Daromadingizni oshirishning 15 usuli
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Daromadingizni oshirishning 15 usuli
- Дата релиза: 02-07-17, 16:38
Yaqinda ish boshlaganmisiz yoki 20 yillik tajribaga egamisiz, ko‘proq daromad qilishni istasangiz kerak. 2017-yilda oshlik maoshingiz oshishiga kafolat bera olmaymiz, biroq har oylik daromadingizni oshirish imkonini beruvchi bir nechta oddiy usullar bilan bo‘lishamiz, deb yozadi Forum Daily.
Pullik obunalaringizni tekshiring
Telefoningizdagi sozlamalarni tekshirib chiqing, siz uchun zarurati yo‘q ilovalar uchun haq to‘layotgan bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, telefon aloqasi uchun ortiqcha to‘lov amalga oshirmayotganligingizni ham tekshiring. Ehtimol, foydaliroq tariflarni taklif qiluvchi mobil operatorini tanlashingiz lozimdir. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qiling. Quyoshli mamlakatda yashovchilar uchun quyosh batareyalari elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Derazalarni izolyatsiya qiling
Kommunal xizmatlar to‘lovi uchun daromadingizning katta qismi sarflanishi mumkin. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, derazalarni izolyatsiya qilish pullaringizni tejashga yordam berishi mumkin. AQSh Energetika vazirligi bayonotiga ko‘ra, osma pardalar deraza orqali issiqlik chiqib ketishini 25 foizga kamaytirishi mumkin.
O‘z fikrlaringizni pullang
Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalansangiz o‘z fikringizni bildirish orqali pul topishingiz mumkin. Siz brendlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilib, turli kompaniyalar reklama matnlarini sahifangizda joylash orqali pul ishlashingiz mumkin. Mashhur bloger Morgan Timmning yozishicha, hatto endi ish boshlagan blogerlar ham bitta post uchun eng kamida 100 dollar haq olishi mumkin.
Iqtisod qilishni avtomatlashtiring
Hisoblarni savodli boshqarish o‘rtacha oylik daromadingizni oshirishi mumkin. Ba’zi mablag‘laringizni jamg‘arma hisobga avtomatik o‘tkazishga sozlang va vaqt o‘tishi bilan bu pullar qo‘shimcha daromad keltira boshlaydi. Shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar va ko‘chmas mulkka ham investitsiya kiritish mumkin.
Uyingizni ofis deb e’lon qiling
Uyingiz bir qismidan tijorat faoliyati uchun foydalansangiz, ijara, elektr energiyasi, suv, gaz, internet va telefon hisobi bo‘yicha xarajatlarning bir qismini soliqlardan ayirib tashlashingiz mumkin.
Blog yoki saytingiz yordamida daromad qiling
YouTube’da kanal yoki saytingiz bo‘lsa, unga reklama joylashtirish orqali istalgan vaqtda pul ishlashingiz mumkin. Sizning bu boradagi daromadingiz platforma va reklama beruvchi bilan shartnomangizga bog‘liq.
Xayriya xarajatlari haqida e’lon qiling
Agar xayr-ehson bilan shug‘ullansangiz, soliq imtiyozlariga ega bo‘lasiz.
Qarzlaringizni to‘lang
Northwestern Mutual’ning 2017-yilgi tadqiqoti natijalariga ko‘ra, 47 foiz amerikaliklarning ipoteka kreditlaridan tashqari 25 ming dollardan kam bo‘lmagan qarzlari bor. Ularning 45 foizi maoshini qarzni qaytarish uchun sarflaydi. Yuqori foizli kredit kartalari yoki iste’mol krediti bo‘yicha qarzlaringiz bo‘lsa, ularni tezroq qoplashga harakat qiling. Qarzlarni qancha tez to‘lasangiz, foiz uchun shuncha kam to‘laysiz.
Farzand tarbiyasi uchun to‘lanadigan haq
Xodimlarning farzandlarini parvarish qilishi uchun xizmatlar taklif qiluvchi kompaniyada ishlasangiz, bu ham daromadingizni oshirish uchun xizmat qilishi mumkin. Masalan, Yahoo yangi tug‘ilgan chaqaloqqa birinchi navbatda zarur buyumlar uchun xodimlariga 500 dollar haq to‘laydi.
Bayram kunlari ishlang
Kim ko‘p ishlasa, u shubhasiz ko‘proq daromad qiladi. Buning uchun ishda ko‘p soat sarflash shart emas, to‘g‘ri smenalarni tanlash yetarli. Agar ish beruvchingiz bayram kunlari ikki barobar haq to‘lasa, dam olish kunlari ishlash haqida o‘ylab ko‘ring.
Kvartira ijaraga bering
Agar yashash qimmat bo‘lgan shaharda istiqomat qilib, tez-tez sayohat qilib tursangiz, uy yoki kvartirangiz bir qismini ijaraga berish haqida o‘ylab ko‘ring. Buning uchun Airbnb saytidan foydalanishingiz mumkin.
Yarating va soting
Nozik did sohibi bo‘lsangiz, Etsy yoki Ebay orqali mahsulotlar sotishingiz mumkin. Bu o‘z qo‘llaringiz bilan yaratgan yangi buyumlar yoki restavratsiya qilingan eski buyumlar ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, o‘zingizga keraksiz buyumlarni ham sotuvga qo‘yishingiz mumkin. Shu tariqa, uyingizni keraksiz narsalardan tozalash bilan birga biroz pul ham ishlab olishingiz mumkin.
Ish bo‘yicha xarajatlarni aniqlab oling
Qaytarishning iloji bo‘lmagan biznes xarajatlaringiz bo‘lsa, ular soliqlar bilan qoplanishi mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan xarajatlar ta’lim olishni davom ettirish uchun to‘lovni o‘z ichiga olishi mumkin. Agar iqtisod qilishning bu usulidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, kvitansiyalarni albatta asrab qo‘ying.
Sport bilan uyda shug‘ullaning
Yaxshi jismoniy holat hayot sifatini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramasdan, sportzalga a’zolik qimmatga tushishi mumkin. Sport bilan uyda shug‘ullanish orqali oylik o‘rtacha daromadingizni oshirishingiz mumkin. Bog‘larda yugurib, dam olish kunlari velosipedda sayr qiling. YouTube roliklaridan foydalanib, fitnes bilan shug‘ullaning.
Uyda ishlang
Har kuni ishga yetib borish ham ma’lum bir mablag‘ sarflashni talab qiladi. Citigroup tadqiqoti amerikaliklarning transport xarajatlari yiliga o‘rtacha 2600 dollarni tashkil etishini ko‘rsatdi. Boshlig‘ingizdan hafta davomida yoki haftaning bir necha kunini uydan turib ishlashga ruxsat so‘rang. Skype, Slack kabi dasturlar uzoqdan turib ishlash jarayonini ancha yengillashtiradi. Qolaversa, uy rejimi ofisnikiga qaraganda mahsuldorroq bo‘lishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар