Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Charchoqni qanday yengish kerak: 5 samarali maslahat
Charchoqni qanday yengish kerak: 5 samarali maslahat

Charchoqni qanday yengish kerak: 5 samarali maslahat

Charchoqni qanday yengish kerak: 5 samarali maslahat
Kuchsizlikni yengish haqidagi tavsiyalar odatda bir-biriga o‘xshash va zerikarli bo‘ladi. Biz esa siz uchun ularning faqat qiziqarli va samarali usullarini to‘pladik.

Organizmda qanday muammo borligini aniqlang

Odamning qizg‘in ish kunidan yoki jadal mashg‘ulotlardan keyin charchashi tabiiy hol hisoblanadi. Agar charchoq dam olish kunlari ham o‘tib ketmasa va siz u tufayli dam ololmasangiz, unda bu holatni normal deb bo‘lmaydi.

Lekin biron nima qilishdan oldin, uning kattaroq ko‘ngilsizlik alomati emasligiga va haqiqatan ham charchoq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Charchash — ba’zi kasalliklarning belgisi.

Diabet, depressiya, qalqonsimon bez muammolari, xavotirlik, kamqonlik va hatto xurrak — charchash orqali o‘zi haqida xabar beruvchi kasalliklar hisoblanadi. Bunday holatlarda shifokor-endokrinolog qabuliga borib, ahvolingiz yomonligining sababini aniqlash tavsiya qilinadi.

To‘g‘ri uxlashga o‘rganing

Odatda charchagan odam har doim yomon uxlaydi: uyqusizlikdan, qattiq uxlay olmaslikdan yoki dam olishga vaqti yetishmaslikdan qiynaladi. Agar siz uxlashga vaqt yetishmaydi deb hisoblasangiz, shuni esda tuting: 8 soat emas, balki to‘g‘ri uxlashingiz kerak.

Buning ma’nosi shunday:

Har kuni bir xil vaqtda uxlashga yoting.
Qorong‘ilikda uxlang.
Jimjitlikda uxlang.
Fortochkasi ochiq salqin xonada uxlang (havo harorati 16–18 °C).
Tekis to‘shakda va issiq ko‘rpada uxlang.
To‘g‘ri ovqatlaning

Uch oddiy qadamdan boshlang:

Qahva ichishni kamaytiring. Qahva va boshqa tetiklashtiruvchi ichimliklar— bu vaqtinchalik kuch beruvchilar.
Shirinliklar va fastfudning o‘rniga yong‘oqlar va tvorog bilan tamaddi qiling. Oqsilli oziq-ovqatlar kuchsizlikni yengishga konfet va qahvadan ko‘ra yaxshiroq yordam beradi.
Zig‘ir urug‘i asosida tayyorlangan sneklar oling — ularda antioksidantlar ko‘p.
Ishda tanaffus qilib turing
Qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni bajaring va undan keyin o‘zingizni kuchsiz his qilsangiz, dam oling. Muhim ishlar tamom bo‘ladi, siz esa bemalol dam olishga va kuch to‘plashga o‘tasiz.

4. Harakat qilishga o‘rganing

Charchaganingizda harakatlanish va jismoniy faollik siz uchun umuman imkonsiz bo‘lib ko‘rinadi. Buning bir yo‘li bor: o‘zingizda charchoqlikni sezsangiz, sayr qilishingiz mumkin.

Qulay kiyimlaringizni kiying va tashqariga chiqing. Toza havodan chuqur-chuqur nafas oling va yuring.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: