Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Dam olish kunlari uzoqroq davom etishi uchun nima qilish kerak?
Dam olish kunlari uzoqroq davom etishi uchun nima qilish kerak?

Dam olish kunlari uzoqroq davom etishi uchun nima qilish kerak?

Dam olish kunlari uzoqroq davom etishi uchun nima qilish kerak?
Dam olish kunlarining bir qismini uy yig‘ishtirish, taomnoma tuzish va kelgusi haftada qilinadigan ishlar ro‘yxatini tuzish kabi foydali va amaliy mashg‘ulotlarga sarf qilganimizda, ular yana ham qisqaroq bo‘lib ko‘rinadi.

Neyrobiolog Devid Iglmen dam olish kunlarining uzoqroq davom etishi uchun nimalar qilish kerakligi to‘g‘risida aytib berdi.

Devid Iglmenning aytishicha, dam olish kunlari bizga uzoqroq tuyulishi uchun yangi taassurotlar kerak bo‘ladi. Biz biror yangi narsa bilan to‘qnash kelsak, ko‘proq vaqt o‘tgandek ko‘rinadi, chunki miya ko‘proq xotiralarni saqlaydi.

Aynan shuning uchun yoshimiz kattalashgan sayin vaqt ancha tez o‘ta boshlaydi. Bolalikda esa biz uchun hamma narsa yangilik bo‘ladi va har doim xotiramizda yangi ma’lumotlarni yig‘amiz.

Agar siz dam olish kunlarining har bir soati juda uzoq cho‘zilishini istasangiz, oldindan biror narsani rejalashtirishga to‘g‘ri keladi.

Masalan, qisqa safar qilish dam olish kunlarini uyda o‘tkaziladigan dam olishdan ko‘ra uzunroq qiladi. Uyda dam olish kitob o‘qishdan ko‘ra, agar siz sayr qilishga chiqsangiz, ancha uzunroq bo‘lib tuyuladi.

Lekin bu qoida o‘tmishga nazar tashlaganimizdagina kuchga kiradi. Dushanba kuni yangi taassurotlarga to‘lib-toshgan dam olish kunlari juda uzun o‘tgandek ko‘rinadi. Lekin siz ularni boshdan kechirayotganingizda vaqt juda tez o‘tib ketayotgandek bo‘lib tuyuladi.

Biz qiziqarli narsa mashg‘ul bo‘lganimizda vaqtga e’tibor bermaymiz, o‘zimizni nima bilan chalg‘itishni bilmay turganimizda esa vaqt juda sekin o‘tayotganini his qilamiz.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: