​Do'lananing 7 foydasi

​Do'lananing 7 foydasi

​Do'lananing 7 foydasi
Zamon tabobatida ham do`lananing mevasi, bargi, shoxlari va gulidan foydalanib kelinmoqda. U yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va davolashda hamda asabni tinchlantiruvchi, qon bosimini pasaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi.

Bo`g`imlar uchun: Do`lana ekstrakti artrit va podagra kasalliklarida foydalidir. U bo`g`imlarni jarohatlardan ximoya qilishga va og`riqsiz harakatlanishiga yordam beruvchi oqsil va kollagenni organizmda ushlab turadi. Do`lanani iste`mol qilish ushbu kasalliklarni davolash va oldini olishda asqatadi.

Yurak-qon tomirlari uchun: Uning ekstrakti tufayli yurak etishmovchiligini, ko`krakdagi og`riqlarni, aritmiyani engish, qon bosimini tushirish, aterosklerozdan xalos bo`lish va xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin. Do`lana qon tomirlarini kengaytirib, qon aylanishini ham yaxshilaydi.

Asab tizimi uchun: Do`lana tarkibidagi fermentlar organizmdagi gormonlarga ham ta`sir qiladi. Bu esa depressiya, surunkali charchoq va asabiylashish asoratlarini engishga yordam beradi.

Do`lana ekstraktini qabul qilish xavotirni yo`qotadi. Shu sababli, u ko`p yillar davomida tabiiy tinchlantiruvchi vosita sifatida qo`llanilgan. U uyqusizlik va asabiylashishdan xalos etib, organizm faoliyatini yaxshilaydi.

Oshqozon ichak yo`llari uchun: Do`lana tarkibidagi organik birikmalar va kletchatkalar ichak mikroflorasi bilan birga aloqaga kirishadi va uning faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, do`lana ovqat xazm bo`lishiga va egulikni oshqozonda maydalanishiga yordam beradi. Metabolizmni oshiradi, ichni yumshatadi, spazm, qorin dam bo`lishini yo`qotadi. Ichak infeksiyalari bilan ham kurashadi. Do`lana yordamida soliter va tasmasimon parazitdan halos bo`lish mumkin.

Buyrak va siydik yo`llari uchun: Do`lana diuretik vositalar qatoriga kiradiva organizmdagi ortiqcha suyuqlikdan xalos bo`lishga ko`maklashadi. U buyrak faoliyatini faollashtiradi va peshobdagi tuzlarni ajralib chiqishini kuchaytiradi. Buyrak kasalliklarini davolashda va siydik qopining faoliyatini yaxshilashda as qotadi.

Teri qatlami uchun: uning tarkibida antioksidantlar mavjudligi uchun yara, ekzema, psoriaz, kuygan jarohatlarni davolashda qo`llaniladi. Yallig`lanish va qichishishni yo`qotib, jarohatlarni tez bitishiga yordam beradi.Keksalarda uchrovchi yoshga oid dog`larni va ajinlarni paydo bo`lishini oldini oladi.

Immunitet uchun: do`lana organizmdagi toksinlarni chiqarib yuboradi. Tarkibidagi S vitamini leykositlar ni faollashtiradi va immun tizimini yaxshilaydi.

Mevaning nojo`ya ta`siri ham mavjud bo`lib, quyidagi hollarda do`lanani iste`mol qilib bo`lmaydi.

Yurak kasalliklarini davolashga mo`ljallangan dorilar bilan birga qo`llash.
Jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin.
Do`lanani och qoringa iste`mol qilish mumkin emas. Chunki, u ichakni spazm qilib qayt qildiradi.
Bu mevani egandan keyin ustidan sovuq suv ichish ham zararli, aks holda u me`da-ichak sanchig`iga sabab bo`lishi mumkin.
Uni ortiqcha iste`mol qilish buyrakka zarar bo`lib, me`da-ichakni zaiflashtirib, qulanj (kolit) xastaligi, ko`ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: