BUNI BILIB QOYING!?!

BUNI BILIB QOYING!?!

BUNI BILIB QOYING!?!
Ko`pchilikda «Loqaydlar kasallikka kamroq chalinadilar», degan tushuncha bor. Ba`zida beg`amroq odamlarga havas ham qilinadi. Lekin ilmiy kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, beg`amlik - his-tuyg`ularning pasayishi va didning o`tmaslashishi natijasi ekan. Ҳayot zavqini his qilmaslik, kunim o`tsa bo`ldi, deya tor fikrlash loqaydlik mevalari bo`lib, bunday holat kishida uchta sabab tufayli kelib chiqadi: qonda zarur vitaminlarning etishmasligi, jur`atsizlik va ishtiyoqsizlik, mehr-sadoqat tuyg`ularining pasayishi.

Loqayd kishilar ovqatning me`yorini ham bilmay qolishadi. Natijada ichaklar faoliyati buzilib, qarish alomatlari kuchayadi. Shuning uchun ham loqaydlar hayotsevar, ishchan kishilarga qaraganda besh-olti yoshga keksa ko`rinishadi. Loqayd kishidagi hafsalasizlik, ishlarni chalakam-chatti bajarish mavjud imkoniyatlarni ham yo`qqa chiqaradi.
Loqayd, befarq odamlar me`da-ichak kasalliklariga ko`proq chalinadilar.

Dangasalik
Kuzatuvlardan ko`rinadiki, dangasalar o`z umrlarining yarmini uyquda o`tkazishadi. Oqibatda miya po`stlog`idagi karaxtlik fikrlash imkoniyatlarini chegaralab qo`yadi. Dangasalikning paydo bo`lishi asosan noto`g`ri tarbiyaga bog`liq. Bundaylar ushalmaydigan orzular qilish, uzoq o`y-xayollar surish bilan band bo`ladilar. Dangasalarda muhabbat va muruvvat tuyg`usi past darajada bo`lib, ular birovga yaxshilik qilishni o`ylamaydilar. Shu boisdan ham, anchayin qo`pol, minnatchi, ta`magir, xiyonatkor bo`lishadi. Yomon tomoni shuki, dangasalar shafqatsiz ham bo`lishar ekan.
Dangasalik oqibatida avvalo jigar ishdan chiqadi, fikrlar xiralashib, farosat o`tmaslashadi. Aytish mumkinki, hayotdagi barcha g`urbatlar tanballikdan boshlanadi.

jizzakilik
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, jizzaki odamlar omadsiz va omadsiz odamlar jizzaki bo`lishadi. jizzakilarning chehrasidan nazokat ko`tarilib, gap uqmas, murosasiz va sovuq bashara bo`lib boraveradilar.
jizzakilik qusuri no`noqlik, kaltabinlik tufayli kelib chiqadi. Bunday kishilarning vujudida salbiy energiya shunaqayam ko`p yig`iladiki, natijada miyada qon aylanishi buzilib, fikrlash qobiliyati susayib boraveradi. Aql ishlatishga no`noqlik qusuri tufayli jizzaki odamlar andishasiz, surbet, qo`pol va janjalkash bo`lib boradilar. jizzakilik avvalo jizzakining o`ziga zarar etkazadi: bunday odamlar bora-bora psixosomatik buzilishga yo`liqib, qon bosimi kasalligini orttirib olishadi.
Besh daqiqa baqir-chaqir qilgan odamning ish qobiliyati ikki barobarga pasayib ketishi amalda o`z isbotini topgan achchiq haqiqatlardan biridir. Chehrasidan g`azab alomatlari sezilib turadigan odamlarning «turqi sovuq» deya ta`riflanishi ham bejiz emas. Negaki, salbiy energiya immunitetni pasaytirib yuboradi, bu esa o`z navbatida kishining rangi-ro`yiga, ko`rinishiga, ko`z qarashlariga ham o`z salbiy ta`sirini o`tkazmay qolmaydi.
jizzakilar boshqalarga nisbatan ikki barobarga ko`proq kasallikka chalinadilar.

Ziqnalik
Ziqnalik - ruhiy nomutanosiblikning bir turi. Ziqna odamlarni kuzatsangiz, ularning oqibatsiz, sershubha, bemehr, qahri qattiq kishilar ekaniga amin bo`lasiz. Ular ko`pincha qovoq solib yuradilar, hech kimdan hech qachon rozi bo`lmaydilar.
Kuzatuvlardan xulosa shuki, ziqnalar me`da va jigar xastaliklariga boshqalardan ko`ra ko`proq chalinadilar. Afsuski, ularning ziqnaligi atrofdagilarning ruhiyati va salomatligiga ham yomon ta`sir ko`rsatadi: turmush o`rtoqlarini, farzandlarini tajang, murosasiz, injiq qilib qo`yadi.
Ziqnalarning hayoti huzur-halovatsiz, zerikarli bo`lib, yuzlaridan nazokat, xulqlaridan odamiylik uzoqlashadi.
Qo`li ochiqlikka nima etsin!

Qo`rqoqlik
Qo`rqoqlar odatda maqtanchoq va layoqatsiz bo`lishadi. Unutmaslik kerakki, qo`rqoqlikning zamirida notavonlik va ayyorlik yotadi. Ular o`zlarini aqlli sanaydilar va bachkana fikrlar girdobidan chiqa olmay, orzu-rejalarining ushalishini mushkullashtirib qo`yishadi. Bir umr armonlar, g`iybatlar, mish-mishlar va xayoliy orzular qurshovida yashab, tor fikrlashlari tufayli o`zlarini ham, boshqalarni ham xunob qilib yurishadi.
Qo`rqoqlardagi ikkiyuzlamachilik ularning iymonini sust, gina va adovatga beriluvchan, sergap va mijg`ov qilib qo`yadi. Qo`rqoqlar hamisha behalovat yashaydilar. Ular eng yaqin kishilariga ham ayyorona tarzda, osongina pand berib qo`yishlari mumkin. Qo`rqoqlar keksaygan sayin injiqlashib, hech kimning gapi yoqmaydigan bo`lib, hasrat qilishdan bo`shamay qolishadi. Darvoqe, qo`rqoqlar juda xunuk qarishadi.
Bu qusur kishilarda ko`pincha bosh, yurak va bel og`rig`i xastaliklarini keltirib chiqaradi.
Baxt esa hamisha jur`atli va quvnoq odamlarga ergashib yuradi.

G`iybatchilik
G`iybatdan ham kasallik paydo bo`ladimi, dersiz? Bo`lmasamchi! G`iybatchilar bora-bora surunkali bosh og`rig`iga mubtalo bo`ladilar. Sababi shundaki, odamning o`y-xayoli hamisha mish-mishlar va ko`ngilsiz voqealar bilan band bo`lsa, undagi hayot jo`shqinligi susayib, g`urbatlar iskanjasiga tushib qoladi. Demak, g`iybat shunchaki valaqlash emas, balki o`zining aql-farosatiga, nafosatiga va salomatligiga bolta urish deganidir.
Kuzatishlar orqali g`iybatning yana bir salbiy tomoni ayon bo`ldi. Ma`lumki, g`iybatchilarda o`z nuqsonlariga nisbatan e`tiborsizlik paydo bo`ladi. Ular «Boshqalarning qilmishlari oldida mening nuqsonlarim hech gap emas», deya o`zlariga tasalli berishga o`rganib qolishadi. Oxir-oqibat g`iybatchilarning ma`naviyati qashshoqlashib, asabi mo`rtlashib, g`iybatdan boshqa gap yoqmaydigan bo`lib qoladi. Kuzatgan bo`lsangiz, g`iybatchilarning ko`z qorachiqlari nursiz bo`ladi, yuz-ko`zlarida ma`nosizlik, injiqlik alomatlari zohir. G`iybat odamda farosatsizlikni ham kuchaytiradi.

Ҳasadgo`ylik
Dunyo ruhshunoslari hasadni go`shtqiymalagichga qiyoslaydilar. Sababi shuki, besh daqiqa hasad o`tida qovrilgan odam o`z umrini ikki yilga qisqartiradi. Ҳasadgo`ylar boshqalarga nisbatan ertaroq qarishlarini ko`pchilik biladi.
Savol tug`iladi: hasadgo`ylik illatini davolash mumkinmi? Ruhshunoslar tavsiya etadilar: buning eng samarali davosi - jismoniy mashqlar, muttasil muroqabaga tushish va sovuq suvda cho`milishdir. Doimiy jismoniy mashq va muroqaba odamning botiniy ongiga o`rnashib qolgan salbiy hissiyotlarni ongga chiqaradi va haydaydi, fe`lni kengaytirib, qon aylanishini mo``tadillashtiradi.
Ҳasadga surunkali berilish oqibatida qalbdan mehr-oqibat, shafqat, muhabbat uzoqlashib, ko`zlar nursizlanadi, salbiy hissiyotlar hisobiga kishining kuch-quvvati pasayib ketadi. Odatda hasadgo`ylarning yuziga erta ajin tushadi. Bunday odamlar katta ishlar qilishga qodir emas, ular o`z-o`zini qiynoqqa solib, mayda-chuyda ishlar girdobidan chiqa olmay yuraveradilar.

Xulosa
Bizning davrimizda inson o`tgan vaqtlardagidan ko`ra ko`proq ruhiy va jismoniy xurujlarga duch kelmoqda. Biz uzoq vaqt davomida kimdandir yoki nimadandir norozi yurar ekanmiz, bundan o`zimiz qattiq azob chekamiz, kasallik changaliga ilinamiz. Fe`limizdagi qusurlarning hammasi vaqti-soati kelib tanamizni abgor qiladi. «Asr kasalliklari» - gipertoniya, stenokardiya, me`da yarasi va hokazolar shundoqqina yonginamizda payt poylayapti. Fe`limiz yomonlashgani sari bu kasalliklar bizni doira singari o`rab, yaqinlashib kelaveradi. Afsuski, bu doirani ketma-ket yangidan-yangi dori-darmonlar ishlab chiqarish bilan ham yorib o`tib bo`lmaydi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: