Chet tilini o'rganishda qo'l keluvchi uslublar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Chet tilini o'rganishda qo'l keluvchi uslublar
- Дата релиза: 02-06-14, 13:49
Mana shunday bir taraqqiyot rivojlangan davrda chet tilini o’rganish, uni bilish, kamida 2 ta chet tilida gaplasha olish – zamon talablaridan biriga aylangan. Juda ko’pchilik yoshlarimiz chet tillarini o’rganishga kirishgan, ammo ba’zida ularda sezilarni natija bo’lmayotganini sezib qolamiz. Xo’sh, bunga nima sabab? Bizning tekshiruvimiz shuni ko’rsatdiki, ularda yetarlicha til o’rganish uslubi va usuli yo’q. Shu sababdan gohida ular kutilgan natijalarga erishmaydi. Bularning barchasini inobatga olgan holda, bugun sizlarga chet tilini o’rganishda qo’l keluvchi uslublar haqida suhbatlashmoqchimiz. Chet tilini qanday o’rgangan ma’qul: yakka tartibdami, guruh ichidami? Bunda albatta avvalo o’rganuvchining maqsadiga qaraladi. Agar o’rganuvchi yakka tartibda o’rganishni istasa, unda grammatika rivojlanishi mumkin, ammo uning og’zaki nutqi, istalgandek rivojlanmaydi. Yakka tartibda o’rganish intensiv maqsadlarda qo’l keladi. Agar o’rganuvchi og’zaki nutqni rivojlantirishni istasa, guruh tartibida o’rgangani ma’qul. Guruhda bir birini tinglab, guruuhdoshini nutqini eshitib, bir kishi bilan emas, balki guruh bilan muloqatda bo’lib, uning ham eshitish ham gapirish qobiliyati rivojlanadi. Chet tilini o’rganishda qanday samarali dasturlar mavjud? Chet tilini o’rganishda turli dasturlar bor, bu albatta o’rganiladigan tilga qaraladi. Masalan, til o’rganishn istaganlar uchun kompyuterga mo’ljallangan va kitob ko’rinishidagi dasturlar mavjud. Ular dunyoning ilg’or filologlari tominidan tuzib chiqilgan. Masalan, ingliz tilida o’rganishda Oxford Pressning Headway dasturi o’rganuvchilar uchun ayni muddaodir. Chet tilini o’rganishda qo’l keluvchi qanday usullar bor? Eng samarali usullardan biri bu – kommunikativ uslub hisoblanadi. Bunda o’quvchi interaktiv metodlar yordamida dars davomida o’z bilimlarini oshirib boradi va shu bilan birgalikda sheriklari bilan muloqatga kirishadi. Undan tashqari, xarita metodi bor. Bu metod yordamida bitta o’rgangan yangi so’zini qarindoshlarini qidiradi. Masalan, o’zbek tili misolida olsak, qoshiq so’zini o’rgansa, unga yaqin so’zlar – sanchqi, pichoq, qoshiqcha kabi so’zlarni o’rganishi lozim. Shu tartibda nutqi rivojlanadi. Shunchaki so’zlar emas, balki iboralar yodlashi tezroq gapirib ketishida ko’maklashadi. Chet tilida suhbatlashadigan do’stlar topishi, ana shunday insonar bilan o’rtoqlashishi tavsiya etiladi. Eshitishni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak? Eshitishni rivojlantirish uchun, avvalo talaffuzlarni tinglashdan boshlagani maqsadga muvofiq. Qaysi harf qandaqy talaffuz qilinayotganini o’rgangan bola, keyinchalik yirik audio darslarni eshitishda ham qiyinchilik sezmaydi. Undan tashqari, o’rganuvchi, chet tilidagi qo’shiqlarni eshitishi, chet tilidagi kinolarni ko’rishi lozim. Va albatta o’rganayotgan darsligidagi eshitish darslarini bajarishi ham samarali foyda beradi. Kimlardir chet tili grammatikasini yaxshi bilishadi, ammo gapir olishmaydi, kimdadir buning aksi. Mana shunday xolatlarda nima qilish kerak? Shuning uchun bunday holat yuz bermasligi uchun, iloji va imkon boricha til o’rganishda undagi barcha zarur mahoratlarni – ya’ni gapirish va to’gri yozish mahoratini birdek rivojlantirish kerak. Agar o’rganuvchi faqat grammatikani o’rgansa unda, gapirish rivojlanmay qoladi, agar faqat gapirishni o’rgansa, gapirganda ko’p sonly xatolarga yo’l qo’yadi.shuning uchun barchasini birdek rivojlantirish zarur. Chet elda yashamaguncha chet tilini o’rganib bo’lmaydi, deydi. Bu real fikrmi? Albatta, buni real yoki noreal ekanligini bilmadiimu, lekin shuni bilan boshga tushganini ko’z ko’rar deganlariday, chet elda yashagan inson majburllikdan ham til o’rganadi, ammo shunday odamlar bor, necha yildirki chet elda yashagan, ammo chet tilida so’z boyligi achinarli holatda. Mening fikrimcha, o’rganishni chin dildan istagan odam makon tanlamaydi, o’zbekistonda yashab turib ham toza chet tilida gaplasha oladigan juda ko’p yurtdoshlarimizni bilaman. Xo’sh, yuqoridagi savollarga sizlar qanday javob berasizlar?
Смс Шерлар