Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » BOLANING O`QIShGA QIZIQIShI BO`LMASA...
BOLANING O`QIShGA QIZIQIShI BO`LMASA...

BOLANING O`QIShGA QIZIQIShI BO`LMASA...

BOLANING O`QIShGA QIZIQIShI BO`LMASA...
— O`g`lim birinchi sinfda. Ikkinchi chorak yakuniga etishiga oz qoldi, ammo haligachao`qishga ko`nikolmaydi. O`qituvchisining aytishicha, u bir nuqtaga beparvo qarab, qo`lida chizgich yoki ruchkani partaga urib o`tiraveradi, dars qilishni istamaydi. Boshim qotgan, nima qilay?

Saida QODIROVA, Toshkent shahri

BOLA STRESS HOLATIDA!

Bu vaziyat bolaning ruhiy tushkunlik holatida ekanligini bildiradi. Ya`ni, bola uchun maktab sharoitiga moslashish stressga aylangan. Ayni damda ruhiyati uchun qulay bo`lgani uchun darsda o`zini loqayd, o`qituvchining gapiga befarq qilib ko`rsatadi. Chizgich yoki ruchkani bir maromda urishi uning harakatlarida tajovuzkorlik borligini bildiradi. Ayni damda bolaning ko`ngli nimadandir to`lmayapti. Mazkur holat ko`proq tez-tez xastalanadigan, bosh miya ichki bosimi ko`tarilib turadigan bolalarda yuz beradi. Shuningdek, bolaning maktabga moslashuvi qiyin kechishiga uydagi ruhiy muhit ham sabab bo`ladi.

KO`NGLIGA YO`L TOPING!

Darsda o`qituvchining gapini eshitmaslik, ichki olamiga kirib ketish mehrga tashna, etarli e`tibor ololmayotgan bolalar uchun xos. Bunday paytda o`qituvchi ham, ota-onalar ham bola bilan muosabatda o`zgacha yo`l tanlashlari kerak. Bolani tanqid emas, qo`llab-quvvatlash orqali yo`lga solinadi.Bolaning arzimagan yutuqlarini ham inobatga olish shart!

Masalan, o`qituvchi bolakayni doskaga chiqarib, uni faqat misol yozishga, ikkinchi o`quvchini esa shu misolni echishga undasin. Lekin oxirida ikkala o`quvchini teng taqdirlab, “bilmasvoy”ingizga ikki hissa ko`proq mehr berishini, yaxshi baho qo`yishini iltimos qiling. Bola bor-yo`g`i misolni doskaga yozgan bo`lishi mumkin, ammo uning darsda qatnashishini ham g`alaba singari nishonlash kerak. Asta-sekin bu usul ish berib, bola loqaydlikdan harakat qilishga, misolni o`zi, mustaqil echishga o`tadi.

MEHR KO`ZDA VA SO`ZDA

Farzandingizni ko`proq bag`ringizga bosing. Kamchiliklarni ko`rsatib, hadeb siltash o`rniga ko`proq boshini silang, qo`l barmoqlarini engil uqalang. Shu yo`l bilan uni o`zingizga yaqinlashtirasiz, asabiy taranglikni ham bartaraf etasiz. Uxlashidan avval iliq suvda cho`milsa, tinchlanadi. Dars tayyorlash va maktabga borishdan oldin esa, bolaning ko`zlariga qarab, qat`iylik bilan sekin ovozda: “Sen, albatta, uddalaysan, men senga ishonaman, muhimi yolg`iz emassan” deb takrorlang. Bu so`zlarning ruhiy ta`siri juda kuchli: chunki undan oldin tinchlantiruvchi uqalash muolajasi bo`lib o`tdi, endi esa ishonch bilan ruhiyatiga ta`sir o`tkaziladi.

YaNA BIR TAVSIYa...

Ichki olamiga sho`ng`ib ketmasligi uchun o`z tuyg`ularini ijod (rasm chizish, plastilindan buyum yasash) orqali namoyon qilishga undang. Bular tajovuzli harakatlardan chalg`ishga yordam beradi.

Oila a`zolari bilan ovozni balandlatmasdan, hurmat bilan gapirish, ko`proq tabassum qilish orqali esa uydagi muhitni yaxshilang. O`zaro suhbat paytida bolaning xato-kamchiliklarini emas, yutuqlarini birma-bir sanab, uni ruhan qo`llab-quvvatlang.

Unutmang, shu bugundan boshlab, farzandingiz loqayd, dangasa emas, u kichik shahzoda! Shahzodalarni kim tarbiyalaydi? Aqlingizga balli, albatta, qirolichalar! Farzandingizni qirolichalardek e`tibor, nazokat va ko`tarinki ruhda tarbiyalangki, hayotda ezgu ishlarga qodir, kuchli inson bo`lib etishsin.

Barno HOJIMIRZAEVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: