Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Depressiyani kuchaytiruvchi 5 mahsulot
Depressiyani kuchaytiruvchi 5 mahsulot

Depressiyani kuchaytiruvchi 5 mahsulot

Depressiyani kuchaytiruvchi 5 mahsulot
Kayfiyatingiz biroz tushkun bo‘lgan paytda siz salatning o‘rniga pitssani tanlaysiz – bunda yengil depressiya og‘irroq shakliga o‘tish ehtimoli ancha katta.

Gap shundaki, o‘zingizni g‘amgin his qilgan paytlarda qo‘llaringiz beixtiyor uzaladigan oziq-ovqatlar bu holatni faqat kuchaytira oladi deb ogohlantiradi nyu-yorklik parhezshunos Keri Glassman.

Agar kayfiyatingiz unchalik yaxshi bo‘lmasa quyidagi 5 oziq-ovqatdan voz kechishga to‘g‘ri keladi:

Shirinliklar

Muvaffaqiyatsiz o‘tgan kunni yashirib qo‘yilgan pechenyelar bilan to‘g‘rilashga urinishdan oldin shuni bilib oling: qondagi shakarning qisqa muddatli eyforiyasidan keyin xuddi shunday keskin tushish yuz beradi.

Energetik ichimliklar

Tetiklikni oshirishi kerak bo‘lgan energetik ichimliklar aksincha sizni butunlay kuchsiz ahvolda qoldirishi mumkin. Hatto kofeinning unchalik katta bo‘lmagan miqdori ham depressiya va xavotirli holatni kuchaytirishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, kofein va shakarning birikmasi bu moddalarning alohida o‘zidan ko‘ra yomonroqdir.

Spirtli ichimliklar

Spirtli ichimliklar markaziy asab tizimining fikrlarimizni, tushunchalarimizni, hissiyotlarimizni va qaror qabul qilishimizni boshqaradigan supressorlari hisoblanadi. Spirtli ichimliklar bu tuzilmalarni sekinlashtiradi, bu esa hozircha yengil bo‘lgan depressiyani kuchaytirishi mumkin.

Aspartam

Parhezli gazlangan ichimliklarda, jeleli shirinliklarda va hatto ba’zi nonushta uchun yormalarda ham uchraydigan bu sun’iy shakarning o‘rnini bosuvchi modda – depressiya bilan bevosita bog‘langan.

Soya yog‘i

Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘pchilik joylab o‘ralgan oziq-ovqatlarda qatnashuvchi bu transyog‘larning befoyda turi depressiya xavfini deyarli 48% ga oshirishi mumkin ekan. Gap shundaki, bu yog‘ tarkibidagi omega-6 yog‘ kislotalari miqdorining yuqori bo‘lishi organizmdagi yallig‘lanish jarayonini kuchaytiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: