Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Bosh oshpazdan 5 ta pazandalik maslahati
​Bosh oshpazdan 5 ta pazandalik maslahati

​Bosh oshpazdan 5 ta pazandalik maslahati

​Bosh oshpazdan 5 ta pazandalik maslahati
Bugun sizga Live Kitchen pazandalik studiyasi oshpazining tezroq va mazaliroq tayyorlashga yordam beruvchi bir necha sirlarini oshkor qilmoqchimiz.

Pomidorning po‘stini pichoq bilan oling

Ba’zan retseptlar uchun po‘sti olingan pomidorlar talab qilinadi. Ayniqsa qaylalar yoki pyure-sho‘rvalar masalasiga kelganda: po‘stloq tarkibni o‘zgartiradi yoki bundan ham yomonrog‘i taxir qiladi va ta’mini buzadi. Uni olib tashlash uchun pichoq va biroz epchillik kerak bo‘ladi.

Pichoqni o‘tkirlang. Po‘stlog‘i oson olinishi uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak.
Pomidorlarni tayyorlang. Ularni yuving va sochiqcha bilan artib quriting.
Pomidorlarni bo‘laklarga ajrating. Ularni ishlov beruvchi taxta ustiga po‘stini pastga qilib qo‘ying.
Ehtiyotlik bilan, etiga tegizmasdan po‘stini kesing. Keyin urug‘larini olib tashlang.
Qiymaga sariyog‘ qo‘shing

Yog‘ bo‘tqani va kotletlarni ham buzmaydi. Bu masalliq tufayli ular shirador va mazali chiqadi.

Bir bo‘lak sariyog‘ oling. 1 kg qiymaga 100 g yog‘ qo‘shish kerakligini hisobga oling.
Yog‘ bo‘lagini yirik qirg‘ichda qiring.
Yog‘ni qiymaga qo‘shing va aralashtiring.
Ziravorlarni tovada qovurib oling

Taomlarga quruq o‘tlar va ziravorlar qo‘shuvchilar uchun maslahat. Bevosita tayyorlash oldidan xushbo‘y hidini kuchaytirish uchun ularni quruq tovada qovuring.

Tayyorlash oldidan shampinyonlarni yuvmang

Shampinyonlar yaxshi va qizarib qovurilishi uchun ularni yuvmaslik lozim. Faqat po‘stini kesishning o‘zi yetarli.

Shampinyonlardan tuproqlar qoldig‘ini silkitib tushiring.
Bandlarini kesib tashlang.
Boshidagi po‘stlog‘ini pichoq bilan olib tashlang.
Limon sharbatini qo‘llaringiz bilan siqing

Limon sharbatini qo‘shimcha moslamalarsiz siqib olish mumkin.

Limonni kaftingiz bilan bosib taxta ustida aylantiring. Asoslarini kesing. Uni idish ustida ushlab turing va kaftlaringiz ichida aylantiring.
Limonni ikkiga ajrating. Navbati bilan har birini oling va barmoqlaringiz bilan eti ustiga bosib teskari ag‘daring.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: