Demensiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkinmi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Demensiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkinmi?
- Дата релиза: 06-03-18, 09:18
Demensiya deb bosh miyaning zararlanishi oqibatida yuzaga keladigan va aqliy qobiliyatning sezilarli darajada pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan asab tizimi kasalligiga aytiladi.
Uning rivojlanishiga Alsgeymer, Parkinson, Pik, tomir kasalliklari (insult, infarkt va boshqalar) sabab bo‘lishi mumkin. Immun tizimi faoliyatining buzilishi va genetik moyillik ham demensiya paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallik buyrak va jigar yetishmovchiligi turli xil asoratlarida, endokrin yoki og‘ir autoimmun kasalliklari holatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Odatda demensiya asta-sekinlik bilan rivojlanadi va uni alomatlar namoyon bo‘lish bosqichigacha aniqlash juda qiyin. Nevrolog Viktor Shaxnovich “Argumentlar va faktlar” jurnali tahririyatining demensiya kasalligining oldini olish mumkinmi degan savoliga quyidagicha javob berdi.
“Demensiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin. Buning uchun tomir tizimini tekshirish, shuningdek xotirani ko‘rikdan o‘tkazish, buyraklar va jigarning turli holatdagi o‘zgarishlarini tahlil qilishning bir qator usullari mavjud.
30 yoshdan keyin har bir odam bir yilda bir marta ko‘rikdan o‘tishi zarur. Yevropada qaysi yoshda qanday ko‘riklardan o‘tish kerakligi haqida aniq aytiluvchi ma’lum bir qonun-qoidalar mavjud. Har bir odam bu haqda o‘ylashi kerak, shundagina tomir, saraton va demensiya kasalliklari bunchalik darajada ko‘p uchramaydi.
Demensiyaning rivojlanish ehtimolini, agar bu biron-bir a’zoning o‘zgarish oqibati bo‘lsa, qon oqimining pasayishidan bilish mumkin, u holatda tekshirishlar natijasida qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘zgarish holatlari aniqlanadi.
Kasallik xavfini sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Qon tomirlari zarar ko‘rishini kamaytirish uchun yurakka, xolesterin, qondagi shakar miqdoriga va qon bosimiga e’tibor berish kerak”, — deydi Shaxnovich.
Shifokorlarning aytishicha, agar demensiya jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lsa, profilaktik choralar foyda bermaydi. Shuning uchun kasallikning oldini olish choralarini ancha ertaroq, — 40–50 yoshda boshlash kerak — ayniqsa agar miya faoliyatining yomonlashish belgilari aniqlangan bo‘lsa.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар