Bolani tarbiyalash - Grey maslahati

Bolani tarbiyalash - Grey maslahati

Bolani tarbiyalash - Grey maslahati

Erlak va ayol munosabatlari, inson
psixologiyasi, farzand tarbiyasiga
oid kitoblari bilan dunyoga
mashhur bo'lgan yozuvchi Jon
Greyning fikricha, bolani tarbiya
qilishda asosiy 5 tamoyilga
tayanish kerak ekan. Shunda bola
odobli, aqlli va eng muhimi baxtli
bo'lib o'sar ekan.
Ushbu 5 tamoyil bir-biri bilan uzviy
bog'liqdir. Ularni barchasini
amalga oshirgan holda bolani
tarbiyalsh juda katta ijobiy
o'zgarishlarga olib kelar ekan.
1 - tamoyil
Boshqalardan farqli bo'lish -
normal holat! Bola hech qachon
boshqa bolaga o'xshashi kerak
emas. Har bir bola o'zicha ajoyib
va takrorlanmas ijobiy
xususiyatlarga ega. Agar ota-ona
bolasini boshqa bilan solishtirishni
to'xtatsa, uning yutuq va
kamchiliklarini boshqalarniki bilan
taqqoslamasa, bolaning o'ziga
bo'lgan ishonchi kuchli bo'lib, u
yutuqlari yoki biron mehnati
uchun emas, balki o'zi sevimli
ekanligini anglab katta bo'ladi.
Ota-ona esa solishtirishdan bosh
tortsa, farzandining asl boyligini
ko'ra oladi.
2 - tamoyil
Xato qilish - normal holat! Inson
xato qilsagina rivojlana oladi. Bola
ham ulg'aygan sari xato qilishi
yomon emas. Muhimi bu
xatolarning takrorlanmasligidir.
Agar bolaning qilgan xatosi ota-
onani jahli chiqishiga olib kelsa,
bola liderlik xususiyatlarini
rivojlantira olmaydi. Biron ish
qilishdan qo'rqib, o'ziga bo'lgan
ishonchini yo'qotib boradi.
3 - tamoyil
Salbiy hissiyotlarni ko'rsatish -
normal holat! Yig'lash, jahl qilish,
asabiylashish, xafa bo'lish kabi
salbiy hissiyotlar bola uchun o'z
his-tuyg'ularini anglashni
o'rganishi uchun kerak. Bu
tuyg'ularni bosish kerak emas.
Aksincha, ular yuzaga chiqqanda
bolaga dalda bo'lib, uning
muammolarini ota-ona
tushunayotganini ko'rsata bilishi
kerak.
4 - tamoyil
Yanada ko'proq istash - normal
holat! Bola istagi ko'pligi bilan
kattalardan ajralib turadi. Unga
doim yanada ko'proq kerakdek
tuyuladi. Bu istak bolada
maqsadga intilish hissini
kuchaytiradi. Bola ruhan kuchli
bo'lishni o'rganadi. Bu degani har
istagini bajarish shart emas, lekin
bu istagni izhor etishini qo'llash
kerak. Ota-ona hoxlagan payti
bolaning isyaklariga rad javob
berishi mumki, bu muammo emas.
Muammo boladagi istak tuyg'usini
yo'qqa chiqarish, uni bu istagi
uchun uyaltirish yoki koyish.
5 - tamoyil
Ota-onaga qarshi "yo'q" deyish
normal holat, LEKIN doim
esingda tursin OTA-ONA boshliq!
Bu tamoyilning asosida bolaning
o'z noroziligini bildira olish
imkoniyati yotadi. Bolaga ota-ona
biron buyruq bersa, u shu zahoti
qilishi qiyin. Ba'zida esa qarshilik
ham ko'rsatadi. Shunda ota-ona
bolaga jahl qilmay, uning
qarshiligini tushunayotganini,
LEKIN baribir etganini qilishi shart
ekanligini tushuntira olishi kerak.
Uning qarshiligini ota-ona
tushunishi, unga yengillik beradi
va qarshilik kuchi pasayadi. Agar
noroziligini ko'rsata olmay
ulg'aysa, katta bo'lgan sari bola
ota-onadan uzoqlashib,
sirlashmaydigan bo'lib qoladi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: