Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq
Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq

Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq

Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq

Burpi — krossfit (jismoniy tayyorgarlikning doirali tizimi) mashqi bo‘lib, u bir davraning o‘zida turli pozitsiyalardan iborat bir yo‘la bir nechta harakatlarni bajarishni ko‘zda tutadi. Shu tariqa butun tana ishlaydi va katta miqdorda energiya sarf bo‘ladi.

O‘rtacha 10 daqiqa ichida juda ulkan hajmdagi ish bajariladi, unda sport anjomi sifatida o‘z tanangiz ishlaydi.

Burpi mashqini bajarish texnikasi:

Tizzani bukib o‘tiring, qo‘l kaftlaringiz qarshingizda, polda tursin.
Oyoqlarni orqaga cho‘zing, tana otjimaniye mashqini bajarganda qanday holatda tursa, shunda holatni egallang.
Otjimaniye qiling.
Tanaffussiz tizzani bukib o‘tirish holatiga qayting.
Iloji boricha balandroq sakrab, qo‘llarni tepaga cho‘zing va boshingiz ustida chapak chaling.
Olim va trener Jeff Godin aytishicha, bitta burpi mashqini bajarish uchun 1,43 kkal quvvat sarf bo‘ladi. Bir daqiqada 7 ta yoki undan ko‘proq mashq bajarilsa, daqiqasiga ikki xonali kaloriya sarfiga erishish mumkin. Takrorlashlar sonini daqiqasiga hech bo‘lmaganda 10 tagacha yetkazish tavsiya etiladi. Yuqori sur’atda 10 ta burpi bajarish 30 soniyalik velosprintga teng keladi.

Yangi boshlayotganlar uchun kompleks:

2 daqiqadan 4 marta mashq qilish (jami 8 daqiqa), har bitta mashqdan so‘ng 1 daqiqalik tanaffus

Tajribalilar uchun kompleks:

3 daqiqadan 6 marta mashq qilish (jami 18 daqiqa), har bitta mashqdan so‘ng 1 daqiqalik tanaffus
Manba: Daryo.uz


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: