BURJIMIZGA QARAB, PARHEZ TUTAMIZ
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: BURJIMIZGA QARAB, PARHEZ TUTAMIZ
- Дата релиза: 27-09-17, 15:38
BURJIMIZGA QARAB, PARHEZ TUTAMIZ
Astroparhez — astrologiyaning bo`limlaridan biri bo`lib, burjingizga qarab parhez tutishni o`rgatadi. Sizning qaysi oyda tug`ilganingizga qarab fe`l-atvoringiz, psixologik ahvolingiz aniqlanadi va shunga moslab parhez tuziladi.
Xoleriklar — hamal, asad, qavs
Ta`sirchan va shiddat bilan harakatlanuvchi ushbu toifa vakillari kunlik rasioniga yashil va sariq rangdagi mevalarni, boshoqli o`simliklarni, dukkakli o`simliklarni kiritishlari kerak. Sabzavotlardan esa bodring, salat bargi, shivitni ko`proq iste`mol qiling. Shuningdek, suyuq ovqatlar, bo`tqalar eyishga odatlaning. Yog`li go`shtlardan, har qanday turdagi hayvon yog`laridan voz keching. Achchiq ziravorlar, nordon mevalar, sho`r mahsulotlardan o`zingizni tiying.
2. Sangviniklar — javzo, mezon, dalv
Serg`ayrat va dilkash insonlar ovqatlanish jarayonida 2-3 xildan ortiq mahsulot turlarini qabul qilmaganlari ma`qul. Ular uchun bir xil turdagi mahsulotlardan iste`mol qilish foydaliroq. Ko`proq suyuq va issiq ovqatlar eng. Engil-elpi taomlanish vazningizga salbiy ta`sir o`tkazadi. Iloji boricha boshoqli, dukkakli o`simliklar, kabachki va pomidorni kamroq iste`mol qiling. Mevalardan banan, anjir, xurmo qoqisini parhez paytida emay qo`ya qoling. Muzdek suv va ichimliklarga ehtiyot bo`ling, tez-tez va kam-kamdan taomlaning. Ovqatlanish jarayonida televizor ko`rish va telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o`tirish kabi zararli illatlardan xalos bo`ling. Bunday odatlar sizni chalg`itib, egan ovqatingizni esingizdan chiqarib, o`zingizni to`ymagandek his qilishingizga turtki bo`ladi. Natijada vazn to`playverasiz.
3. Flegmatiklar — sarv, jadiy, sunbula
Vazmin va bamaylixotir burj vakillari zanjabilli va shunga o`xshash qizdiruvchi, achchiq, o`tli damlamalarni kamroq ichishgani ma`qul. Ko`proq shokolad, asal va qizil, sariq, to`q sariq rangli mevalardan iste`mol qiling. Mol va qo`y go`shtini iloji boricha, o`z rasioningizda kamaytiring, uning o`rniga kurka va tovuq go`shtidan iste`mol qiling. Ildizmevali (kartoshka, lavlagi, sholg`om) sabzavotlarni va loviya, no`xatni parhez paytida unuting.
4. Melanxoliklar — saraton, aqrab, hut.
Ko`ngli nozik va tez ta`sirlanuvchi xonimlar, kun davomida suv emas, ko`proq qaynoq-qaynoq choy yoki o`tli damlamalar ichib yuring. Qizdiruvchi, achchiqqina taomlar iste`molidan cho`chimang. Xom sabzavotlarni kamroq iste`mol qiling, ularni qaynatilgan yoki gaz pechida pishirilgan holda eng. Qatiq va sut mahsulotlaridan parhez vaqtida vaqtincha voz keching.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар