BUGUNDAN ELEKTR ENERGIYaSINI TEJAYMIZ! BUNING SIRLARI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BUGUNDAN ELEKTR ENERGIYaSINI TEJAYMIZ! BUNING SIRLARI
- Дата релиза: 30-10-17, 15:47
Bu maqolani o`qib, menga foydasi tegmas ekan deya o`ylamang. Turmush o`rtog`ingiz, aka-ukangiz yoki farzandingizga ko`rsating. Axir ta`mirlash mavsumi boshlanay deb turibdi. Garchi bu yil katta ta`mir ishlarini rejalashtirmagan bo`lsangiz ham, hech bo`lmaganda xonalarning chiroqlarini tejamkorlariga almashtirishni tavsiya qilamiz. Chunki bu mablag`ingizni iqtisod qilishga ko`maklashadi. Biz sizga ularni reklama qilmaymiz. Shunchaki, afzalligi va kamchiliklarini sanab o`tamiz, xolos. Qay biriga ixtiyor berishni esa o`zingiz hal qilasiz.
Qanday turlari mavjud?
Hozirgi kunda ko`pchiligimiz ma`lumu mashhur volframli lampochkalardan foydalanamiz. Biroq oxirgi yillarda do`kon rastalarida energiya tejovchi lampochkalar paydo bo`ldi. Bugungi kunda ularning 2 turini uchratish mumkin:
Lyuminessent (gazli);
svetodiod.
Gazli lampalar
Odatda spiralsimon yoki “U” ko`rinishida bo`ladi.
Afzalliklari:
Biz o`rganib qolgan volframli lampalarga qaraganda yorug`lik berish imkoniyati yuqori. Ya`ni xonanga 3-4 baravar yorug`roq nur taratadi.
Agar kuniga 5 va undan kam marta o`chirib-yoqsangiz, o`rtacha 5 yil xizmatingizda bo`ladi. Kafolat muddati esa 2 yil. Chek va qutichasini saqlab qo`ysangiz, kafolat muddati tugamay yaroqsiz holga kelgan lampochkani yangisiga almashtirib olishingiz mumkin.
Turli rangdagilari mavjud.
Kamchiliklari:
Agar butunligiga ziyon etsa, tarkibidagi simob inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi;
Foydalanib bo`lgach, maxsus qabul punktlariga topshirish talab etiladi;
Yaxshilab yonib olishi uchun biror daqiqa talab etilishi mumkin.
O`rtacha narxi: 8 000 so`mdan boshlanadi.
Svetodiod lampalar (LED)
Bunday lampalarni tanlay turib, ko`cha, idora (ofislar) va uyni yoritish uchun mo`ljallangan alohida turlari mavjudligiga e`tibor qarating.
Afzalligi:
Svetodiod lampochkalar yuqori tejamkorligi bilan e`tiborga loyiq. Agar gazli lampa soatiga 20 Vt. elektr quvvatini sarflasa, svetodiod turiga atigi 11 Vt. kifoya.
Uzoq muddat xizmat qiladi (30 000 dan 50 000 soatgacha). Bu o`rta hisobda 15 yil degani.
Yuqori mustahkamlikka ega. Foydalanib bo`lgach, maxsus topshirish punktlariga olib borish shart emasligini qo`shimcha qulayliklar qatoriga kiritish mumkin. Tabiatga ziyon etkazmaydi.
Yonishi uchun vaqt talab etilmaydi.
Ultrabinafsha va infraqizil nurlar, og`ir metall va simob yo`q.
Bunday lampalarning asosiy kamchiligi narxining qimmatligi hisoblanadi.
Kamchiliklari:
O`rtacha narxi: 20 000 so`mdan boshlanadi.
Qadog`ini o`qiymiz
Tejamkor lampochkalarning yorug`lik taratishi ham turlicha bo`ladi. Volframli lampochkalar sarg`ish nur taratishini bilamiz. Tejamkorlarining qanday nur taratishini esa qadog`idagi harflarga ko`ra aniqlab olish mumkin.
B — oq nur taratadi;
TB — oqish (ya`ni ko`zni charchatmaydigan oqish nur taratadi);
D — kunduzi foydalanish uchun;
S — yorug`lik tarqatishi yaxshilangan turi degani;
E — ekologik jihatdan yaxshilangan;
Asab tizimiga ta`siri
Har qanday tejamkor lampa lipillash xususiyatiga ega. Ba`zilari ko`proq, boshqalari esa kamroq. Garchi bir qarashda ularning bu xususiyati ko`zga tashlanmasa-da, lipillash inson nerv tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatib, asabiylashtirishi, tez charchatishi aniqlangan. Agar chindan ham sifatli lampochka xarid qilishni istasangiz, yonib turgan lampaga qo`l telefoningizning kamerasini tutib ko`ring. Nurning qimirlayotgani kamerada yaqqol namoyon bo`ladi. Xarid chog`ida imkon qadar kamroq lipillaydigan turiga e`tibor qarating.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар