Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Dam olish kunlarida uzoq uxlash zarari aniqlandi
Dam olish kunlarida uzoq uxlash zarari aniqlandi

Dam olish kunlarida uzoq uxlash zarari aniqlandi

Dam olish kunlarida uzoq uxlash zarari aniqlandi
Arizona universiteti shifokorlari turli vaqtda uyg‘onish yurak xastaliklari yuzaga kelishi xavfini oshirishini aniqladi. Bu haqda “Nauka.tv” xabar bermoqda.

Olimlar mazkur xavfni foizlarda baholashga muvaffaq bo‘ldi — har bir qo‘shimcha uyqu soati yurak xastaliklariga chalinish imkonini 11 foizga oshiradi.

Shuningdek, arizonalik mutaxassislar tomonidan olingan natijalar ish kunlari va dam olish kunlari uyqu rejimining o‘zgarishi kayfiyat va tetiklikka salbiy ta’sir qilishini tasdiqladi.

Buni aniqlash uchun olimlar so‘rovnomasida 22 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 984 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ular odatda qay paytda uxlashi va qaysi vaqtda uyg‘onishi, uyquga o‘rtacha qancha vaqt ajratishi haqidagi savollarni o‘z ichiga olgan maxsus “uyqu anketasi”ni to‘ldirdi.

Shundan so‘ng olimlar har bir ko‘ngilli uchun uyqu soatlarini hisoblab chiqib, uyquchilik, charchoq, uyqusizlik va yurak-qon tomirlari xastaliklari mavjud-mavjud emasligini hisobga olib, tadqiqot ishtirokchilarini ko‘zdan kechirdi.

Natijalar 2015-yilda Pittsburg universitetida o‘tkazilgan tadqiqot xulosalari bilan deyarli mos tushdi. Tadqiqotda 30 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar qatnashgan edi.

O‘shanda ish kunlari va dam olish kunlari o‘rtasidagi uyqu rejimida katta farqqa ega bo‘lgan odamlar sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan ko‘proq aziyat chekishi aniqlandi. Ularda, shuningdek, qon tomirlari shikastlanishi oldini oluvchi “yaxshi xolesterin” darajasi past ekanligi aniqlandi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: