Do'lana inson tanasining qarishini sekinlashtiradi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Do'lana inson tanasining qarishini sekinlashtiradi
- Дата релиза: 05-03-18, 13:32
FOYDALILIGI
Do'lana pishib yetilgan vaqtda o'zida saponinA (suvda ko'piklanadigan organik moddalar), flavonoid, karotin, askorbin va organik kislotalar, kraxmal hamda fruktozani saqlaydi. Do'lana mevasi gipertoniya, yurak xastaligi, aterosklerozda keng qo'llaniladi. Do'lana novdalari o'sish jarayonida A, K, S, Ye, V guruhidagi vitaminlar, efir yog'lari, xolin va sorbitlarni o'zida mujassamlashtiradi.
Do'lana tarkibidagi ursal kislotasining shifobaxsh tomoni juda katta. U shamollashga qarshi kurashda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Do'lana peshob haydovchi, saraton kelib chiqishining oldini oluvchi, gepatoprotektor va kardiostimullovchi kabi foydali jihatlarga ega.
Do'lana inson tanasining qarishini sekinlashtiradi.
Do'lana tarkibida yana qand, asosan, fruktoza, ko'p bo'lmagan miqdorda glyukozani uchratish mumkin.
100 g do'lanada 52 kall mavjud. U ichaklardagi nomutanosiblikni yo'qotadi hamda xolesterinni haydab chiqaradi. Bu bilan esa ozishni tezlashtiradi.
GULI VA
MEVASINING XUSUSIYaTLARI
Odatda, do'lana sentyabr oyi o'rtalaridan to yerga qor tushgunga qadar teriladi. Bunda o'simlik gullarini terish juda ham ehtiyotkorlikni talab etadi. Agar do'lana gullaridan shifo maqsadida foydalanmoqchi bo'lsangiz, unda gullarni terish va quritish muddati bir yoki ikki soatdan oshmasligi shart. Do'lana gullaridan tayyorlangan damlama va mevasidan tayyorlangan tindirmalar asab tizimi muammolari, yurak xastaligini yengishda yaxshi samara beradi. Do'lana oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak xastaligida ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
* 2-3 osh qoshiq do'lana mevasi ustiga 3 stakan qaynatilgan suv quyib, 1 soatga bostirib qo'ying. So'ng 1-2 osh qoshiqdan kuniga uch mahal qabul qiling.
* 1 osh qoshiq do'lanaga 1 stakan qaynagan suv quyib, ikki soatga issiq joyga, usti yopiq holda qo'ying (bunda termosdan foydalanishingiz mumkin). Keyin esa kuniga uch mahal ovqatdan avval bir-ikki osh qoshiqdan iste'mol qiling.
Bu damlama bosh aylanishi, gipertoniya va klimaks davridagi kasalliklarda hamda asab tizimi muammolarini yechishda keng qo'llaniladi.
EPILEPSIYa VA ALLERGIYaGA QARShI
Do'lana odamlarda ko'p uchraydigan bosh og'rig'i va allergiyaga ham shifo bo'ladi. Do'lana bilan tutqanoqni ham davolash mumkin. Masalan, doimiy ravishda epilepsiyasi qo'zg'ab turadigan kishiga oldindan tayyorlab qo'yilgan do'lana sharbati ichkizib turilsa, ayni tutqanog'i tutadigan onlarda bu vaziyatdan osongina o'tib ketadi.
Do'lana qalqonsimon bezlarda yuz bergan nosozliklarni ham bartaraf etadi. U buqoqning har ikki turiga, ichki zaharli va tashqi buqoqqa juda foydali element — yodni yetkazib bera oladi.
QANDLI DIABETGA DAVO
Qandli diabetdan aziyat chekayotganlar do'lananing shifobaxsh tomonlarini tasdiqlab, uni juda yuqori baholashadi. Do'lana qondagi qand miqdorining kamayishiga yordam beradigan eng tabiiy darmondoriligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi.
Bundan tashqari, do'lana safro chiqarishni kuchaytiradigan, safro haydovchi dori. U tanadagi modda almashinuvini ham faollashtiradi.
Bo'yning o'sishi va zaifliklarning yengilishi uchun do'lana mevasi juda foydali.
Tibbiy preparatlar do'lana yordamida mushak va miyada qonning aylanishini yaxshilaydi, markaziy asab sistemasini tinchlantiradi, tanadagi jismoniy va aqliy charchoqni oladi.
Dizenteriya va diareya kasalligi ham do'lana bilan davolanadi. Do'lana yana gastritning har qanday turiga va meteorizmga qarshi dorivor manbadir.
XALQ TABOBATIDA
Barchamizga ma'lumki, inson organizmida uchraydigan kasalliklarning aksariyat qismi asab tizimi bilan bog'liq. Asablar taranglashganda esa yurak tizimida turli zo'riqish va toliqishlar yuzaga kelishi mumkin.
Do'lana nerv, yurak qon-tomir, bosh miya faoliyati, yurak-qon tizimi faoliyatini yaxshilab, bosh aylanishi hamda boshqa kasalliklarning oldini oladi. Shuning uchun do'lanani ko'proq yoshi kattalar kundalik taomnomasiga qo'shgani ma'qul.
Shuningdek, do'lanadan tayyorlangan turli damlama va tindirmalar kasallikdan endigina tuzalgan bemorlarning umumiy holatini yaxshilaydi.
Qon bosimi baland insonlar do'lana iste'mol qilishsa qon aylanishi yaxshilanib, bosh og'rig'i qolishi, boshdagi va quloqlardagi shovqin hamda qondagi xolesterinning kamayishi holatlari kuzatiladi.
Shifobaxshligi jihatidan do'lanadan tayyorlangan choy yoki damlama ham katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun do'lana gullaridan tayyorlangan damlamani mushaklar qisilayotgan vaqtda ichish anchayin foydalidir.
Odatda, qovurilgan va maydalangan do'lana urug'idan qahva kabi xushbo'y ichimlik tayyorlash mumkin. Yangi uzilgan do'lana mevasi esa turli xildagi kisel, kompot va jelelar tayyorlash uchun ayni muddao.
Do'lana yana qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi va jigarni yog'lanishdan saqlaydi. Tanadagi yog'ni kamaytirib, glikogenning sintezini kuchaytiradi. Safroni suyultirib, peshob haydalishiga sababchi bo'ladi.
DO'LANANING
SALBIY TOMONI
Do'lanada ham antishifo tomonlar bor. To'g'ri, bu juda qo'rqinchli emas, ammo oddiy e'tiborsizlik tufayli yomon oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Masalan, do'lanani 150 grammdan ortiq yeyish mumkin emas. Ko'p iste'mol qilish tufayli qon bosimi tushib ketishi va yurak urishi pasayib qolishi mumkin. Ayniqsa, homilador, emizikli va kamqon, kamquvvat ayollarning do'lana yeyishi deyarli tavsiya etilmaydi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, mazkur mevaning me'yoridan ortiq iste'moli ich buzilishiga ham olib keladi.
ZULFIZARBONU tayyorladi.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар