Chimildiqni aldagan kuyov

Chimildiqni aldagan kuyov

Chimildiqni aldagan kuyov

Oliygohni uchinchi bosqichini
tugatgan yilim uydagilar
majburlab, dadamning
do'stining qiziga unashtirib
qo'yishdi. Ushbu nikohga tish-
tirnog'im bilan qarshi bo'lganim
uchun, to'ygacha kelin bilan bir
marta ham uchrashmadim.
Kelinni to'y kuni ko'rdim.
Ko'rdim-u, yuragim uni
itargandek bo'ldi. Ibo bilan
uyalib turishlari ham, muloyim
so'zlashi ham yuragimda iliqlik
uyg'otolmadi.
To'y bazmi tugagach, kelinchak
bilan ikkimiz chimildiqda yolg'iz
qoldik. Lekin suymaganingdan
keyin qanday qilib yuraging
ursin deya, burilib ham
qaramadim. Tonggacha men
ham, u ham uxlamadik. Ikki
chetda bir-birimizga ters
burilgancha o'tiraverdik. Qani
endi shu tobda yonimda bu
emas, Hilol bo'lsaydi, jon-jon
deb bag'rimga bosardim,
baxtdan sarmast bo'lgan
bo'lardim deya ich-etimni
yeyman.
Nihoyat, tong otdi. Nima qilishni
bilmay, boshim qotdi. Qanday
qilib bo'lsa-da, yonimdagi
kelinchakdan qutulsam,
Hilolaning yoniga qaytsam
degan o'y hukmron edi.
- Kechirasan, mening sevganim
bor. Sen bilan yashay
olmayman!.. - dedim yig'lab
yuborishdan o'zimni zo'rg'a
tiyib. Kelinchak yalt etib menga
qaradi. Uning ko'zlarida anglab
bo'lmas hayronalik zohir etdi.
Umrim bino bo'lib, shu darajada
hayrat va alam bilan tikilgan
nigohlarni ko'rmagandim. Shu
bois ham darhol ko'zlarimni olib
qochdim.
- Shunday deng, - birozdan
so'ng, nihoyat, uning tushkun
ovozi eshitildi. Miyamda yana bu
bilan emas, Hilola bilan birga
yashash istagi charxpalakdek
aylana boshladi.
- Iltimos, meni to'g'ri tushun.
Senga faqat ota-onamning
majburiyati bilan uylandim. Axir
mana shunday bir umr
majburlik bilan yashab
o'tolmayman-ku!.. - o'shanda
hissiyotga berilib, bu gaplarim
bilan hayotimni izidan
chiqarayotganimni qayerdan
ham bilibman deysiz. Xullas,
kelinchak meni tushundi.
Otamning yuragi kasal
ekanligini bilgani uchunmi
hamma aybni o'ziga olishini
aytib, menga baxt tiladi.
Xursandligimni yashirolmay,
unga qaradim.
- Sen-chi?! - deya so'radim
garchi unga zarracha
achinmayotgan bo'lsamda,
o'zimni achingandek ko'rsatib.
- Meni qo'yavering. Axir sizni
sevganingiz bor, menga esa...
Peshonamda borini ko'raman!..
- Ko'zlari yoshga to'lgan bo'lsa-
da, zo'rma-zo'raki kulayotgani
shundoqqina ko'rinib turardi.
Uning gapi bilan o'zimni
hafaqon, jahllangandek
ko'chaga chiqdim. "Qani, kuyov
bola, nima bo'ldi?" deya
yangalar eshik oldida kutib
olishdi.
- E-e, boringlar-ey, - deya jahl
bilan qo'l siltadim. Hammasining
tarvuzi qo'ltig'idan tushgandek
bo'lib, dong qotib qolishdi.
Keyin birvarakayiga o'zlarini
chimildiqli uyga urishdi. Bir
pasda uydan kimningdir
yig'lagan ovozi, yana kimningdir
benomus kelinni ko'rishni
istamay qarg'agani eshitildi.
- Bolajonim-a, hammasiga biz
aybdormiz. Agar seni
majburlamaganimizda
bunchalik boshing egilmasdi. Bu
benomusni esa, hoziroq uyiga
eltib tashlaymiz!.. - bir soat
o'tar-o'tmas, barcha yuklarini
yig'ishtirib, kelinni uyiga eltib
qo'yishdi.
Garchi vijdonim qiynalib turgan
bo'lsa-da, yelkamdan tog'
qulagandek bo'ldi va o'sha
kuniyoq Toshkentga qaytdim.
Poytaxtga qaytishga qaytdim-u,
hammasi oshkor bo'lib
qolmasaydi deya vahima ichida
yurdim. Oradan ikki oycha vaqt
o'tgan bo'lsa-da, qishloqdan
hech qanday gap-so'z kelmadi.
Hammasi tinchib ketganligiga
amin bo'lib, uylanganim uchun
mendan hanuzgacha arazlab
yurgan kursdoshim Hilolaga
yorildim.
- Nima, siz hali meni deb bir
qizni baxtsiz qildingizmi?!
Qanday nomardsiz o'zi?! Nahot,
o'z manfaatingiz uchun bir qizni
sharmanda qilishni o'zingizga
ep ko'rgan bo'lsangiz?! - u
gapimni oxirigacha ham
eshitmay, baqira ketdi. Keyin
esa: - Bunday nomardga
tekkandan ko'ra, toq o'tganim
yaxshi, - deya mendan yuz
o'girdi. Qanchalik yalinib-
yolvormay Hilola meni
kechirmadi...
Bir qizning nomini benomusga
chiqarib, sharmanda qildim,
ikkinchisidan ayrildim, endi
qanday qilib yigitman deb bosh
ko'tarib yuraman deya o'zimni
adoyi tamom qildim. Ishtaham
bo'g'ildi, odamovi bo'lib qoldim.
Bir haftada cho'pdek ozib
ketdim. Tez-tez yuragim
og'riydigan bo'ldi.
Kursdoshlarim qo'yarda-
qo'ymay kasalxonaga
yotqizishdi.
Oradan bir hafta o'tib, yelkasiga
oq xalat tashlagan bir qiz kirib
keldi. Yaxshilab razm solsam,
bundan olti oy burun o'zim
sharmanda qilgan - Nargiza.
O'ziga pardoz berib olgan,
menga kulimsirab turibdi. Yer
yorilmadi-yu, yerga kirib
ketmadim. "Ustimdan kulgani
keldingmi?!" deb yuborishdan
o'zimni zo'rg'a tiydim.
- Sog'ayib qoldingizmi? - dedi
Nargiza menga qaramaslikka
tirishib.
Ha degandek bosh irg'adim. U
to'ydan keyin qishloqda
yurguligi qolmaganini, ota-onasi
uni nomusli qiz ekaniga ishonib,
odamlarning gap-so'zlaridan
uzoq yurgisi uchun shaharda
yashab qolgan akasinikiga
jo'natganini aytdi. Hozir kelgusi
yili oliygohga kirish uchun
imtihonlarga tayyorlanayotgan
ekan. Mening kasalxonada
yotganimni akasidan eshitib,
uning ishga ketganidan
foydalanib, yashirincha ko'rgani
kelibdi.
- Endi shaharda qolaman.
Kelajagim uchun o'zim harakat
qilaman.
Uning iztirob, g'urur,
alamzadalik aks etgan gaplarini
eshitib, yuragimdan nimadir
uzilib ketgandek bo'ldi. To'g'ri,
u endi o'z hayotini qaytadan
qurar. Lekin men-chi?! Nargiza
meni kechirarmikan?
Alisher


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: