Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bolaning to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradigan massaj
Bolaning to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradigan massaj

Bolaning to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradigan massaj

Bolaning to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradigan massaj
Bir yoshgacha bo‘lgan bolani massaj qilish uni parvarish qilishning muhim qismini tashkil etishi kerak. Massajni onaning o‘zi ham qilaveradimi yoki mutaxassisga murojaat qilish kerakmi? Malakali bolalar massajistiga qachon ehtiyoj tug‘iladi? Qaysi hollarda bolaga davolash massaji tavsiya etiladi? Shu kabi savollarga javob topish uchun ushbu maqolaga bir yoshgacha bo‘lgan bolalar massaji haqida kerakli ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildik.

Mutaxassislarning fikricha, muntazam ravishda massaj qilingan bolalar tengdoshlariga nisbatan ertaroq o‘tirishni, emaklashni, yurishni o‘rganishadi. Ular massajni chaqaloq 6 haftalik bo‘lgan vaqtdan boshlashni tavsiya etishadi. Undan oldin albatta shifokordan maslahat olish zarur!

Emizikli bolalarga massaj tavsiya etiladigan holatlar:

asab tizimi, suyak-mushak tizimi kasalliklarida
sun’iy ovqatlantirishda bo‘lsa
rivojlanishda orqada qolayotgan bo‘lsa
vazn yetishmasligi yoki ortiqchaligi holatlarida
biron-bir yuqumli kasallikni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa
Emizikli bolalar uchun massajning foydalari:

mushaklar tonusi yaxshilanadi, kuchi va elastikligi oshadi
bo‘g‘inlar egiluvchanligi yaxshilanadi
bola organizmining himoya kuchlari faollashadi
harakatlar koordinatsiyasi rivojlanadi
raxit kasalligi asoratlarining oldini olishda yordam beradi
tayanch-harakat tizimi mustahkamlanadi
moddalar almashuvi kuchayadi
ovqat hazm qilish yaxshilanadi, ich qotishi, dam bo‘lishining oldi olinadi
qon aylanishi va yurak ishi yaxshilanadi
ter va yog‘ bezlari faoliyati yaxshilanadi
bolaning asablari tinchlanib, uyqusi yaxshilanadi, ishtahasi ochiladi
Bu foydali ta’sirlar natijasida bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi tezlashadi.

Sog‘lom bolaga massajni bir yoshga kirguncha har kuni qilgan yaxshi. Boshida tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tajribali mutaxassisga murojaat qilib, keyinchalik onaning o‘zi o‘rganib olgach, o‘zi qilishi ham mumkin. Bunda albatta, har 3 oyda mutaxassis yordamidan foydalanib, bolaning yoshiga mos massaj harakatlarini ko‘rib, o‘rganib olgan ma’qul.

Esingizda bo‘lsin:

massajning barcha harakatlarini kuch ishlatmasdan, kuchli bosimsiz bajarish kerak
massaj bola ovqatlanishidan bevosita oldin yoki keyin qilinmaydi, 60 daqiqalik tanaffus saqlanadi
massajni bola uxlashdan oldin qilgan yaxshi
massajni bola ixtiyoriga qarshi qilish kerak emas, agar bola injiqlanaversa, keyinga qoldirgan ma’qul
Bolada biron-bir kasallik aniqlangan bo‘lsa yoki rivojlanishda orqada qolayotgan bo‘lsa, massaj muolajaning bir qismi hisoblanib, albatta malakali mutaxassis tomonidan shifokor tavsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: