Burun o`z-o`zidan qonaydimi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Burun o`z-o`zidan qonaydimi?
- Дата релиза: 30-05-17, 15:29
—Qizimning burni tez-tez qonab turadi. Bunday holda uy sharoitida qanday birinchi yordam berish mumkin? Burun qonashining sabablari nimada?
Mohira Ochilova, Samarqand shahri
Savolga oliy toifali shifokor-otorinolaringolog Gulnora Po`latova javob beradi.
—Burundan qon ketishi ko`pincha 5 yoshli bolalarda uchraydi, Bu hol chaqaloqlarda kamdan- kam kuzatiladi, 6-10 yoshli bolalarda va o`smirlarda esa kam bo`lsa-da uchrab turadi.
Sabablari
Burundan qon ketishiga aksirish,burunni kovlash, allergik rinit, sinusit, virusli kasalliklar, juda quruq yoki sovuq havo, balandlikka chiqish, burunning shikastlanishi, S va R vitaminlarining etishmasligi sabab bo`ladi.
Qon ketishi o`z-o`zidan, hech bir sababsiz, hatto uyqu holatida ham kuzatilishi mumkin. Burundan qon ketishining 62 foizi virusli infeksion kasallik bilan kasallanlarda uchraydi. Virus yuqqach bir necha kun o`tib burun qonashi kuzatilishi mumkin.
Burun to`sig`idagi qon tomirlari burunning shilliq pardasi tagida joylashgan bo`lib, engil shikastlanadi va tez qonaydi.
Sababini aniqlash va birinchi yordam
Ko`p hollarda burundan qon ketishi tez to`xtaydi. Ammo bunday holat yuzaga kelganda nima qilish kerakligini bilib qo`ygan yaxshi.
1. Agar bolangizning burni qonayotgan bo`lsa, avvalo burunda jiddiy jarohat bor-yo`qligini aniqlang. Agar burun yiqilish yoki urilishdan jarohatlangan bo`lsa, kechiktirmasdan “Tez yordam”ga murojaat qiling.
Burundan qon ketishiga jarohat sabab bo`lmasa, unda ushbu ko`rsatma bo`yicha harakat qiling:
Bolangizni o`rindiqda o`tqazib boshini oldinga eging. Bola boshini orqaga tashlamasin va yotmasin, chunki qon nafas yo`liga tushishi mumkin.
Bola yig`layotgan bo`lsa, uni ovutib, burundan ketayotgan qon tezda to`xtashiga ishontiring.
2.Tomoqning orqa devoridan oqib kelayotgan qonni yutmasdan tuflab tashlash kerak. Chunki qon oshqozonga tushib ko`ngil aynishi va bola qusish mumkin (bu bolani battar qo`rqitadi).
Bolaga hozir og`zidan nafas olish zarurligini uqdiring va burunning qanotlarini barmoqlaringiz bilan qattiq qisib turing (10daqiqacha). Shunday qilsangiz qonayotgan qon tomirini siqib, qon ketishini to`xtatasiz.
3%-li vodorod peroksidiga dokadan tayyorlangan naychani botirib burunga qo`yish ham qon ketishini to`xtatadi.
3.Agar 10 daqiqadan keyin xam burundan qon ketishi to`xtamasa, dokani vazilinga botirib qonayotgan burun yo`liga tiqing va yana 10 daqiqaga burunni qisib turing.
Qon ketishi to`xtamasa sovuq kompress yoki muzni lattaga o`rab bolaning peshonasiga va ensasiga kuying. Sovuq natijasida qon tomirlari qisqaradi va qon oqishi to`xtaydi.
4.Bolaning oyog`ini issiqroq suvga botiring. Bu tananing yuqori qismidagi qonni oyoqlarga haydaydi va burundagi qon tomirlarining to`lishini kamaytiradi. Qon to`xtagandan keyin bolaga 2 kun davomida burun tozalamaslik va qattiq qoqmaslik kerakligini tushuntiring, chunki burundan qon ketishi yana qaytarilishi mumkin.
5.Qon ketishi to`xtagandan keyin burun bo`shlig`iga vazilin surish mumkin, bu burun yo`lida qotib qolgan qonni yumshatadi. Agar burundan qon ketishi to`xtamasa, “Tez yordam”ga murojaat qiling yoki bolani burnini qisgancha o`tirgan holatda kasalxonaga olib boring.
Oldini olish
Isitish tizimi ishlatiladigan sharoitda uyingiz havosini namlantiring. Buning uchun isitish radiatorlarining ustiga suv solingan idish qo`ying, ko`chaga chiqishdan oldin esa burun shilliq qavatiga vazilin surib oling.
Burni tez-tez qonab turadigan bolaga S va R vitaminlariga boy limon, na`matak damlamalarini ichirish foydali.
Agar farzandingiz shamollab qolsa, burnini to`g`ri tozalashga o`rgating. Burunni qoqish uchun, galma- galdan bitta burun bo`shlig`ini bekitib ikkinchisini qoqish kerak. Ikkala burun teshigini bir vaqtning o`zida qoqmasin.
Bolaga burunga hech narsa tiqish mumkin emasligini tushuntiring.
Feruza Najimova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар