sekin uziladi. Farzandingiz shu yoshga to`lguniga qadar tarbiyasiga katta e`tibor bilan qarang. Do`stona suhbatlashing, uni eshiting, tushunishga harakat qiling. «Bolajonim, nima istayapsan», deya xohishlari, hissiyotlarini yuzaga chiqarishi uchun sharoit yarating.
Samira ULUG`BEKOVA yozib oldi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар