ChIROYLI KEKSAYISh SIRLARI

ChIROYLI KEKSAYISh SIRLARI

ChIROYLI KEKSAYISh SIRLARI
Yoshlik va go`zallikni saqlashga qancha urinmaylik, yillar, baribir, o`z ishini bajaradi. Qarishdan qo`rqib, tig` tagiga yotishgacha boramiz va vaziyatni yanada qiyinlashtiramiz. Keling, yaxshisi, tabiat qonuniga qarshi bormagan holda shunchaki tabiiy yo`llar bilan chiroyli keksayishni o`rganamiz. Buning uchun quyidagi maslahatlarga rioya qilsangiz bo`lgani.

1. Inson tanasi vaqt o`tgani sari o`zgaradi va bu normal holat. Yodda tuting: sizning maqsadingiz yoshlikdagi go`zalligingizni xaykaldek qotirib qo`yish emas, yosh o`tganda ham chiroyli ko`rina olishga urinishdir.

2. Yoshingiz ulg`aygani sayin a`lo darajada ko`rinishingiz kerak. Yuvilmagan, paxmoq sochlar, tirnoqlardagi yarim ko`chgan laklar, baland poshnali poyabzallar, kalta-kulta yubka va ko`ylaklarni unuting.

3. Sochingizni malakalai ustaga kestiring. Shunda sochni yuvib, fenda quritsangiz bas, turmagingiz kelasi yuvilgunga qadar ko`zingizni quvontiraveradi.

4. Engil qadamlar tashlab yurish uchun, avvalo, vazn to`plamang, kalsiyni ko`proq iste`mol qiling, shunda oyoq barmoqlarida yoriqchalar paydo bo`lmaydi, siz esa yurishga qiynalmasiz.

5. Gulli matodan tikilgan kiyimlardan voz keching. Sochlariga oq tushgan xonimlarga och pushti, zaytun, och jigarrang, sut va qahvali sutrangidagi liboslar tavsiya etiladi.

6. Iyakni to`g`ri ushlab elkangizni g`oz tutishga odatlaning. Elkalar bukilganligi yoshingizga yana 10 yosh qo`shib beradi.

7. Doim tabassum qiling, buning uchun tishlarni doimiy parvarishlash shart.

8. Sog`ligingizga beparvo bo`lmang, tez-tez shifokor ko`rigidan o`tib turing, buyurilgan muolajalarni bajaring, to`g`ri taomlaning. Sog`ligingizda muammo bo`lsa, tabiiyki bu yuzda ham aks etadi.

9. Vaqtg haєidagi fikringizni o`zgartiring, shoshishdan to`xtang, vaqtida uxlab, dam oling. Yoga bilan shug`ullanishni odat qiling. Yangiliklarga intiling, zamon bilan xamnafas bo`ling, nevaralaringiz bilan ko`proq suhbatda bo`ling, yosharasiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: