Bolaning asabiy bo'lishiga sabab
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Bolaning asabiy bo'lishiga sabab
- Дата релиза: 28-06-14, 16:10
Angliya va Koreya
tadqiqotchilarining fikricha,
bolaning asabiy va agressiv
bo'lishi bilan kompyuter o'yinlarini
o'ynash orasida uzviy bog'liqlik
bor ekan.
Tadqiqtolar shuni aniqladiki,
kompyuter o'yinlarini o'ynayotgan
bolaning yaxshi rivojlanmagan
psixikasi juda katta zarar ko'rar
ekan. O'yinlarda qiyinchiliklardan
o'tish shartlari bo'lsa, bu bolada
agressiyani rivojlantirar ekan.
Hatto oddiy TETRIS o'yinida ham
bir pog'onadan ikkinchi
pog'onaga o'tish shartlari mavjud
bo'lib, bolani asabiy qilishi
aniqlandi.
Ba'zi ota-onalar kompyuter
o'yinlari orqali bola rivojlanadi
deb, unga maxsus o'yinlar ham
olib beradilar. Afsus bu noto'g'ri
yondashuv. Bolaning rivojlanishi
uchun 5 hissiyot jalb etilishi kerak.
Ko'rish, tegish, hidlash, eshitish va
tatib ko'rish. Kompyuter o'yin
o'ynash davomida bu
hissiyotlardan birontasi ham jalb
etilmaydi. Hatto ko'rish ham bu
yerda passiv jalb etilgan, ko'rish
davomida bola bir narsani ko'rib
turib o'rganmay, o'yin davomida
surat almashinuvini idrok etadi
xolos.
Natijada kompyuter o'yinlari
nafaqat bolani aqliy
rivojlantirmaydi, balki birinchidan,
ularning psixiasiga salbiy ta'sir
ko'rsatsa, ikkinchidan bolani
asabiy qilar ekan.
Koreada internet va kompyuter
o'yinlari juda rivojlangan
hisoblanadi. Korea olimlari o'yin
o'ynayotgan bola miyasi bilan
kitob o'qiyotgan bola miyasini
maxsus apparatlar yordamida
o'rgandilar. Kitob o'qish davomida
miyada shunday o'zgarishlar sodir
bo'lar ekanki, u miyaga vitamin
yuborilganga teng holat ekan.
Kompyuter o'ynash davomida esa
miya qizigan yoki og'riyotgan
holatni namoyon qilar ekan.
Bola kompyuterdan foydalanishga
umr mobaynida hali ulguradi.
Lekin ko'chaga chiqib chopib,
dumalab, to'p tepishga katta
bo'lganida imkoni bo'lmaydi.
Kompyuter o'ynashni taqiqlamang,
uyda kompyuter o'yin
bo'lmasligini ta'minlang.
Kompyuterda 10 tadan ortiq o'yin
borligini, otasi kunda ularni
o'ynashini bilgan bola, albatta
o'ynashni istaydi, lekin uyda o'yin
bo'lish-bo'lmasligi avallambor ota-
onaning tanlovi.
Muhim
ma'lumot!
Kompyuter
o'yinlari
rivojlangan
Koreya va
Yaponiya
mamlakatlari
yoshlari kuchli
psixologik
muammolarga
egaligi bo'yicha
dunyoda
birinchi o'rinni
egallaydilar
(Halqaro Sog'liq
tashkiloti
ma'lumoti).