Diqqat, vizajistlar ogohlantiradi!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Diqqat, vizajistlar ogohlantiradi!
- Дата релиза: 03-04-17, 12:47
1. Ko`z juda ham ta`sirchan a`zo. Shu sabab faqat o`zingizning tush va suyuq qalamingizni ishlating. Aslo birovnikidan foydalanmang.
2. Teringiz rangiga mos upa va korrektiyalovchi vosita tanlang. Bo`lmasa, bo`yin sohangiz aslida rangingiz qanaqaligini «sotib» qo`yadi.
3. Yuz teringizni uxlashdan va pardoz qilishdan avval, albatta, tozalang. Bu teri salomatligi uchun juda muhim. Yuzingizga erta ajin tushmasligini istaysiz, to`g`rimi? Unda pardoz bilan uxlash odatingizdan voz kechishingiz shart.
4.Tush vositasini uch oydan ko`p ishlata ko`rmang! Chunki belgilangan muddat o`tgach, u mikroblarni yig`a boshlaydi.
5. Suyuq qalam bilan quyuq qilib bo`yalgan ko`zlar notabiiy ko`rinadi. Shuning uchun agar sizga suyuq qalam surtish yarashmasa, yaxshisi, oddiy qalamdan foydalaning.
6. Lablar parvarishini unutmang. Skrab, balzamlardan foydalaning. Lab bo`yog`i va qalam ularning salomatligi va go`zalligiga bora-bora soya solishi mumkin, axir.
7. Ko`z ustini ko`ylak ranggiga mos rangli ten bilan bo`yamang. Agar oq, qora, kulrang yoki jigarrang libos bo`lsa, mayli. Ammo siyoh rang, pushtirang, qizil va yashil rangli liboslarga bo`yoqlarni aslo moslamang. Bu bilan ko`zga yanada tashlanib qolasiz va tabiiy chiroyli ko`rinmaysiz.
8. Juda to`q rangli yog`upadan foydalanmang. Va aylana shaklda surta ko`rmang. Yaxshisi, burundan chakka tarafga engil surtish kerak.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар